2.O’rta Osiyo va Qozog’istonning neolit va bronza davri paleoantropologiyasi Kavkazda bo’lgani kabi O’rta Osiyoda ham neolit va eneolit bronza davrlariga oid ma’lumotlarni alohida ko’rib chiqish imkoni mavjud (qarang: rasm. 7). Ammo ancha qadimgi materiallar bu hududda yakkam dukkam namoyon bo’ladi. Ularni xarakteristikasiga o’tishdan avval Machay g’oridan topilgan ikkita bosh chanog’i haqida to’xtalish lozim (O’zbekistonning janubi), yodgorlik arxeologik jihatdan so’nggi paleolitdan mezolit davriga o’tish yoki mezolit davri bilan sanalangan. Baxtga qarshi, ushbu bosh chanoqlari hyech qachon o’lchanmagan va hozirda yo’qolgan. 1942 yilda ushbu chanoqlarni ko’rgan M. M. Gerasimov va V. V. Ginzburglarning xabar berishicha, ularning dolixokranligi va yevropeoid tipiga oidligi, garchi bosh chanoqlarining yuz qismlari saqlanmagan bo’lsada, ta’kidlanadi. Shuning uchun ushbu bosh chanoqlarining irqiy xosligi isbotlanishi mavhumligicha qoladi.
Neolit davriga oid topilmalar O’rta Osiyoning 4 ta rayonidan: Orolbo’yining janubiy viloyatlaridan, Turkmanistonning janubiy viloyatlaridan (jaytun dehqonchilik madaniyati), Tojikistonning g’arbiy rayonlaridan (hisor chorvachilik madaniyati) va Qozog’istonning sharqiy rayonlaridan (ovchi, baliqchi va chorvadorlarning kaltaminor madaniyati) topilgan. Orolbo’yidan topilgan materiallar T. A. Trofimova tomonidan nashr ettirilgan (1979), Turkmanistondagi materiallar — V. V. Ginzburg va T. A. Trofimova (1972), Tojikiston materiallari — T. P. Kiyatkina tomonidan (Kiyatkina, Ranov, 1971), Qozog’iston materiallari esa — V. V. Ginzburg (1956, 1963) tomonidan o’rganilgan. Topilgan barcha bosh chanoqlari er.av. V va IV ming yilliklarning boshlariga oid, Orolbo’yidan topilgan kaltaminorga oid bosh chanoqlari seriyasi bundanda kechkiroq bo’lishi mumkin (jadval 5).
Ushbu topilmalar orasida Sharqiy Qozog’istondan topilgan 2 dona bosh chanog’i katta qiziqish uyg’otadi, ulardan biri neolit, ikkinchisi esa, aftidan, eneolit davrlariga oid. Ular keng yuzli, ancha bo’rtib chiqqan burun suyaklariga, kalta va biroz yassi yuz skeletiga ega. V. V. Ginzburg, aftidan, to’liq asos bilan ularni kromanon xususiyatlariga ega protomorf yevropoidlar deb hisoblaydi. Ushbu tashxiz o’zini oqlagan ko’rinadi, negaki, ushbu hududda keyingi davrlarda ham shunga o’xshash antropologik ko’rinishdagi aholi istiqomat qilganligi aniqlangan.
Bu davrga oid boshqa bosh chanoqlarining barchasi o’ta tor yuzli va grasil. Ularga ko’plab analogiyalar O’rtayer dengizi neolit davri qabrlarida uchraydi. Monjuklitepedan topilgan ikkita bosh chanog’i bundan mustasno, chunki ular o’ta keng yuzliligi bilan ajralib turadi, biroq yuzlari kalta. Ushbu materialni ta’riflagan mualliflar V. V. Ginzburg va T. A. Trofimovalar shu asosda Turkmaniston aholisining sharqiy guruhini g’arbiy guruhi bilan qarama qarshi qo’yish tarafdoridirlar. Ushbu argumentni Monjuklitepedan topilgan ayol bosh chanog’ining spesifik xususiyatlari: kuchli umumiy, kuchli va alveolyar prognatizm, burun suyaklarining zaif bo’rtganligi, baland burunligkdan dalolat beruvchi keng noksimon teshiklari ham tasdiqlaydi. Ushbu barcha xususiyatlar u yoki bu darajada Janubiy Hindistondagi chanoqlar seriyalarida namoyon bo’ladi.
va shuning uchun bunday belgilar kompleksining mavjudligiga ko’ra Janubiy Turkmaniston neolit davri aholisi tarkibida janubiy aloqalar mavjudligi haqida gapirish imkonini beradi. Janubda keng yuzli shakllar ham mavjud va ular dasht zonalarining protoyevropoid aholisi bilan genetik jihatdan bog’liq emas. Hisor madaniyati bosh chanoqlarini T. P. Kiyatkina nodifferensiyalashgan yevroafrika kompleksiga oid deb topgan. Faqat unutmaslik kerakki, gap ayrim topilmalar xususida ketadi va genetik ma’nodagi morfologik xususiyatlar haqida gapirishga juda ehtiyot bo’lish kerak.
Bronza davriga o’tar ekanmiz, Janubiy Turkmanistondan, Xorazmdan, Janubiy Tojikistondan va Qozog’istondan ko’plab materiallar topilganligini ta’kidlash lozim. O’zbekiston hududida bu davrga oid materiallar yaqingacha faqat ayrim bosh chanoqlaridan iborat edi. Biroq keyingi yillarda Janubiy O’zbekistondagi Sapallitepa (Xodjayev, 1977) va Jarqo’ton (Alekseyev, Xalilov, Xodjayev, 1983; tabl. 6—7; ris. 9) qabrlaridan ko’plab materiallar aniqlangan. Qoradepe, Geoksyur, Xapuzdepe, Oltindepe kabi yodgorliklardan qabristonlarning seriyalari (Janubiy Turkmaniston) V. V. Ginzburg va T. A. Trofimovalar tomonidan o’rganilgan (Trofimova, Ginzburg, 1961; Ginzburg, Trofimova, 1972; Kiyatkina, 1974, 1977; Masson, Kiyatkina, 1976). Ushbu guruhga Anaudan topilgan bosh chanoqlari — O’rta Osiyo hududidan topilgan bronza davriga oid dastlabki chanoqlar seriyasi J. Serji (Sergi, 1908) tomonidan o’rganilgan. Janubiy Tojikistondan topilgan materiallarning barchasi T. P. Kiyatkina tomonidan o’rganilgan (1976). T. A. Trofimova (1961) Janubiy Orolbo’yidan topilgan tozabog’yob madaniyatiga oid Ko’kcha 3 qabristonidan olingan bosh chanoqlar seriyasini to’liq o’rgangan. Zarafshon vohasi va Farg’ona vodiysidan topilgan ayrim bosh chanoqlari bir nechta mualliflar tomonidan tadqiq qilingan (Ginzburg, Trofimova, 1972). Va nihoyat, Qozog’iston hududidagi andronovo madaniyatiga oid keng paleoantropologik ma’lumotlar bir qator mualliflar — M. I. Komarova, G. F. Debes, V. V. Ginzburg, O. Ismagulov va V. P. Alekseyevlar tomonidan o’rganilgan (bibliografiya: Alekseyev, 1967).
Janubiy Turkmanistondagi kraniologik variant bosh chanog’i hajmining juda yirikligi, tor va uzun yuz skeletlari, ortognat va keskin profillashganligi bilan ajralib turadi. Burni nisbatan tor va kuchli bo’rtib chiqqan. Umuman bu kompleks qadimgi davrlarda O’rtayer dengizining sharqiy rayonlarida keng tarqalgan komplekslarga yaqin. Shu o’rinda Xapuzdepedan topilgan erkak chanoqlar keng yuzliligi bilan ajralib turadi. Biroq bu holat bu yerdagi ayollar bosh chanoqlarida kuzatilmaydi. Oltindepedan topilgan bosh chanoqlarida mezokraniya tendensiyasi kuzatilganlari ham mavjud, shu vaqtning o’zida qolgan bosh chanoq seriyalarida keskin dolixokranlilik kuzatiladi.
Qoradepe va Geoksyur qabristonlaridan topilgan materiallarning ko’p sonliligi ushbu qabristonlarni qoldirib ketgan aholining sinxron va diaxronligini ko’rsatish imkonini beradi. Birinchi holatda gap diaxron
turlilik — Qoradepening yuqori qatlami quyi qatlamdagilarga nisbatan anchayin keng yuzli va yirik aholini berdi. Ikkinchi holatda turlichalik sinxron — Geoksyurning o’ralaridan va toloslaridan topilgan bosh chanoqlari yuz kengliklari bo’yicha ham farq qiladi. V. V. Ginzburg va T. A. Trofimovalar bu yerdagi o’ralarga ko’mgan aholining Qoradepe guruhi bilan aloqada bo’lganliklarini taxmin qiladilar va bu bosh chanoqlarining yirik hajmdaligi bilan ham tasdiqlanadi. Qoradepening yuqori va quyi qatlamlari o’rtasidagi tafovutlar Eronning markaziy rayonlaridan yangi ko’chib kelgan aholi hisobiga ro’y bergan bo’lishi mumkin: Sialk qabristoni ham (Vallois, 1939) belgilarning Qoradepedagiga o’xshash kombinasiyasini beradi.
Janubiy Tojikiston qabristonlaridagi kraniologik seriyalar, mas. Tulxar (ushbu ko’p qatlamli qabristondagi bronza davriga oid qabrlar haqida boradi), Tigrovaya Balka I va Makoni-Mor er.av II ming yilliklar, ya’ni Jaubiy Turkmanistondagiga nisbatan ancha keyingi davrlarga oid. Bosh chanoqlarini hajmlari ancha kichik va T. P. Kiyatkinaning (1968, 1974, 1976) ularni Pokistondagi Timargarxa qabristoni (Bernhard, 1967) bilan analogiya qilishi aftidan to’g’ri. Tulxardan topilgan bosh chanoqlari nafaqat keng yuzliligi, balki uzun yuzligi bilan ham ajralib turadi, shuning uchun ularga ishonchli analogiya topish qiyin: kromanon xususiyatli massiv protomorf seriyalar odatda kalta yuzli. Ehtimol, qandaydir mahalliy maturizasiya haqida gapirish o’rinli bo’ladi.
Janubiy O’zbekistondan topilgan bosh chanoqlari seriyalari Janubiy Tojikiston materiallari bilan taxminan sinxron. Umuman, ayrim individual variasiyalarni hisobga olmaganda Sopollitepe qabristonida o’xshash kraniologik variant: nisbatan yirik boshli va tor yuzli yevropoid tiplar topilgan. Biroq Jarqo’tondagi bosh chanoqlar ancha keng yuzli va massiv ko’rinishga ega. Qadimgi Xorazm hududiga o’tar ekanmiz va Ko’kcha 3 qabristoni paleoantropologik materiallarini ko’rib chiqar ekanmiz, biz bu yerda ham u yoki bu darajada o’xshash belgili komplekslarga duch kelamiz. Bu — keng yuzli va nisbatan kalta yuzli mezokran seriyalar bo’lib, morfologik jihatdag shubhasiz, dasht hududlarning protomorf kromanonsimon shakllariga o’xshashdir. T. A. Trofimova (1961) ayrim bosh chanoqlarini ko’rib chiqar ekan, ushbu seriyalarda janubiy qorishuvning mavjudligini va boshqa analogiyalardan tashqari, Moxendjo-Darodagi protoastraloid bosh chanoqlari ham mavjudligini isbotladi. Boshqa antropologlar ushbu bosh chanoqlari morfologik variasiyalarining protoavstraloidlarga oidligiga skeptik nuqtai nazardan qarashdi (Debes, 1951; Alekseyev, 1964). Individual variasiyalarning turli tumanligi sharoitida ularning irqiy komplekslar bilan mos kelishi ehtimoli katta va bunday analogiyalar yordamida aralashuvlarni aniqlashda esdan chiqarmaslik kerak.
O’rta Osiyoning shimoliy dasht rayonlari andronovo aholisi bilan to’liq egallangan, bronza davrda ular bir xil shaklda bo’lgan. Ularning janubiy porpost qismi bo’lgan Ko’kcha 3 qabristonini qoldirib ketgan aholi hisoblanadi. Bu aholi Janubiy Sibir hududlariga ham kirib borgan. Arealda hududiy variasiyalar shubhasiz mavjud bo’lgan, biroq ular aniqlanmagan hamda aniq morfologik o’xshashliklarga ega emas. Uralbo’yi va G’arbiy Qozog’iston aholi guruhlari bundan mustasno. Tasti-Butak va Xabarnoye qabristonlari nisbatan kalta yuzli va grasial seriyalarni berdi. Oxirgi dalil turli taloqinlarga sabab bo’ldi. Tasti-Butak qabridan topilgan bosh chanog’ini o’rgangan V. V. Ginzburg (1962) ning hisoblashicha, ularning kalta yuzliligi O’rta Osiyoning janubiy rayonlari bilan aloqalarini ko’rsatadi. Xabarnoye qabristonidan topilgan bosh chanoqlari seriyasini o’rgangan V. P. Alekseyevning (1964a) ta’kidlashicha, bu yerda quyi Volgabo’yi aholisi bilan aralashuv sodir bo’lgan, chunki u yerda ham qirqma (srubnoy) madaniyatiga mansub kalta yuzli aholi yashagan. Bu fikrni arxeologik kuzatuvlar ham tasdiqlaydi va ular qirqma madaniyat va G’arbiy Qozog’istondagi andronovo madaniyati sohiblarining ko’plab aloqalari haqida guvohlik beradi.