1-Mavzu: Suvni koloid va dag’al zarrachalardan tozalash. Tabiiy suvlarni ohak yordamida qattiqligini va ishqorligini kamaytirish. Tabiiy suvlarni reagentlar yordamida tozalash soxasida ishlatiladigan qurilma va yordamchi qurilmalarning


Ohak eritmasi tayyorlash va reagent xo’jaligi



Yüklə 27,67 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü27,67 Kb.
#208793
1   2   3   4
maruza matn 1

Ohak eritmasi tayyorlash va reagent xo’jaligi

IESlarida so'ndirilmagan ohak qattiq holatda vagonlarda keltirilib, maxsus katta hajmdagi baklarda yoki temir-betondan qurilgan hovuzlarda quruq yoki ho'l holida saqlanadi. Temir-beton hovuzlar doira yoki to'rtburchak shaklida qurilgan boʻlishi mumkin. Hozirgi sharoitda ohak eritmasi tayyorlashning bir necha usuli mavjud boʻlib, ular har xil qurilmalarda amalga oshiriladi.
4.2-rasmda ohak eritmasini quruq holatda saqlash hamda erit- masini tayyorlash sxemasi ko'rsatilgan. Bu sxemada so'ndirilmagan ohak temir-beton hovuzlardan (4) yoki to'g'ridan toʻgʻri vagonlardan (1) kran to'siniga (3) o'matilgan greyferli kovushlar (2) yordamida qabul qiluvchi voronka (5) orqali ohak so'ndiruvchi apparatga (6) yuboriladi. So'ndiruvchi apparat tishli g'ildirak yordamida o'z o'qi atrofida aylanishi natijasida ohak, unga yuborilgan suv bilan to'la aralashadi. Bu apparatda hosil bo'lgan ohak suspenziyasi oqizoq orqali (7) ohak eritmasi saqlanadigan temir-beton hovuzga (15) beriladi, so'ndirgichdagi ohakning erimay qolgan qismi vagoncha orqali chiqindiga qo'shiladi. Hovuz tagiga havo (10) va bug' yu- boruvchi quvurlar o'matilgan bo'lib, bu quvurlardan hovuzga berilgan havo ohak eritmasining to'la aralashishini ta'minlaydi, berilayotgan bug' esa eritmani past haroratda muzlashdan saqlaydi. Ohak eritmasi hovuzdan so'rg'ichlar (11) yordamida so'rib olinib, ohak aralashtir- gich (12) ga yuboriladi. Eritmani suyultirish, unga suv yuborish (9) bilan amalga oshiriladi. Ohak aralashtirgichdagi kerakli konsentrat- siyali eritma so'rg'ich dozator (14) yordamida tindirgichlarga yuboriladi.



4.2-rasm. Reagent xo'jaligi va ohak eritmasini tayyorlash qurilmaning sxemasi: 1-ochiq vagon; 2-yuradigan kranli kovush; 3-kran to'sini; 4-ohak saqlanadigan hovuz; 5-voronka; 6-so'ndiruvchi apparat; 7-vagoncha; 8-eritma saqlanadigan hovuz; 9-suv beruvchi quvur; 10-havo va bug' beruvchi quvur; 11-so'rg'ich; 12-aralashtirgich; 13-aralashtirgich so'rg'ichi; 14-so'rg'ich dozator; 15-temir betonli hovuz

4.3-rasmda esa ohak eritmasini tayyorlovchi mexanizatsiya- lashgan qurilmaning chizmasi berilgan. Bu qurilmada vagonlarda stansiyaga keltirilgan ohak to'g'ri ohak maydalagich tegirmoni (1)da maydalanib, elevator (2) orqali qabul qiluvchi bunker (3)ga yuboriladi. Bunkerdan taqsimlagich (4) orqali ohak so'ndiruvchi apparatga (5) kelib tushadi va so'ndiriladi. Apparatda tayyorlangan ohak suspenziyasi maxsus aklarga (6) suv bilan yuvilib oqib tushadi. Erimay qolgan qoldiq so'ndirgichdan vagoncha orqali yig'ilib chiqindiga qo'shiladi. Ohak suspenzisi so'rg'ich (7) yordamida bakdan so'rib olinib, ohak eritmasinng konsentrat- siyasini tayyorlovchi gidravlik aralashtirgichga (8) yuboriladi. Aralashtirgichda tayyorlangan eritma - so'rg'ich - dozator (9) yordamida quvur (10) orqali tindirgichga yuboriladi.





4.3-rasm. Mexanizatsiyalashgan ohak eritmasini tayyorlovchi qurilmaning sxemasi. 1-ohak maydalagich; 2-elevator; 3-bunker; 4-taqsimlovchi; 5-so'ndiruvchi apparat; 6-eritma saqlanadigan bak; 7-so'rg'ich; 8-gidravlik aralashtirgich; 9-dozator; 10-eritmani tindirgichga yuboruvchi quvur.
Yüklə 27,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin