1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


-rasm. Elektron ta’lim metodikasi sxemasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1-Maruza (2)

1-rasm. Elektron ta’lim metodikasi sxemasi 
 
Moodle platformasi resurslarni loyihalash, yaratish va boshqarishga ruxsat 
beradi. Platforma interfeysi dasturlashtirish va ma’lumotlar bazasini boshqarish 
sohasi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar ishlashi uchun ham 
qulay imkoniyatlarni taqdim etadi va tushunarli tarzda ishlab chiqilgan. O‘qituvchi 
mustaqil holda tizimda masofali kurs yaratishi va uni boshqarishi mumkin. Bundan 
tashqari, pedagogik jarayonda o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kursning 
resurslari 
va 
elementlarini 
boshqarish 
uchun 
ma’lumotlarni kiritishga 
ko‘maklashuvchi WYSIWYG HTML-muharriri ishlatiladi. Bu muharrir orqali 
matn, jadval, sxema, rasm, audio, video, flesh ma’lumotlarni masofali kursga tez va 
oson joylashtirish mumkin. 
Moodle platformasida administrator tomonidan ro‘yxatdan o‘tganidan keyin 
talabalar masofali o‘quv kurslari o‘qituvchilari tomonidan o‘z kurslariga ro‘yxatga 
olinishlari kerak. Shundan keyin talabalar o‘quv va uslubiy materiallar bilan 
to‘ldirilgan masofali kurslarga kirish huquqiga ega bo‘lishadi. Moodle platformasi 
talabaga o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ta’lim olish imkonini beradigan 
vositalarga ega. 
Talabalar birinchi marta Moodle platoformasida ishlashni boshlashganda, 
avvalo kurs strukturasi bilan tanishtiriladi, uslubiy ko‘rsatmalar taqdim etiladi, 
ishlash tartibi, topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan talablar o‘rgatiladi. O‘qituvchi 
talabalarga Moodle platoformasida ishlash tartibi haqida tushuncha beradi. Masofali 


kursda har bir nazariy materialdan keyin talabalar topshiriqlar, testlar asosida 
baholanadi. 
Moodle platformasida nazariy materiallar “Leksiya” elementi yordamida 
beriladi. Bunda sahifalar ketma-ketligi nazariy materiallar va savolli sahifalar 
tarzida beriladi. Sahifadan sahifaga o‘tish o‘qituvchi tomonidan oldindan 
aniqlanadi. Ma’ruza materialini ishlab chiqishda ma’ruzalar va topshiriqlar uzviy 
ketma-ketlikda beriladi. 
Ma’ruza yakunida talabalar o‘tilgan o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun test 
topshiradilar. Bunday testlarni bajarish uchun noto‘g‘ri javoblarga shtraf bermagan 
holda cheksiz urinishlar beriladi. Test natijalari baholar jurnalida qayd etiladi, ammo 
reytingni hisoblashda hisobga olinmaydi. Yangi material bilan tanishish orqali 
bajariladigan ishlarning asosini shakllantirish kerak. Shuning uchun tizimda 
talabalar bilimini tekshirish uchun ularga topshiriqlar beriladi. Buning uchun 
“Topshiriq” va “Test” elementlari ishlatiladi. Bu elementlar talabalarni individual 
holda yangi materialni qay tarzda egallaganliklarini tekshirishga ruxsat beradi. 
Talabalarga “Topshiriq” elementi orqali amaliy topshiriqlar berib boriladi. 
Bajarilgan topshiriqni talaba serverga yuklaydi, o‘qituvchi topshiriqni o‘zi tekshirib, 
baholaydi yoki talabaga topshiriqni qayta bajarishi uchun qaytarib yuboradi. Talaba 
topshiriqni qoniqarli bajarsa, keyingi ma’ruzaga o‘tish uchun ruxsat beriladi. 
Kurs yakunida talaba “Test” elementi orqali nazorat testini topshiradi va test 
yakunida test natijasi beriladi. Bu esa test nazoratining shaffofligi va ochiqligini 
ta’minlaydi. Moodle platormasi o‘qituvchi va talaba o‘rtasida interaktivlikni amalga 
oshirish uchun kursda turli forum va chatlar qo‘llaniladi. Talabalar o‘qituvchi 
tomonidan berilgan masalalarni hal qilishi hamda mustaqil tarzda masalaga oid 
materialni izlab topishi uchun kerakli havolalarga o‘tishini ta’minlash maqsadida 
Moodle platformasida “Giperssыlka” resursidan foydalaniladi. 
Talabalar va o‘qituvchi o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash talabalarning 
faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni doimo nazorat qilishga ruxsat beradi. 
Teskari aloqa mexanizmi ta’limning har bir bosqichi bo‘yicha maqsad va vazifalarni 
tekshirishga yo‘naltirilgan. Teskari aloqa ixtiyoriy shaklda, shu jumladan (joriy, 


oraliq, yakuniy) nazorat testi, munozara, telekonferensiya kabi shakllarda ham 
amalga oshirilishi mumkin. 
Moodle platformasida bilimlarni baholash uchun modulli-reyting tizimi 
ishlatiladi, bu tizim talabalar bilimini baholash, materiallarni mustaqil izlab topish 
ko‘nikmalarini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish imkonini 
beradi. Nomutaxassislik yo‘nalishlarida baholashning modulli-reyting tizimini 
shakllantirishda quyidagi asosiy xususiyatlar e’tiborga olinadi: kursni modulli 
tartiblash; kurs/modul bo‘yicha nazorat ishlarini shakllantirish; ball-reytingli 
shkalani aniqlash; talabalarga baholash chegarasi, nazorat ishini topshirish 
muddati, ballarni yakuniy bahoga o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumot berish; baholar 
jurnalini ko‘rish. Bunda kurs davomida talabalar bajargan ishlari uchun baholanadi. 
Yuqoridagilar asosida shuni aytish mumkin-ki, oliy ta’limda axborot 
texnologiyalarini ishlatish va shu asosda ta’lim jarayonini tashkillashtirishning turli 
ko‘rinishlari, shakllari va usullarini rivojlantirish asosida elektron ta’lim tizimida 
ta’lim jarayonini tashkil etishning muhim jihatlari va ta’lim tizimi arxitekturasi 
o‘rganilgan holda elektron ta’lim sohasini tashkil etishda o‘qituvchilar faoliyati, 
elektron ta’limning didaktik tamoyillari tashkillashtirildi. Elektron ta’lim jarayonida 
kurs strukturasini qurishda Elektron ta’limda masofali kursni muvaffaqiyatli ishlab 
chiqishda Moodle platformasiga qo‘yiladigan asosiy talablar va kurs strukturasining 
asosiy imkoniyatlari o‘rganilgan holda Moodle platformasi uchun elektron ta’lim 
metodikasi ishlab chiqildi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin