1-Mavzu. Statistika fanining predmeti va uslubi



Yüklə 33,86 Kb.
səhifə1/9
tarix05.04.2023
ölçüsü33,86 Kb.
#93605
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu. Statistika fanining predmeti va uslubi

1-Mavzu . STATISTIKA FANINING PREDMETI VA USLUBI.


REJA:
1.1.Statistikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi
1.2.Statistika haqida tushunch
1.3.Statistika fanining predmeti va usuli.
1.4.Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
1.5.Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan o`rni va ahamiyati.

Tayanch iboralar: Statistika, statistik tadqiqot, statistik to`plam, statistik ma`lumot, statistik ko`rsatkichlar.


1.1. Statistikaning paydo bo`lishi va rivojlanishi
Insonlarda oddiy hisoblarni amalga oshirish zamriyati tug'ilganda, bu ishni ular qo'lidagi barmoqlari yordamida bajarganlar. lamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivoj lanishi natijasida insonlar hisob-kitoblarni qo·l barmoqlari bilan emas. balki ayrim predmetlar orqali bajarishgakirishdilar. Masalan, grek tarixchisi Gerodotning (eramizdan oldingi 484-420 yillarda yashagan) ta'kidlashicha, qadimiy fors podshohi Dariya o'z qo'shinlarining soni to'g'risida ma'lumotga ega bO'Ush uchun har bir askarga bir donadan toshni olib kelib bir yerga to'plashni buyuradi.
Xuddi shunday ishni skiflar podshosi Ariant ham bajaradi. Ariant toshni emas, kamonning mis uchini to'plashni buyuradi. Keyinchalik, insoniyat hisob-kitoblar olib borish texnikasining yangi pog'onasiga o'tadi, ya'ni boshlang'ich schyotlar paydo bo'la boshlaydi. Ularning tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Ular, avvalo, Xitoyda svau-pau (suan-pan) nomlari bilan paydo bo'lgan, keyinchalik Yaponiyada saroban nomi biIan. Bundan ikki ming yillar avval bunday schyotlar Gretsiya va Rim maktablarida ham qo'llanilgan.
Hisob-statistika ishlarining rivojlanishiga karta hissa qo'shgan olimlar
xitoyliklardir. Ularga Kunfutsiya (Kun Futszu, eramizgaeha 551-479-yillar), Men Tszi (372-289-yilJar eramizgaeha) va boshgalami ki1'itish mumkin.
Xulosa qilish mumkinki, statistikaning kurtaklari ijtimoiy faoliyatning turi sifatida davlatlaming paydo bo'lishi bilan rivojlana boshlangan. Bu holat, statistikaning paydo bO'lishi mexanizmini to'la tushunish uehunjuda muhimdir. Shuni yaxshi anglash kerakki, qadimiy jamiyatlarda schyotlaming yoki uehetning ayrim elementlari mavjud bo'lgan. xolos. Davlatlal11ing paydo bo"la boshlashi, ijtimoiy faoliyat sifatida statistikani funksiyalari ommaviy ma'lumotlami to'plash va ulami tahlil qilishning qandaydir oddiy apparatini yaratishni talab qila boshladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, statistika paydo bo'lishi boshlanayotgan vaqtning o'zida hukmron sinfvakillariga xizmat qilishga chorlangan edi.
Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo'lgan. Siyosiy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti (1623-1687) statistika asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo'lib ijtimoiy-iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo'Hash fikri U. Pettida tug' ilgan edi.
U. Petti o'z asarlarida ("Soliqlar va yig'imlar", 1662-yil.; "Donolarga so'z", 1664-yil; "Siyosiy arifmetika", 1676-yil) o'z tengdoshlarini qiziqtirgan sotsial va iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob-kitoblarga suyangan holdajavob berishga harakat qiladi.
U. Pettining yaqin do'sti, fabrikant, Lord, London shahrining hokimi
J.Graunt birinchi bo'lib o'lish to'g'risidagi ma'lumotlar jadvalini tuzdi .
U tug'ilish masalalarini o'rgandi, birinchi bo'Jib o'g'il bolalar va qizlar
tllg'ilishi o'rtasidagi doimiy nisbatni ochdi (14112), Angliya aholisining
sonini (6,5 min. kishi), London ahoIisining soni 460 ming kishi , shulardan
qurol olib yuradigani (harbiy xizmatga yaroqlilari) 81 ming kishi ekanligini aniqladi, aholi migratsiyasini o'rgandi . Bulardan tashqari, u ommaviy miqdoriy hodisalarga taaIluqli ayrim statistik qonllniyatlarni aniqladi.
Siyosiy arifmetika maktabi bilan deyarli bir paytda Germaniyada tasviriy maktab (fan) ham paydo bo'ladi. Bu maktab asoschilari G. Konring
(1606-1681) va G. Axenvaldir. 1660-yilda G. Konring yangi soha (fan) bo'yicha ma'ruza kursini tashkil qiladi ("Davlatshunoslik" - "Staatskunde"). Bu fan - G. Konringning fikricha, har bir davlatda diqqatga sazovor bo'lgan faktlar (ro'y bergan
hodisa va voqealar) haqida so'zlab beruvchi fandir. Yangi fan o'z oldiga
davlat holatini ta'riftash, tasvirlash yoki rO'yxatga olishni vazifa qilib
qo'ydi. Asosiy maqsad, boshqaruvchi sinf vakillarini alohida davlatlarda boshqaruv metodlari va ularning boyligi bilan tanishtirishdan iborat edi. Bu tamoyil, G. Konringni Germaniyada juda mashhur va dongdor ma'ruzachiga aylantirdi. 1749-yilda Gettigenda xalqaro huquq va statistika professori G. Axenval C'Oavlatshunoslik" fanini nazariyachilari orasida eng ko' zga ko' ringan olimlardan bir "davlatshunoslik" fanining "Statistika" (Iotincha "Status" so'zidan olingan bo'lib, hodisalaming holatini, ahvolini bildiradi. "Status" so'zi negizida italyancha '·Stato" - davlat, amaliy siyosat va "Statista"- davlat arbobi, davlatni biluvchi so' zlari yotadi) deb atagan.
Ilmiy statistikaning rivojlanishi bilan bir qatorda statistika amaliyoti
ham paydo bo'la boshlaydi. Hayot tobora qiyinlashib borganligi sababli,
davlatlar statistik organlarni tuzishga majbur bo' ladilar. Birinchi davlat
statistika organi 1756-yilda Shvetsiyada tashkil qilingan. Fransiyada 1772-yildan butun mamlakat bo'yicha aholining harakatlari to'g'risida hisobotlar tuzish boshlanadi va 1801 yilda Fransiya ichki ishlar vazirligida statistik byuro tashkil qilinadi. Angliyada 1801 yilda aholi ro'yxati o'tkazilib, 30-yillarda sanoat vazirligi qoshida statistika departamenti barpo etiladi.

Yüklə 33,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin