1-mavzu: Ta’lim jarayonida metodlarning mohiyati. (2 soat) Reja



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#169194
  1   2   3   4   5
1-maruza 4kurs sirtqi


1-mavzu: Ta’lim jarayonida metodlarning mohiyati. (2 soat)
Reja:

1.Ta’lim jarayonida turli metodlardan foydalanish.


2.O‘qitish metodlarining tasnifi.
3.O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan metodlarga qo‘yiladigan talablar.
4.Metodlarning turlari.
5.Oliy maktabda o‘qitish metodlari.


Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar: metod, vosita, usul, uslub, ta’lim, demokratlashuvi, ta’limning ustuvorligi, demokratlashuvi, insonparvarlashuvi, ijtimoiylashuvi, milliy yo‘nalganligi.

«Metod» so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filosofiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan. Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Mazkur o‘rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:


Shuningdek, ta’lim metodlarining o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham mavjud. «Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi».
Ta’lim metodi – zamonaviy darajada o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan pedagog va ta’lim oluvchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyat usullaridir (V.I.Zagvyazinskiy).
Ta’lim metodlari – o‘quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo‘lib, o‘qituvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining barcha yo‘nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o‘rtasida ko‘p sonli aloqa va bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi (G.I.Shukina).
Ta’lim metodlari deganda o‘qituvchining o‘rgatuvchanligi va ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini egallashga yo‘naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o‘quvbilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi (I.F.Xarlamov).
Ta’lim metodi – belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir (P.I.Podlasiy).
«Ta’lim metodi» tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi:
- maqsadli tarkib;
- faoliyatli tarkib;
- ta’lim vositalari.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Bu funksiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol uchun, tashhisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi. «Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- Motivatsiyali;
- Rivojlantiruvchi;
- Tashkiliy;
- Tarbiyaviy;
- Ta’limiy.
Tarbiya metodlarining asosiy funksiyalari:
Metodik usullar;
Masalani o‘rganish;
Namoyish (ko‘rgazmali, obyektiv – tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish, hokazolar);
Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
Topshiriq berish;
Metodik usullarning turlari.
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida;
- ta’lim mazmuni asosida;
- ta’lim oluvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
- o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko‘lami, holati o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo‘yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‘nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g‘oya yagona va o‘zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O‘qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo‘shqin bo‘lishi, metodlarni qo‘llash amaliyotidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olishi kerak». Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko‘p bo‘lsada, bu borada yagona to‘xtamgan kelinmagan. Ushbu o‘rinda ta’lim amaliyotida qo‘llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to‘xtalib o‘tamiz. Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha tizimlashtiriladi.
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo‘yicha qo‘llash maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:
1. Bilimlarni egallash metodlari.
2. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodlari.
3. Bilimlarni qo‘llash metodlari.
4. Nazorat (bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish) metodlari
1. Materialni og‘zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, ta’lim muassasasi ma’ruzasi). Ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish o‘qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o‘ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o‘qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda o‘qituvchining ta’lim oluvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo‘yish, rejani e’lon qilish, ta’lim oluvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi.
2. Suhbat. Ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o‘zaro taqqoslash, puxta o‘ylash va savollarga to‘g‘ri javob tayyorlashdan iborat. O‘qituvchining rahbarligi: mavzuni qo‘yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to‘ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
3. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib bosma matn xizmai qiladi. O‘qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, ta’lim oluvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o‘rgatish, o‘zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko‘rinishlarda aks etadi.
4. O‘qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda). Ta’lim oluvchilarning o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o‘qituvchilarining ko‘rsatmalari bo‘yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir ta’lim oluvchining o‘ziga xos, o‘xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo‘naltiriladi. Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O‘qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir.
5. Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. Ta’lim oluvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar. Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O‘qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, ta’lim oluvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo‘llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). Ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining o‘ziga xosligi, nazariy asoslar o‘zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o‘xshash harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi kuzatiladi. Bilimlar manbai: o‘zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. O‘qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo‘llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bilimlar manbai va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o‘qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
O‘qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o‘zlashtirilishini ta’minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko‘rsatish hamda to‘g‘rilashdan kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo‘yicha tizimlashtirilgan metodlar – og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o‘zida mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Yesipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim metodini to‘g‘ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq Sho‘ro umumta’lim ta’lim muassasasilarining o‘quv jarayonida metodlarning cheksiz ko‘pligi, xatto ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o‘quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to‘g‘ri, asoslangan metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g‘oya» mohiyat jihatidan noto‘g‘ri bo‘lishiga qaramay, o‘n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o‘rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo‘yicha ham, didaktik maqsadlar bo‘yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi ta’lim muassasasi amaliyotining asosiy muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo‘llash ta’lim sifatining yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi.
I.Y.Lerner va M.N.Skatkinlarning qarashlariga ko‘ra:
1. Izohli-tasvirli.
2. Reproduktiv.
3. Evristik yoki qisman-izlanuvchan muammoli bayon.
4. Tadqiqotchilik.
Ushbu metodlar, mualliflarning ta’kidlashlaricha, bir-biridan ta’lim oluvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o‘zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va ta’lim oluvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o‘qituvchi holati ... bo‘yicha farqlanadi. Izohli-tasvirli ta’lim metodlari (boshqa nomlanishi axborotlirepsepsiya)ning mohiyati: odatda nazariy bilimlar tayyor holda uzatiladi, ta’lim oluvchilar esa ularni qabul qiladilar (repsepsiya). Bu yo‘lda turli ta’lim vositalari (shu jumladan, ko‘rgazmali vositalar)dan foydalaniladi. O‘qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki ularning ta’lim oluvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo‘ladi.
Reproduktiv ta’lim metodlari yuqorida keltirilgan metodlardan quyidagi unsurlarning mavjudligi bilan farqlanadi: o‘qituvchining bilimlarni tushuntirishi, ularni ta’lim oluvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya). O‘zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo‘lishiga ularni ko‘a marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang‘ich sinflarda o‘qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Evristik ta’lim metodini qo‘llashda o‘qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O‘qituvchi bilimlarning bir qismini ta’lim oluvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa ta’lim oluvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o‘zlashtiradi, o‘zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda ta’lim oluvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi. Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir.
Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida subyektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar ta’lim oluvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi. Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.
Tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi, ta’lim oluvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani yechish davomida ta’lim oluvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi, tajribasini egallaydilar.
Evristik va tadqiqotchilik metodlari ta’lim oluvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf ta’lim oluvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Shunga qaramasdan bu tasnif ta’lim muassasasi amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.Y.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot1 ham amalga oshirilgan. Didaktikada ta’lim metodlarining binar (ikki)li va ko‘pbinarli omil asosida tizimlashtirishga bo‘lgan urinishlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, M.I.Maxmutov tomonidan ta’lim metodlari va o‘qish metodlari ajratiladi:
Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.I.Palamarchuklar ta’lim metodlarining uch o‘lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbai, ta’lim oluvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o‘quv-bilishning mantiqiy yo‘li yaxlit tarzda chog‘ishtiriladi. S.G.Shopavalenko ta’lim metodlari tasnifini to‘rt belgi asosida asoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi: 1) mantiqiy-mazmunli; 2) manbali; 3) mazmunli; 4) tashkiliy boshqaruvchi. I.P.Podlaso‘y birmuncha keng tarqalgan ta’lim metodlari tasnifiga yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta’kidlaydi: «Boshqa bir qator ta’lim metodlari tasnifi ham mavjud.
M.I.Maxmutovning binarli ta’lim metodlari
Ta’lim metodlari:
1. Axborotli-ma’lumotli.
2. Tushuntiruvchi.
3. Yo‘riqli-amaliy.
4. Tushuntirish-undovchi.
5. Undovchi.
O‘qish metodlari:
1. Bajaruvchi.
2. Reproduktiv (nomahsul).
3. Produktiv (mahsuldor)-amaliy.
4. Qisman izlanuvchi.
5. Izlanuvchi
Ta’lim metodlarining tasnifi:
1. Axborotli-malumotli va bajaruvchi.
2. Tushuntiruvchi va reproduktiv (nomahsul).
3. Yo‘riqli-amaliy va produktiv (mahsuldor)-amaliy.
4. Tushuntiruvchi-undovchi va qisman izlanuvchi.
5. Undovchi va izlanuvchi.
Ta’lim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta’lim vositalari yordamida joriy etiladi. Ta’lim shakllari ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko‘rinishidir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim shakllaridan samarali foydalanib kelinmoqda: ma’ruza, seminar, amaliy mushg‘ulot, uchrashuv, taqdimot, sayohat, o‘quv konferensiyasi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida ta’limning samaradorligini ta’minlovchi muhim elementlardan biri sifatida ta’lim vositalari e’tirof etiladi. Ta’lim vositalari sirasiga quyidagilar kiradi: texnik hamda axborot qurilmalari (dioproyektor, kinedoskop, uskunalar, radio, televideniye, kompyuter, audio hamda video magnitafonlar), laboratoriya jihozlari (kolbalar, probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita, maketalar, diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan foydalaniladi.
N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tasnifi asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi. Ma’lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida o‘zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi:
1) motivatsion bosqich;
2) o‘quv faoliyati;
3) boshqaruv.
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari. III. O‘quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari. O‘z navbatida har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:
I. O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari
O‘qishga qiziqishni rag‘batlantiruvchi metodlar
O‘qish va mehnatda burch hamda javobgarlikni rag‘batlantiruvchi metodlar
Mehnatga va muayyan kasbga qiziqishni rag‘batlantiruvchi metodlar
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari
O‘quv-bilish faoliyatining mo‘ljal asoslarini vujudga keltirish metodlari O‘quv-bilish faoliyatini bajarish metodlari
Mehnatda va mehnatda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari
III. O‘quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari
Shunday qilib, taqdim etilayotgan ta’lim metodlari tizimi nazariyamaliy jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o‘quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi. Ushbu tizim bir qarashda akademik Y.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tizimiga o‘xshash. Biroq, Y.K.Babanskiy tasnifiga ko‘ra ta’lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko‘ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir:
1) tashkiliy;
2) rag‘batlantiruvchi;
3) nazorat.
Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi:
1. O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
2. O‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivlash metodlari.
3. Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari.
Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko‘rilgan o‘qish metodlarining tasnifi kichik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi hamda funksiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o‘quv-tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta’minlaydi.
Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni. Qayd etib o‘tilganidek, ta’lim metodlari tizimida og‘zaki bayon qilish metodlari muhim o‘rin tutadi.
Og‘zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, og‘zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos. Hikoya – o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, ta’lim oluvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni ta’lim oluvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya hisha (5-10 daqiqa), shu bilan birga ta’lim oluvchilarda hishayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg‘otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta’lim metodlari (xususan, namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro‘y berishi mumkin. Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi ta’lim oluvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichmabosqich egallashga imkon beradi. Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha ta’lim oluvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, ta’lim oluvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, ta’lim oluvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat ta’lim oluvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, ta’lim oluvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat ko‘proq ta’lim oluvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashhislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi. Kirish suhbati o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining ta’lim oluvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat. Bunday suhbatlar ta’lim oluvchilarning o‘quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi. Yakuniy suhbat ta’lim oluvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi hamda ularning yangi o‘quv metodikasini o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o‘qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so‘nggida qo‘llaniladi. Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo‘q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin. Demak, evristik suhbat jarayonida ta’lim oluvchilar bilimlarni o‘zlarining tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o‘zlashtira olsinlar. Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Ta’lim muassasasi ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza ta’lim muassasasi sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida ta’lim oluvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim muassasasi ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat:
- o‘qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining tuzilishi;
- rejadan ta’lim oluvchilarni xabardor etish, ularni ma’ruza mavzusining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
- rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketmaketlikda bayon etilishi;
- rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma asosida xulosalanishi;
- ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda ular o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarning o‘rnatilishini ta’minlash;
- bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;
- jonli til, o‘z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish;
- auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, ta’lim oluvchilarning aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;
- ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi;
- ma’ruzaning asosiy qismlarini ta’lim oluvchilar tomonidan qayd etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;
- zarur (yozib olinadigan) o‘rinlarni oldindan ajratib qo‘yish;
- o‘rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida qabul qilish va ularning mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko‘rgazmalar (namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
- alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani seminar, amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan «Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga ega ekan. Namoyish metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog‘ida, turli o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi. Bu metod yordamida o‘qituvchi ta’lim oluvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining bilish jarayoni mohiyatan ta’lim oluvchilarning yoshiga mos holda to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir. Tasvir Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi. Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni ta’lim oluvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi. Tasvirning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan obyekt mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi ta’lim oluvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: - ko‘rgazmalilikning ta’lim oluvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; - namoyish etilayotgan obyektlar barcha ta’lim oluvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi; - namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; - tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi; - namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim. Amaliy ishlar metodlari ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Amaliy ishlar metodi – o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – ta’lim muassasasi yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani ta’lim oluvchilar e’tiboriga havola etadi. Qayd etilganidek, ushbu metodlar ta’lim oluvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo‘ladi. Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi. Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi. Grafikaviy ishlar ham yozma ishlar bilan o‘xshash jihatlarga ega bo‘lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (jumladan, geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi. Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori bo‘ladi:
- mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish;
- bajarish qoidasini bilish;
- vaqt bo‘yicha takrorlanishning to‘g‘ri taqsimlanishi.
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat:
- o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
- topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi;
- o‘qituvchi nazorati ostida ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv harakatining dastlabki bajarilishi;
- zarur ko‘nikma va malakalar shakllangunicha o‘quv harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi.
Ayrim holatlarda ta’lim oluvchilar ovoz chiqarib o‘quv harakatlarini takrorlashlari va bajarishlari lozim bo‘ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko‘nikma va malakalarni egallashga imkon beradi. Laboratoriya ishlari ta’lim oluvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod ta’lim oluvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi.
Biroq bu harakatlar ta’lim oluvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi. Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod ta’lim oluvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U ta’lim oluvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi.
Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil etiladi:
1. O‘qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash bosqichi.
2. Ko‘rsatma, yo‘l– yo‘riq berish bosqichi.
3. Sinov bosqichi (bu bosqichda ikki-uch nafar ta’lim oluvchi amaliy harakatlarni bajaradi, qolgan o‘qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi).
4. Faoliyat (harakat)ni bajarish (har bir ta’lim oluvchi topshiriqni mustaqil ravishda bajaradi, ayni o‘rinda topshiriqni bajarishga qiylanalgan ta’lim oluvchilarga alohida e’tibor qaratilib, ularga yordam ko‘rsatiladi).
5. Nazorat bosqichi (bu bosqichda ta’lim oluvchilarning ishlari qabul qilinadi va baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqt nutqai nazardan tezkorlik, topshiriqni bajarish tizimining to‘g‘riligi va samaradorligi kabi holatlarga alohida e’tibor beriladi).
Zamonaviy ta’lim tizimida ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar negizida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida ta’lim oluvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi. Hozirgi vaqtda o‘qituvchilar qo‘lida barcha o‘quv fanlari bo‘yicha didaktik o‘yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yaratilgan o‘quv dasturlarda turli didaktik o‘yinlarning ro‘yxati yetarli darajada ko‘rsatilgan. Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter o‘yinlarining ta’lim muassasasi amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o‘yinlar ta’lim oluvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo‘riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o‘yin ijobiy natija bermaydi.
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi.
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
- zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
- o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi;
- xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi;
- muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
- u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;
- ta’lim oluvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;
- ta’lim oluvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;
- o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;
- o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
- o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi.
O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Shunday kilib, xilma-xil ukitish metodlarining imkoniyatlari nisbiydir va bu metodlarni kiyoslashda ular kullaniladigan sharoitdlarni xal kilinadigan vaztifalrining xarakterini material mazmunining xususiyatini ukuvchilarning yoshi va tayyorgarlik darajasi ni kat’iy xisobga olish kerak. Ukituvchilarning ish tajribasida ukitish metodlarining tugshri tanlash muammosini ma’lum darajada yetarli tushuntirmaslik xollari uchraydi. Masalan ta’lim muassasasilardan birda biz «chet tillarini ukilishinning eng kulay metodlari» deb nomlangan planshetga e’tibor berdik bunda problemali suxbatlar va ukilishining texnik vositalardan foydalanish tugrisida gap yuritilgan edi. Planshet avtorlari ukituvchi ish tajribasida aytib utilgan metodlardan foydalanishni kengaytirish lozimlini kursatishga intilganliklari shundaygina kurinib turibdi. Lekin u yoki bu metodni optimalligi uning atalishi, uning odatdagicha bulib kolganligi Bilan emas balki uning dare vazifalari va mazmuniga ukituvchi va ukuvchilarning imkoniyatlariga va muvofikligi bilan baxolanadi. Eng makbul tanlagan metodlar kuyilgan vazifalarning ajratilgan vaktda yaxshirok xal kilish imkonini beradi. Dune karashni tarkib toptirish uchun ukitish metodlarini tushunib tanlashga kata e’tibor berish kerak., Masalan dunyoning moddiyligini isbotlash uchun ukuvchilarni materianing tugallanmasligiga ishontirishga yordam beradigan kurgazmali ukitish metodlarini keng kullash foydalidir. Tabiat va jamiyat xodisalarining uzaro bokityligi problemasini urganishda strukturali mantikiy sxemalar va isbotlardan foydalanish urinlidir. Ukitish metodlarini tushunub tanlash xar-bir temaning asosiy dunekarashlarini uzgartirishga yordam beradi. Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi.

Ta’lim jarayonida turli metodlardan foydalanish


Metod – yunon tilidan olingan bo‘lib, yo‘l, usul, yo‘naltiruvchi uslub degan ma’noni beradi, ya’ni maqsadga erishish yo‘lidir
Vosita – metodlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari, asbob-uskuna, qurol, apparat, kompyuterlar va boshqalar.
Ta’lim metodlaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o‘tish, ta’lim oluvchilarni hayotda o‘z o‘rnini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bo‘lib xizmat qiladi.O‘qituvchining ma’lum fan ilmini ta’lim oluvchilar ongiga yetkaza olish mahorati, shu ta’lim oluvchilarni bo‘lg‘usi hayot yo‘llarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Oldin bayon qilganimizdek, ta’limning mohiyati inson kamolotini shakllantirishga xizmat qiladi. Ta’lim metodi ta’limning maqsadi va vazifalariga bog‘liq. Metodlar ta’lim oluvchilarning yoshiga, ta’limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi, ta’limiy maqsad bilan tarbiyaviy maqsad mutanosibligi, fan asoslari va g‘oyalarini chuqur bilishi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi talab qilinadi.
Uzluksiz ta’lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri deb, ta’kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilanadi. Bular:
- ta’limning ustuvorligi,
- ta’limning demokratlashuvi,
- ta’limning insonparvarlashuvi,
- ta’limning ijtimoiylashuvi,
- ta’limning milliy yo‘nalganligi,
- ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi,
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar.
Xo‘sh, ta’lim tamoyillari kim uchun va nima uchun kerak? U ta’lim oluvchi faoliyatiga ham daxldormi?
Ta’lim (o‘qitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p qirralidir. Unda o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun-qoidalari, ya’ni ta’limga qo‘yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liq.
Ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o‘qituvchi va ta’lim oluvchi faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, qoidalar ta’lim tamoyilari deyiladi.
Tamoyillar umumdidaktik kategoriya bo‘lib, ular ta’limning barcha turlari, darajalari, subyektlari, o‘quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga daxldor umumiy qoidalardir.
Ta’lim prinsiplarining uzviy bog‘liqligi deganda nimani tushunasiz?
Ta’lim tamoyillari o‘quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq holda bir sistemani tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini qo‘shadi.
O‘quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi fan-texnikaning so‘nggi yutuq va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. O‘qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishga qaratilgan.
Ta’lim tamoyillari tizimi nimadan iborat?
O‘qitish usuli deganda talim jarayonida o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O‘qitish usullari xar ikkala faoliyatning a) o‘qituvchi tomonidan ta’lim oluvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, b) ta’lim oluvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakarni o‘zlashtirish faoliyatida qo‘llanadi yo‘llarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim berish o‘qituvchidan izlanishni pedagogik mahoratni talab qiladi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o‘z o‘rnida foydalaniladi.
Metodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarining bilim saviyasi, o‘zlashtirish qobiliyati, talim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo‘llaniladi:
o‘qitishning og‘zaki metodi;
o‘qitishning amaliy ishlar metodi;
o‘qitishning ko‘rgazmali metodi;
muammoli evristik modellashtirish metodi;
o‘qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi;
o‘qitishning, iduktiv va deduktiv metodi.;
o‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish metodi;
o‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zining nazorat qilish metodi. Metodlar o‘z navbatida guruhlarga bo‘linadi.
O‘quv informatsiyasini so‘z orqali uzatish va informatsiyani eshitish orqali qabul qilish metodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo‘yiladi?
O‘qitishning og‘zaki usullari uch turga a) o‘qituvchining hikoyasi, b) suhbat, v) maktab ma’ruzasiga bo‘linadi.
Hikoya usuli boshlang‘ich sinflarda ko‘p qo‘llansa, yuqori sinflarda ma’ruza usuli ko‘p qo‘llaniladi. Ta’lim mazmuni notanish bo‘lsa hikoya va ma’ruza usullari qo‘llaniladi.
Ta’lim mazmuni ta’lim oluvchiga qisman tanish bo‘lsa suhbat usuli qo‘llaniladi. Og‘zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o‘qituvchining bayon qilishi va ta’lim oluvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o‘zlashtirishlari birligiga amal qiladi.
Qanday hollarda suhbat uslubi qo‘llaniladi? Uni qo‘llashda qanday qoidalarga amal qilish lozim?
Suxbat uslubi - savol javob usuli deb ham yuritiladi.
Ta’lim oluvchilar darsga yetarli darajada tayyor bo‘lsa o‘qituvchi rahbarligida muammoli savollarga javoblarni o‘zlarrrrkiori axtarib topadigan suhbatlar maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar evristik izlanish, axtarib topish xarakterida bo‘ladi.
Suhbatlar orqali a) ta’lim oluvchilarning o‘z hayotlarida uchratgan voqea hodisalar yuzasidan savollar berish orqali ta’lim oluvchilarning mustaqil fikr qilishlarini amalga oshiradigan holatlarga e’tibor qilish, b) ta’lim oluvchilarning ilgari o‘rgangan tayanch bilimlarini esga tushirishga erishish lozim.
Ta’lim jarayonida turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanishga harakat qilamiz.
Xo‘sh, ushbu o‘quv informatsiyasini ko‘rgazmali uzatish va ko‘rish orqali qabul qilish metodining ahamiyati qanday? Ko‘rgazmlilikning qanday turlari mavjud? degan savollarga javob topishga harakat qilaylik.
Ko‘rgazmali usulning muhimligi o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mulohaza qilishga o‘kuvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch xosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.
O‘qitishning reproduktiv metodini qachon qo‘llash mumkin?
Reproduktiv usullar - o‘quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo‘lsa, amaliy xarakatlar»ning usullarini ta’riflasa, ta’lim oluvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal kilish uchun tayyor bilimlar yo‘q, bo‘lsa samarali qo‘llanadi.
Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda ta’lim oluvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan: bilimlarini qo‘llaydi.
Muammoli ta’lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin?
Muammoli deyilganda o‘quv materialini ta’lim oluvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi.
Ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy tug‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o‘zlashtirishga Rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi.
Muammoli vaziyatda:
ta’lim oluvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish;
ta’lim oluvchilarda bilishga qiziqish uyg‘otish;
tahlil jarayonida ta’lim oluvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.
Ta’lim jarayonida o‘qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda. Qanday holda induktiv va deduktiv uslublar qo‘llaniladi? deduktiv uslubda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv uslublarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi.
Induktiv uslublar texnik qurilmalarni o‘rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qullaniladi.
Deduktiv uslub o‘quv materialini tezroq o‘tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi
Nazariy materialni o‘rganishda anchagina umumiy xolatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo‘llash ayniqsa foydalidir.
Ta’limda rag‘batlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi?
1. Ta’limga qiziqishni rag‘batlantirish metodi.
2. Ta’limga burch va mas’uliyatni rag‘barlantirish metodi.
O‘quv faoliyatini rag‘batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga bo‘lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu sababli rag‘batlantirish o‘qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi.
Rag‘batlantirish va tanbeh berish usullari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Rag‘batlantirish: baho bilan, imo - ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi.
O‘qishga doir tanbehlar dars paytida, og‘zaki tanbex, berish, bahosini pasaytirib qo‘yish, ish daftariga yozish, xatolarni ko‘rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi.
Maktabda ta’lim oluvchiga tan jazosi berish, o‘zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so‘kish aslo mumkin emas.
3. Talabalar bilan bo‘lgan muloqotda, ularga bilim berish jarayonida o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim. Ta’lim-tarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Ta’lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so‘zlash, o‘qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon qilish va uni tamasiz yetkaza olish xususiyatlari ta’lim oluvchilar uchun amaliy ko‘rgazma ekanligini unutmaslik kerak. Ta’lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi.
Ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ulardan o‘rinli foydalanish ta’lim samarasini ta’minlashga yordam beradi.
Oliy maktabda o‘qitish metodlari
Pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar metodni o‘quv jarayonining o‘zagi, ko‘zlangan maqsad va pirovard natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar. 0‘qitish metodi «o‘qitishning maqsadi — mazmuni, metodi, shakli, usullari» tizimida muhim o‘rin egallaydi. Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalami hal qilish yo‘llari, usullari tushuniladi. 0‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul — metodning unsuri bo‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi. 0‘qitish metodi — murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p sifatlarga ega bo‘lgan ta’limdir. 0‘qitish metodida o‘qitishning obektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o‘z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalaiga dialektik bog‘liq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalaiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Metodlar tuzilmasida obektiv va subektiv jihatlar ajralib turadi. Metodlaming obektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o‘quv faoliyatining shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar aks etadi. Metodlaming subektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning o‘ziga xosligiga va konkret sharoitga bog‘liq bo‘ladi. 0’qitish metodlarining ko‘p o‘lchovliligi ulaming ko‘plab tasnifini keltirib chiqardi. 0’qitish metodlari tasnifi - bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir. Didaktik tadqiqotlar o‘qitishni dialektik jarayon sifatida o‘rganadi. Bunga ko‘ra o‘qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim mazmunida yuz berayotgan barcha o‘zgarishlami hisobga olingan holda deb qaraladi.
Eng asoslangan o‘qitish metodlari tasniflariga quyidagilar kiradi:
1. An’anaviy metodlar. Bu metodlaming ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Hoziigi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko'rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar.
2. Maqsadiga ko‘ra metodlar tasnifi: (M.L. Danilov, B.P. Yesinov) • bilimlarni egallash; • malaka va ko'nikmalami shakllantirish; • bilimlarni qo'llash; • ijodiy faoliyat; • mustahkamlash metodlari; • bilim, malaka va ko'nikmalami tekshirish metodlari.
3. Idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra metodlar tasnifi: • tushuntirish — illyustrativ (axborot — retseptiv). Ulaming xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi; • reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o‘zlashtiriladi, ulaming tushunihshi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlaming mustahkamligi tez-tez takrorlash yo‘li bilan ta’minlanadi. • muammoli bayon qilish metodi; • qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo'yicha mustaqil flkr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi; • tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi.
4. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I. Shukina, I.T. Ogorodnikov i dr.) quyidagilar farqlanadi: • ilk bor bilimlarni o'zJashtirish metodlari; • egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari. 5. 0’qitish metodlarining binar (qo‘sh) va polinar (ko‘pqirraIi) tasnifi. M.I. Mahmutovning binar tizimi dars berish metodi va o‘igatish metodi majmuidan iborat.
0’qitishning polinar tasnifi V.F. Palamaichuk va V.I. Palamarchuk tomonidan ishlab chiqilgan. Bu tasnif bilimlar manbai, bilish faolligi darajasi, o‘quv bilimlarining mantiqiy yo‘llari yig‘indisidan tarkib topadi. Didaktika bo‘yicha nemis mutaxassisi L.Klinberg o‘z tasnifida metodlami o‘qitishdagi hamkorlik shakllari bilan birga olib qaraydi.
Akademik Yu.K. Babanskiy o‘qitish metodlarining uch guruhini belgilaydi: • o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari • o‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va stimullash metodlari • o'quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o'z-o'zini nazorat qilish.
O'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari:
Jadval
Ifodali
Ko'rgazmali
Amaliy
Induktiv va deduktiv
Reproduktiv va muammoli
Ijodiy
Didaktikada ishlab chiqilgan metodlar, funksional yondashuv metodlar tizimini yamtish uchun asos bo‘lgan bo‘lib, unda metodlar didaktik maqsadlaiga erishishning nisbatan alohida yo‘llari va usullari sifatida namoyon bo‘ladi.
Oliy maktabdagi o‘qitish metodlari muammosi ko‘p sonli tadqiqotlaming mavjudligiga qaramasdan hali to‘la hal etilganicha yo‘q. Bu o‘qitish metodlarining dialektikligi, oliy maktabdagi ta’lim mazmunining takomillashuvi, ilmiy-texnik taraqqiyotning o‘sib borishi bilan izohlanadi. Oliy maktabdagi o‘qitish metodlari muammosini hal qilishdan avval oliy maktabdagi o‘qitish metodlarining o‘ziga xosligini asoslash o‘rinli bo‘ladi. I.T.Ogorodnikov o‘z tadqiqotlarida oliy maktabdagi o‘qitish metodlarining o‘ziga xosligi deganda, uning ilm o‘rganish metodlari bilan yaqinlashuvidadir deb biladi. S.I.Arxangelskiyning fikricha esa, oliy maktabdagi o‘qitish metodlari nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtiradi, ballti u bilishning o‘quv va ilmiy faoliyatga yo‘naltirilgan tizimi ekanligini qayd qiladi. Shunday qilib, oliy maktabdagi o‘qitish metodlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Endi shunday savol tug‘iladi: Oliy maktab metodlari maktab metodlaridan qay jihatlari bilan farqlanadi? Maktabda fan asoslari o‘rganiladi, umumiy ta’lim beriladi. Oliy maktabda talaba zamonaviy fanni o‘rganadi va ixtisoslik bo‘yicha ta’lim oladi. Shuning uchun ham oliy maktab metodlari bilimlami yetkazish va anglashning usullarigina emas, balki fan taraqqiyoti jarayoniga tobora kirib borish, uning metodologik va g‘oyaviy asosini ochish metodi hamdir. Oliy maktabdagi o‘qitish metodlarini asoslashda didaktika bilan shug‘ullanuvchi olimlar oliy maktabdagi o‘quv jarayonining xususiyatlari va talabalaming bilish faoliyatini qamrab oladilar hamda talabalaming kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi masalalariga katta ahamiyat beradilar. Talabalaming faol ijodiy bilish faoliyati hamda ulaming mustaqil ishlaridan iborat oliy maktab jarayoni ikki guruh o‘qitish metodlarining farqlanishini taqozo qiladi: oiqitish metodlari va oirganish metodlari. 0’qitish metodlari bilimlami berish usullari sifatida qaraladi va talabalaming ilmiy bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga qaratilgan bo‘ladi hamda o‘quv jarayonida olim pedagogning talabalarga ta’sir ko‘rsatishini shakllantiradi. 0 ‘rganish metodlari bilim, malaka va ko‘nikmalami ijodiy egallashga hamda metodik va g‘oyaviy-siyosiy e’tiqodlami ishlab chiqishga qaratilgan talabalaming ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi. Oliy maktabdagi ta’lim xususiyati o‘quv jarayonini tashkil etishda ko‘rinadi. Maktab ta’limi metodlarni belgilash va o‘qitish shaldlarini tashkil qilishni tavsiya etadi. Oliy maktabda esa o‘qitish metodlari va shakllari qo‘shilib ketadi, ya’ni oliy maktabdagi dars berish metodi ayni zamonda o‘qitishning tashkiliy shakli ham hisoblanadi. Oliy maktabdagi o‘qitish metodlari o‘ziga qo‘shimcha yuklanma — mashg‘ulotni tashkil etishni ham oladi. Oliy maktabdagi o‘qitish metodlari tasnifi masalasi o‘zining dolzaibligini saqlab qoladi. Oliy maktabdagi o‘qitish metodlari tasnifining didaktik yondashuvlari, umumdidaktik yondashuvlaiga monelik qilmaydi, balki ularni rivojlantiradi. Ular oliy maktabdagi o‘quv jarayonining xususiyatlari, ulaming didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi.
Oliy maktabda o‘qitish va o‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi.
1. Bilimlami berish, idrok etish va o'zlashtirish hamda e ’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlaming bu guruhiga leksiya, talabalaming mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko‘rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallami idrok etish va boshqalar kiradi.
2. Bilimlami tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va kxfnikmalami hosil qilish hamda e ’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, programmalashtirilgan o‘qituv kabinetlaridagi mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalaming kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reyting baholari, kollogiumlar, suhbat o‘tkazish, kurs vadiplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Bu tasnif konkret materiallar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlar asosiga qurilgan.
Birinchi guruhdagi shunday sifatlarga bilimlami idrok qilish va o‘zlashtirish, ikkinchi guruhga — tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhga esa — attestatsiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir.
Oliy maktabdagi o‘qitish metodlari tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
• metodlar tizimi ta’limiy fiinksiyaga ega bo'lishi lozim. Bu didaktik maqsadlar va o‘qitish vazifalariga erishishning eng qulay usulidir;
• metodlar tizimi tarbiyalov-takomillashuv funksiyasiga ega bo'lishi lozim. Bunda talabalaming mustaqil ishlari, vazifalari, ulaming ishga ijodiy yondashuvi hal qilinadi, talabalaming shaxsiy sifatlari, bilim, malaka va ko‘nikmalar egallashga bo‘lgan ehtiyojlari shakllanadi hamda ulaming diqqati, irodasi, hissiyoti, xotirasi, tafakkuri o‘sadi.
Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimaga bog‘liq degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlarining quyidagi bog‘liqliklari qayd qilinadi:
• birinchidan, o'quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bogliq;
• ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog`liq;
• uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog'liq;
• to(rtinchidan, o(quvjarayonida o'rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog`liq;
• beshinchidan, oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog`liq;
oltinchidan, o'quv jarayonining moddiy-texnik ta ’minoti bilan bog`liq;
• yettinchidan, o'qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o'quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o'qituvchining hozirgi zamon metodlari bo'yicha bilimlariga bog'liq.
Shunday qilib, oliy maktabdagi o‘quv jarayoni, o‘qitishning shakl va inctodlarida tashkil etiladigan ko‘pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o‘z oldiga qo‘ygan vazifalami bajaradi, lekin shakl va metodlar to‘plami yagona didaktik majmuani (kompleksni) hosil qiladi. Didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o‘quv jarayonining psixologik- pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi. 0‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini jonlantirish, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qiladigan o‘qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iboratdir.
Oliy maktabda o‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlariga qo‘yiladigan talablar
Har bir fan obektiv voqelikni o‘rganish qonunlarini belgilab beradi. Didaktik qonunlar o‘qitish va ta’lim birligi hamda ulaming o‘zaro aloqadorligida o‘rganiladi. Hozirgi oliy maktab didaktikasida qanday o‘qitisli jarayoni qonuniyatlari mavjud? Oliy maktabdagi o‘quv jarayoniga sistem-struktur yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda uning o‘zaro bog‘langan ikki tizimi amal qiladi.
Birinchidan, o‘quv jarayoni o‘zining o‘qitish maqsadi, o‘qitish va o‘quv faoliyati, ta’lim mazmuni, o‘qitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanib ketgan.
Ikkinchidan, o‘quv jarayoni nisbatan yirik tizim bo‘lgan pedagogik jarayonning tizimidir. Bu tizim o‘qitish, ta’lim berish va tarbiya jarayoni birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga bu tizim salmoqli tizim sifatida oliy o‘quv yurti o‘quv jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud. Shunday qilib, o‘quv jarayonining muhim tashqi va ichki bog‘liqligini farqlash lozim. Shu asosda ta’lim qonunlari tasniflanadi. Didaktikaning o‘z qonuniyatlari sifatida o‘quv jarayoni komponentlari orasidagi zaruriy, takrorlanuvchi va muhim bog‘lanishlami ko‘rsatish mumkin.
Sotsial-pedagogik qonuniyatlarga quyidagilami kiritish mumkin:
• oliy o‘quv yurtidagi ta ’lim jarayonij amiyat ishlab chiqarish taraqqiyotini aks ettiradi;
• oliy oiquv yurtidagi ta’lim jarayoni tarbiya jarayoni va talabalar rivojlanishi bilan qonuniy boglangan;
• oliy o'quv yurtidagi oiquv jarayoni tashqi sharoitga ham qonuniy bogliq;
• oliy o‘quv yurtidagi otqitish va o'rgatish jarayonlari yaxlit oiqitish jarayoni bilan, muayyan ta’lim mazmuni bilan, ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil etadi
• talabani i yoki bu faoliyatga oirgatish uni shu faoliyatga, maqsadga muvofiq jalb qilish orqali amalga oshiriladi;
• oiqitish maqsadi va oliy oiquv yurti ta ’lim mazmuni, oiqitish metodlari va shakllari oirtasida qonuniy bogliqlik mavjud;
• oiquv jarayoni talaba maqsadlarining o‘qituvchi maqsadlariga muvofiq kelgani taqdiridagina davom etadi.
Bunda o'qituvchi faoliyati o‘‘zJashtirilishi lozim bo`lgan mazmunga mos bo`lishi shart;
• ta’lim mazmunining o'zlashtirilish surati va mustahkamligi o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`gan o‘quv faoliyatiga talabalarning bilishga bo`lgan qiziqishini ta’minlash bilan proporsionaldir;
• o`qitish va rivojlantirishning muvaffaqiyatliligi va tezligi talabani o`zlashtirishi mumkin bo`gan o‘quv-bilish jarayoniga jalb qilinishiga bogliq;
• anglab olingan o‘quv materiali mazmunining mustahkamligi ushbu mazmunni doimo to`liq va qisman takrorlashdan hamda, uni avval o'zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritishdan ko'ra muhimdir.
0‘quv jarayoni qonuniyatlarini asoslash yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan nazariy bilimlar o‘quv jarayonini kelgusidagi takomillashishiga xizmat qilishi lozim. Buning uchun esa o‘qitishning ilmiy tavsifidan uni loyihalashga, ya’ni nazariyadan amaliyotga o‘tkazish lozim bo‘ladi. 0‘quv jarayonida bilish qonuniyatlaridan qanday foydalanish mumkin? Buning uchun didaktik tamoyillarga amal qilish zarur. Didaktik tamoyillar. Bu idrok qilingan didaktik qonuniyatlaming metodologik in'ikosi; bu — amaliyotning doimiy meyori sifatida foydalanishga monelik qilmaydigan shakldagi o‘qitishning maqsadi, mohiyati, mazmuni, tuzilmasi to‘g‘risidagi bilim. Demak, oliy maktabdagi o‘qitish nazariyasining didaktik qonuniyatlari tizimiga o‘quv jarayonini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo‘lgan asosiy qoidalar sifatida qatnashadigan didaktik tamoyillar tizimi muvofiq keladi. Didaktik tamoyillar V.I. Zagvyazinskiy, L.I. Grisenko, M.A. Danilov, I.I. Kobilyaskiy, M.G. Garunovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 0‘qitishning tamoyillarini asoslashda oliy maktab didaktikasi quyidagilami nazaida tutadi:
• jamiyat talablariga muvofiq keluvchi o‘qitishning maqsadi;
• o‘qitishning obektiv qonuniyatlari;
• o‘quv jaiayoni borishining konkret sharoiti.
Oliy maktab didaktikasi o‘qitish tamoyillarini asoslashga turlicha yondashuvlar mavjud. Ular quyidagilar:
• o‘quv ishlarini ilmiy ishlarga yaqinlashtirish;
• mustaqil o‘qish — bilish faoliyatida talabalaming yuqori faolligini ta’minlash.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
• asosiy didaktik tamoyillar maktab va oliy maktab uchun umumiy bo‘lsa-da, ularga maktabda va oliy maktabda amal qilish faiqlidir;
• oliy maktab sharoitida amal qiladigan maxsus tamoyillar ham mavjud.
Shunday qilib, oliy maktab didaktik tamoyillari tizimini yaratishda unga xos bo‘lgan o‘qitishning umumiy qonuniyatlari bilan birga umuman o‘qitish nazariyasining qoidalarini ham hisobga olish zarur. Oliy maktab amaliyotida qanday didaktik tamoyillar amalga oshiriladi:
Oliy maktabdagi didaktik tamoyillar tizimiga quyidagilar kiradi: ilmiylik, qulaylik, izchillik, uzviylik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, onglilik, faollik va mustaqillik, ko‘rgazmalilik, mustahkamlik, guruh qilib o‘qitish hamda unda individual yondashishni qo‘shib olib borish, o‘qitishning tarbiyalovchi va takomillashtiruvchi xarakteri, o‘qitishning kasbiy yo‘naltirilganligi.

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin