1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


Elektron platformalar va ularda ishlash



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-Maruza (2)

Elektron platformalar va ularda ishlash 
Oliy ta’lim yangi axborot texnologiyalarini ishlatish asosida ta’limning turli 
ko‘rinishlari, shakllari va usullarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni taqdim 
etmoqda. Shularni hisobga olgan holda elektron ta’lim tizimida ta’lim jarayonini 
tashkil etish aniq tayyorgarlikni talab etadi, ya’ni zaruriy ta’lim darajasiga va 
moddiy-texnik ta’minotga ega bo‘lishni talab etadi. 
Elektron ta’limni shakllantirishda Moodle platformasi katta ahamiyatga ega. 
Moodle platformasining asosiga L.S.Vigotskiy, Djon Dyui, Jan Piaje, Ernst fon 


Glazerfeld kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar qo‘yilgan. Bu 
tamoyillar asosida Martin Dujiamas (Martin Dougiamas) (Moodle ta’limni 
boshqarish tizimini yaratish bo‘yicha loyiha muallifi va boshlig‘i) umumiy “ijtimoiy 
konstruktivizm” (inson faoliyatida ijtimoiy voqelikning ijtimoiy-psixologik qurilishi 
jarayonlarini o‘rganadigan sotsiologik va psixologik nazariya) nomi ostida tizim 
asosiga yotqizilgan besh tamoyilni shakllantirdi. Bu tamoyillarni hisobga olib, 
elektron ta’limning ta’lim sub’ektlari, ular orasidagi aloqa tizimlari va ta’lim 
jarayoni amalga oshadigan soha kabi asosiy komponentalarini ko‘rib chiqish 
mumkin. Elektron ta’lim modeli asosiy komponent sifatida axborotni maxsus 
axborot va ta’lim muhitida (virtual) uzatishni nazarda tutadi. Sohaning o‘ziga xosligi 
o‘quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlariga tubdan ta’sir qiladi: o‘quv 
motivatsiyasi, o‘quv holati, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash. 
O‘quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlari birinchi navbatda Moodle 
platformasi orqali o‘qituvchi-talaba munosabatlarining ko‘rinishi hisoblanadi. 
Elektron ta’limda masofali kursning muvaffaqiyati ko‘p hollarda o‘quv 
materialini to‘g‘ri tashkillashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Agar masofali kurs o‘qitishga 
yo‘naltirilgan bo‘lsa, u holda kurs uchun zarur bo‘lgan materiallarni to‘plash, 
saralash va joylashtirish ko‘p hollarda o‘qituvchi va talaba hamkorligi asosida 
tashkillashtiriladi va bu kurs tarkibiy qismining didaktik xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Masofali kursni yaratish talabalarda mustaqil ravishda bilim olish 
qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Bunday holda, o‘qituvchi o‘quv 
jarayonini boshqarishi va olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilishi 
kerak. 
Masofali kurs uchun o‘quv materialini tayyorlash vositalari o‘quv rejaga 
muvofiq ravishda tanlanadi. 
Moodle platformasi uchun kurs strukturasi quyidagi elementlardan iborat 
bo‘lishi kerak: 
1. 
Motivatsiya bloki samarali kognitiv faoliyatga, asosiy tarkibni faol 
o‘zlashtirishga qiziqishni rag‘batlantiradi. Motivatsiya – masofali kursning zarur 
qismi bo‘lib, butun ta’lim jarayoni davomida saqlanib turishi kerak. Bu yerda katta 


e’tibor talabalarga qo‘yilgan aniq maqsadga qaratiladi. Agar qo‘yilgan masala 
darajasi talaba tayyorgarligi darajasiga mos kelmasa, motivatsiya yo‘qoladi. 
2. 
Yo‘riqnoma bloki o‘quv jarayoni qatnashchilari uchun muhim bo‘lgan 
yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalar, normativ hujjatlar, anketa natijalari, 
masofali kurs jadvalidan (kurs bo‘limlari, topshiriqlar, testlar, mustaqil ishlar) iborat 
bo‘lib, aniq, tushunarli tarzda berilishi kerak. 
3. 
Axborot bloki o‘z ichiga bosma darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, elektron 
darsliklar va uslubiy ko‘rsatmalar, laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish uchun 
topshiriqlar, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, kurs bo‘yicha qo‘shimcha 
materiallarni oladi. Moodle platformasida bu blokda ma’lumotlarni joylashtirish 
uchun ma’ruza, glossariy, Flash Video, Scorm paketi kabi elementlar va veb-sahifa, 
giperhavola kabi resurslar mavjud. 
4. 
Nazorat bloki o‘quv jarayonini nazorat qiluvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga 
oladi: joriy, oraliq va yakuniy nazorat testlari, mustaqil ishlash uchun savollar, 
mavzular yuzasidan nazorat topshiriqlari. Bunda nazorat ishlari talabaning masofali 
kursdagi ta’lim resurslarini o‘zlashtirishini nazorat qilish, mustaqil ishlash 
ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim omil hisoblanadi. 
5. 
Kommunikativ va konsultatsiya bloki o‘zida masofali kurs talabalarining 
o‘qituvchi bilan interaktiv muloqotini tasvirlaydi. Moodle platformasida 
o‘qituvchi va talaba o‘rtasida interaktiv aloqani amalga oshirish uchun ma’ruza, 
forum, chat kabi vositalar mavjud. Konsultatsiya individual yoki guruh tarzida 
amalga oshirilishi mumkin (bir vaqtning o‘zida 5-7 kishi). Ular real tarzda (chat, 
ICQ, Skype, vebinar) va asinxron tarzda (elektron pochta, forum, e’lonlar) bo‘lishi 
mumkin. 
Yuqoridagilarga ko‘ra, masofali kursni tushunarli va tizimli tarzda shakllanishi 
birinchi navbatda, o‘qituvchining pedagogik va kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. 
Masofali kurs uchun o‘quv materialini tayyorlash vositalari o‘quv rejaga muvofiq 
ravishda tanlanadi. Buni quyidagi sxemada ko‘rish mumkin: 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin