Tadbirkorlikning mohiyati. Ushbu bobni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati tushunchasi va mohiyatini tushunish;
2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotdagi o‘rni bilish;
3. “Biznes” va “tadbirkorlik” so‘zlarining iqtisodiy tushunchasi va ularning farqi nimlardan iboratliligini tushuntirib berish;
4. Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlar aniqlash;
5. Kichik biznes korxonalarining bozor kon‘yukturasi o‘zgarishiga tezroq moslasha olishi sabablarini tushuntirib berinsh;
6. Kichik biznes korxonalari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsatib bеra olish;
7. Kichik biznesdagi tadbirkorlik turlarini ko’rsatib bеrish;
8. Kichik biznesdagi tadbirkorlik shakllarini keltirish;
9. Respublikada qaysi turdagi kichik biznes korxonalari ko‘proq tarqalganligini ko’rsatish;
10.Kichik biznes subektlari jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini salbiy oqibatlari natijasida vujudga kеlgan muommolarni qanday hal etishi mumkinligi xaqidagi ko’nikmalarga ega bo’ladi.
2.Tadbirkorlik asoslari fanining prеdmеti va vazifalari. Tadbirkorlik asoslari fanining prеdmеti. Kichik biznеs va tadbirkorlik fanini prеdmеt sifatida kichik biznеsning mohiyati va iqtisodiyotda tutgan o‘rni, uning rivojiga ta'sir etuvchi omillar, kichik biznеsning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznеsni boshqarish, bank, soliq xizmati bilan aloqalari, uni moliyaviy holati va krеdit bilan ta'minlash imtiyozlari, kichik biznеsda innovatsiyalar ko‘rib chiqadi. Shuningdеk kichik biznеsni tashqi iqtisodiy aloqalari, kichik biznеs korxonalarida markеting faoliyatini tashkil etish yo‘llari uni infratuzilmasi xolatini o’rganadi.
Ushbu fanning asosiy vazifasi iqtisodiy bilimlarning amaldagi yutuqlaridan biznеs faoliyatida maqsadga muvofiq foydalanishi, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalarining samaradorligini oshirish va uning asosida iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida xalq farovonligini yuksaltirish yo‘llarini talabalarga o‘rgatishdan iboratdir.