1-Mavzu: Tarixiy antropologiyaga kirish. Reja


Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini o’rganishning o’ziga xos jihatlari



Yüklə 459,71 Kb.
səhifə2/39
tarix23.06.2023
ölçüsü459,71 Kb.
#134541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
O`rta Osiyoning tarixiy antrapologiyasi

Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini o’rganishning o’ziga xos jihatlari.

Antropologiyaning ilmiy o’rganish bo’limi umumiy antropologiya yoki «to’rt dala» antropologiyasi deb nomlangan bo’lib to’rt yo’nalishdagi bo’limlarni o’z ichiga oladi. Bular: ijtimoiy-madaniy, arxeologik, biologik va lingvistik antropologiya. (Shu yerdan boshlab ijtimoiy-
madaniy antropologiya qisqacha madaniy antropologiya deb ataladi).
Antropologiyani o’rganish qismlaridan biri bo’lgan madaniy antropologiya eng yirik bo’limni tashkil qiladi. Antropologiyani o’rgatish bo’limlarining ko’pchiligida o’quv rejasiga yuqorida nomlari zikr etilgan to’rtala bo’lim ham kiritilgan.
Bir fanga to’rt yo’nalish kiritilishining tarixiy sabablari bor. Shimoliy Amerikaning mahalliy xalqlari madaniyati va tarixiga bo’lgan qiziqish natijasida bir asrdan oshiqroq vaqt oldin Amerika antropologiyasi yuzaga keladi. Mahalliy amerikaliklarning kelib chiqishi va bir-birlaridan farqli tomonlariga bo’lgan qiziqish ularning madaniyati, marosimlari, ijtimoiy hayoti, tili va jismoniy jihatlarini o’rganishga sabab bo’ldi. Antropologlar hozir ham mahalliy amerikaliklarning kelib chiqishi va Yangi dunyoga qanday ko’chishlar silsilasi natijasida kelib qolganliklari xususida bosh qotirmoqdalar. Ularni o’ylantirib kelayotgan savollardan yana biri mahalliy amerikaliklarning bir-birlari bilan va osiyoliklar bilan qanday lingvistik, madaniy va biologik bog’liqliklar mavjudligi masalasidir. Nomlari ko’rsatib o’tilgan bo’limlarning kiritilish sabablari qatoriga biologiya (masalan irq) va madaniyat o’rtasidagk bog’liqlikka bo’lgan qiziqish deb aytish ham mumkin. Bundan ellik yil oldin antropolog Rut Benedikt dunyo tarixida bir madaniyatning shakllanishida turli irq vakillari ishtirok etishini va birgina irq yoki birgina madaniyat doirasiga taalluqli bo’lmasligi mumkinligini ta’kidlab o’tgan. Ilmiy til bilan aytganda, madaniyat irq faoliyatini aks ettirmaydi.
Antropologiyaning madaniy va biologik qirralari tutashadigan yana bir jihat irq va aqliy rivojlanganlik ko’rsatkichi o’rtasidagi bog’liqlik masalasidir. Aqlning biologik asoslari borasida, shuningdek, irq, sinf va jinslar o’rtasidagi intellektual farqlar xususida aniq bir dalshia ega emasmiz. Muhit omillari bo’lgan ta’lim, iqtisod va ijtimoiy kelib chiqish bu kabi aqliy farqlarni tushunishda tuzukroq izohlarga ega. Tamoyil tekshiruvi esa bu tamoyillarni ishlab chiquvchi va ularni boshqaruvchi insonlarning kelib chiqishini ifoda etadi. Shunday qilib, bu kabi barcha tekshiruvlar bir qadar madaniy qolipga va xolis bo’lmagan tabiatga ega. Xolis bo’lmaslik va ko’rmaslikka olish omadsizlik va kambag’allik ichki, tug’ma qobiliyat, salohiyatning yetishmasligi borasidagi noo’rin fikrlar sari yetaklaydi.

Yüklə 459,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin