1-rasm. Elektron ta’lim metodikasi sxemasi
Moodle platformasi
resurslarni loyihalash, yaratish va boshqarishga ruxsat
beradi. Platforma interfeysi dasturlashtirish va ma’lumotlar bazasini boshqarish
sohasi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar ishlashi uchun ham
qulay imkoniyatlarni taqdim etadi va tushunarli tarzda ishlab chiqilgan. O‘qituvchi
mustaqil holda tizimda masofali kurs yaratishi va uni boshqarishi mumkin. Bundan
tashqari, pedagogik jarayonda o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kursning
resurslari
va
elementlarini
boshqarish
uchun
ma’lumotlarni kiritishga
ko‘maklashuvchi WYSIWYG HTML-muharriri ishlatiladi.
Bu muharrir orqali
matn, jadval, sxema, rasm, audio, video, flesh ma’lumotlarni masofali kursga tez va
oson joylashtirish mumkin.
Moodle platformasida administrator tomonidan ro‘yxatdan o‘tganidan keyin
talabalar masofali o‘quv kurslari o‘qituvchilari tomonidan o‘z kurslariga ro‘yxatga
olinishlari kerak. Shundan keyin talabalar o‘quv va uslubiy materiallar bilan
to‘ldirilgan masofali kurslarga kirish huquqiga ega bo‘lishadi. Moodle platformasi
talabaga o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ta’lim olish imkonini beradigan
vositalarga ega.
Talabalar birinchi marta Moodle platoformasida ishlashni boshlashganda,
avvalo kurs strukturasi
bilan tanishtiriladi, uslubiy ko‘rsatmalar taqdim etiladi,
ishlash tartibi, topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan talablar o‘rgatiladi. O‘qituvchi
talabalarga Moodle platoformasida ishlash tartibi haqida tushuncha beradi. Masofali
kursda har bir nazariy materialdan keyin talabalar topshiriqlar, testlar asosida
baholanadi.
Moodle platformasida nazariy materiallar “Leksiya” elementi yordamida
beriladi. Bunda sahifalar ketma-ketligi nazariy materiallar
va savolli sahifalar
tarzida beriladi. Sahifadan sahifaga o‘tish o‘qituvchi tomonidan oldindan
aniqlanadi. Ma’ruza materialini ishlab chiqishda ma’ruzalar va topshiriqlar uzviy
ketma-ketlikda beriladi.
Ma’ruza yakunida talabalar o‘tilgan o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun test
topshiradilar. Bunday testlarni bajarish uchun noto‘g‘ri javoblarga shtraf bermagan
holda cheksiz urinishlar beriladi. Test natijalari baholar jurnalida qayd etiladi, ammo
reytingni hisoblashda hisobga olinmaydi. Yangi material bilan tanishish orqali
bajariladigan ishlarning asosini shakllantirish kerak. Shuning uchun tizimda
talabalar bilimini tekshirish uchun ularga topshiriqlar beriladi.
Buning uchun
“Topshiriq” va “Test” elementlari ishlatiladi. Bu elementlar talabalarni individual
holda yangi materialni qay tarzda egallaganliklarini tekshirishga ruxsat beradi.
Talabalarga “Topshiriq” elementi orqali amaliy topshiriqlar berib boriladi.
Bajarilgan topshiriqni talaba serverga yuklaydi, o‘qituvchi topshiriqni o‘zi tekshirib,
baholaydi yoki talabaga topshiriqni qayta bajarishi uchun qaytarib yuboradi. Talaba
topshiriqni qoniqarli bajarsa, keyingi ma’ruzaga o‘tish uchun ruxsat beriladi.
Kurs yakunida talaba “Test” elementi orqali nazorat testini topshiradi va test
yakunida test natijasi beriladi. Bu esa test nazoratining shaffofligi va ochiqligini
ta’minlaydi. Moodle platormasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida interaktivlikni amalga
oshirish uchun kursda turli forum va chatlar qo‘llaniladi. Talabalar o‘qituvchi
tomonidan berilgan masalalarni hal qilishi hamda mustaqil tarzda masalaga oid
materialni izlab topishi uchun kerakli havolalarga o‘tishini ta’minlash maqsadida
Moodle platformasida “Giperssыlka” resursidan foydalaniladi.
Talabalar va o‘qituvchi o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash talabalarning
faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni doimo nazorat qilishga ruxsat beradi.
Teskari aloqa mexanizmi ta’limning har bir bosqichi bo‘yicha maqsad va vazifalarni
tekshirishga yo‘naltirilgan. Teskari
aloqa ixtiyoriy shaklda, shu jumladan (joriy,
oraliq, yakuniy) nazorat testi, munozara, telekonferensiya kabi shakllarda ham
amalga oshirilishi mumkin.
Moodle platformasida bilimlarni baholash uchun modulli-reyting tizimi
ishlatiladi, bu tizim talabalar bilimini baholash, materiallarni mustaqil izlab topish
ko‘nikmalarini
shakllantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish imkonini
beradi. Nomutaxassislik yo‘nalishlarida baholashning modulli-reyting tizimini
shakllantirishda quyidagi asosiy xususiyatlar e’tiborga olinadi: kursni modulli
tartiblash; kurs/modul bo‘yicha nazorat ishlarini shakllantirish;
ball-reytingli
shkalani aniqlash; talabalarga baholash chegarasi, nazorat ishini topshirish
muddati, ballarni yakuniy bahoga o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumot berish; baholar
jurnalini ko‘rish. Bunda kurs davomida talabalar bajargan ishlari uchun baholanadi.
Yuqoridagilar asosida shuni aytish mumkin-ki, oliy ta’limda
axborot
texnologiyalarini ishlatish va shu asosda ta’lim jarayonini tashkillashtirishning turli
ko‘rinishlari, shakllari va usullarini rivojlantirish asosida elektron ta’lim tizimida
ta’lim jarayonini tashkil etishning muhim jihatlari va ta’lim tizimi arxitekturasi
o‘rganilgan holda elektron ta’lim sohasini tashkil etishda o‘qituvchilar faoliyati,
elektron ta’limning didaktik tamoyillari tashkillashtirildi. Elektron ta’lim jarayonida
kurs strukturasini qurishda Elektron ta’limda masofali kursni muvaffaqiyatli ishlab
chiqishda Moodle platformasiga qo‘yiladigan asosiy talablar va kurs strukturasining
asosiy imkoniyatlari o‘rganilgan holda Moodle platformasi uchun elektron ta’lim
metodikasi ishlab chiqildi.