“Sug`urta ishi” fanidan o`quv uslubiy majmua
240
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1) Jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urtalash nima asosida amalga
oshiriladi?
A) sug’urtalovchining tashabbusi asosida.
B) «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonunda belgilangan tartibda.
C) jismoniy shaxslarning yozma arizasi asosida.
D) jismoniy shaxslarning yozma arizasi asosida tuzilgan shartnomaga muvofiq.
2) Mol-mulklarni sug’urta qilishda:
A) sug’urta summasi uning haqiqiy qiymatidan oshib ketmasligi zarur.
B) sug’urta summasi uning haqiqiy qiymatidan oshib ketishiga yo’l qo’yiladi.
C) sug’urta summasi uning haqiqiy qiymatidan 5 foiz atrofida oshib ketishiga yo’l
qo’yiladi.
D) yuqorida to’g’ri javoblar ko’rsatilmagan.
3) Harbiy xizmatchilarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalash qaysi manba
hisobidan amalga oshiriladi?
A) harbiy xizmatchilarning oylik maoshlarini bir qismini sug’urta
tashkilotiga
o’tkazish hisobiga.
B) Mudofaa Vazirligining byudjetdan tashqari mablag’lari
hisobiga amalga
oshiriladi.
C) Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
D) sug’urta tashkilotlari va harbiy qismlar mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
4) Sug’urtalovchining ish yuritish xarajatlariga quyidagilardan qaysi biri
kiradi?
A) ish haqini to’lash xarajatlari.
B) sug’urta hodisalari ro’y berishi natijasida ko’rilgan
zararlarni qoplash
xarajatlari.
C) sug’urta zahirasini shakllantirish bilan bog’liq xarajatlar.
D) yuqorida to’g’ri javoblar ko’rsatilmagan.
5) Aktuar hisob-kitoblar nima maqsadda ishlatiladi?
A) zarar miqdorlarini aniqlash maqsadida.
B) sug’urta tarif stavkalarini aniqlash maqsadida.
C) sug’urta amaliyotlarini tahlil etishda.
D) sug’urta tashkilotining raqobatbardoshligini aniqlashda.
Dostları ilə paylaş: