2 Mavzu test Quyida keltirilgan oziqa moddalarning qaysi biri Sudan-III ta’sirida qizg’ish rangga bo’yaladi? yog’ tomchisi
Hujayradagi sellyulozani qanday reaktiv yordamida aniqlash mumkin? ZnClJ
Qanday plastidalar zahira kraxmalni to’playdi? Leykoplast
Vakuol – bu o’simliklardagi … ikki va uchinchi javoblar to’g’ri
Hujayra po’sti suberin moddasi bilan to’yinsa, qanday o’zgarishlarga uchraydi? Probkalanadi
Bir pallali o’simliklarda metabolizmning so’ngi mahsulotlari ko’pincha bog’lamlarga yig’ilgan, oksalat kalsiyning ninasimon kristallari bilan namoyon bo’ladi. Bular: rafidlar
Hujayra po’stining funksiyasi – bu: tayanch, himoya, shakl berish
Druzlar – bu qanday kristallar? qo’shaloq kristallar
Kanakunjut o’simligi urug’idan tayyorlangan preparatga Lyugol eritmasini tomizganimizda, oqsil qanday rangga kiradi? tilla sariq rang
Hujayra yadrosining tarkibiy qismi nima deyiladi? Karioplazma
O’simlik hujayrasi xloroplastlarida fotosintez jarayonida vaqtinchalik mavjud bo’ladigan kraxmal hosil bo’lib u tezda glyukozagacha parchalanadi. Bunday kraxmal qanday kraxmal deb ataladi? birlamchi kraxmal
Kartoshka tuganaklaridan tayyorlangan prepatni mikroskop ostida kuzatganda hujayralarda o’ziga xos tuzilmalar ko’rinadi. Ular lyugol eritmasi ta’sirida ko’k-siyoh rangga bo’yaladi. Ular nima deb ataladi? kraxmal donachalari
Zahira oqsillar o’simlikning qay qismida hosil bo’ladi? urug’ va mevalarida
Bangidevona o’simligining bargida kristallarning qaysi turi uchraydi? Druzlar
O’simlikdan tayyorlangan mikropreparatga floroglyusin hamda konsentrlangan HCl ishlov berish oqibatida hujayra po’sti yorqin malina rang tusga kirdi. Bu esa nimaning borligidan dalolat beradi? Lignin
Vakuola tarkibida qanday moddalar guruhi mavjud? ham organik, ham anorganik
Paхta tolasining hujayra po’sti qanday moddadan tuzilgan? Sellyuloza
Murakkab aleyron donachalari oddiy aleyron donachalaridan nimasi bilan farqlanadi? oqsil kristallidi va glaboid majvudligi bilan
Qaysi organoid o’simlik bo’linishida ishtirok etmaydi? Vakuol
O’simliklarda kraxmalning maltozagacha parchalanishi qaysi ferment ta’sirida sodir bo’ladi? Amilaza
Kraxmal qanday polisaxaridlardan tashkil topgan? amiloza va amilopektin
Zahira oqsillarning eng qimmatli turi nima deb aytiladi? aleyron donachalari
Eng kaloriyali zahira modda – bu: yog’lar
Barcha tirik organizmlarning hujayrasida mavjud: ribosoma
Suvda erimaydi, ammo efirda, benzinda, benzolda, xloroformda eriydigan modda nima? yog’lar
Kraxmal donachalarining xillari? oddiy, murakkab va yarim murakkab
Inulin polisaхaridini qaysi reaktiv yordamida aniqlash mumkin? 20% li timolning spirtli eritmasi bilan H2SO4
Kartoshka tugunagidan tayyorlangan preparatni mikroskop ostida kuzatganda shunday hosilalar ko’rinadiki, ular Lyugol eritmasi ta’sirida ko’k-siyohrang tusga bo’yaladi. Bular nima? kraхmal donachalari