Ritidom qanday hujayralardan tuzilgan? o’lik po’kak hujayralari yig’indisidan
Barg po’sti qanday to’qimadan tashkil topgan? Qoplovchi
Qoplovchi to’qimani toping: po’kak
Peridermani qanday to’qima hosil qiladi? Fellogen
Apikal meristemali organlarda qanday o’zgarish sodir bo’ladi? faqat bo’yiga o’sadi
Yara (jarohat) meristemasining vazifasi? jarohatlangan hujayrani tiklash
Qurib qolish va muhitning noqulay omillaridan o’simlikni himoya qiladigan to’qima? Qoplovchi
Hosil qiluvchi to'qima qanday hujayralardan tashkil topgan? hujayra po’sti yupqa, yirik yadroga ega, ammo yirik vakuolasi yo’q
Kollenxima qanday to’qima? hujayralari tirik, po’sti sellyuloza hisobiga turlicha qalinlashgan
Yuksak o’simliklarda qaysi to’qima dastlabki hisoblanib, undan o’simlikning boshqa to’qimalari hosil bo’ladi? hosil qiluvchi
Kambiy to’qimasi: hosil qiluvchi
Butunlay hosil qiluvchi to’qimadan iborat o’simlik qismi? o’simlik murtagi
Yosh osayotgan o’simlik qismlarida mexanik to’qimaning hujayralari qanday bo’ladi? elastik va cho’ziluvchan
Doim bo’linuvchi hujayralar qaysi to’qimaga kiradi? hosil qiluvchi
Bo’gimlararo meristemaning vazifasi qanday? bo’g’imli poyali o’simliklarda bo’g’imlar orasidagi poyaning o’sishini ta’minlaydi
Qoplovchi to’qimalarning vazifasi qanday? himoya qilish
Poyada mexanik to’qimaning joylashadigan joyi? qoplovchi to’qimaning ostida yuza qismiga yaqin
Hosil qiluvchi to’qimadan tashkil topgan: o’sish nuqtasi
Mexanik to’qimaning vazifasi nima? mexanik, tayanch
Ildiz va poyaning o’sishi qaysi to’qima hujayralarining bo’linishi hisobiga kechadi? hosil qiluvchi
4 mavzu test
Quyida nomlari keltirilgan to’qimalardan qaysilari aynan bargda uchraydi? assimilyatsion to’qima
Qishqi tinim holatidagi organism to’qimalari qanday moddalarni tutadi? ko’p miqdorda yog’lar va uglevodlar
Ksilema o’simliklarning qaysi qismida kuchli rivojlangan? Ildizlarida
O’lik hujayralar: o’tkazuvchi, qoplovchi va mexanik to’qimalar tarkibiga kiradi
Ksilema qanday elementlardan tashkil topgan? traxeya, traxeid, traxeya parenximasi, libriform
O’simliklarning ajratuvchi to’qimalari: o’simliklarni hayvonlardan himoyalash uchun ko’pincha kerak bo’ladigan turli xil moddalarni to’playdi, yoki ajratadi
Tuproqqa solingan o’g’itlardagi mikroelementlar bargga nima orqali o’tadi? Ksilema
Tolalar nimaning tarkibiy qismiga kiradi? ksilema, floema
Botqoq o’simliklari ildizlariga havo nima orqali o’tadi? Aerenxima
Radial bog’lam o’simlikning qaysi organlarida joylashgan? faqat ildizda
Kartoshka tugunagidagi asosiy to’qima bo’lib hisoblanadi: zahira to’qimasi
Himoya funksiyasi qaysi to’qimalar orqali oshiriladi? ajratuvchi va qoplovchi to’qimalar
Ochiq bikolloteral bog’lamlar qanday tuzilgan? o’rtada ksilema, kambiy va uning yuqori hamda pastki tomonida floema joylashgan
Bir pallali o’simliklar poyasida o’tkazuvchi bog’lamning qaysi turi uchraydi? Yopiq
O’simliklarning asosiy to’qimasi: parenximaning tirik hujayralardan tashkil topgan va turli xil funksiyalar (fotosintez, zahira moddalarni to’plash va boshqa) ni bajaradi
Sxizogen bo’shliqning tuzilishi: turli xil kattalikdagi hujayralararo bo’shliqlarning kengayishidan tuzilgan
Konsentrik bog’lam nima? floema atrofida ksilema yoki ksilema atrofida floema joylashgan
Lizigen bo’shliqning tuzilishi: hujayralarning erib ketishi natijasida hosil bo’lgan bo’shliq
O’tkazish funksiyasini bajara oladigan to’qimalar? ksilema, floema
Floema qanday vazifani bajaradi? fotosintez jarayonida hosil bo’lgan moddalarni o’tkazadi
Qaysi bog’lamlar takribida asosiy to’qimani tutadi? nay-tolali
Elaksimon naylar takribiga kiradi: lub
Ochiq o’tkazuvchi bog’lam nima? floema va ksilema o’rtasida kambiy joylashgan
Barg etining to’qimasi bu? Fotosintezlovchi
Quyidagi tasdiqlarning noto’g’ri variantini tanlang: ksilemaning o’tkazuvchi elementlari tirik hujayralardan iborat
Qaysi o’tkazuvchi to’qima elementi mexanik to’qima bilan o’ralgan? nay-tolali
Bargning hujayralararo bo’shliqlari nimalar bilan to’lgan? havo bilan
Qanday o’tkazuvchi bog’lamlar ikkilamchi qalinlashishga qodir? Ochiq
Tashqi chiqaruvchi to’qima? gidatod, nektardon
O’tkazuvchan nay-tolali bog’lamlar tarkibiga kirmaydi: epiderma
Qishqi tinim holatida mavjud bo’lgan o’simlik organizmining to’qimalari: ko’p miqdorda zahira moddalarini tutadi
Suv va unda erigan mineral moddalarning bir joydan ikkinchi joyga o’tishi qaysi to’qima hisobiga boradi? yog’ochlik tomirlari
Hujayralararo bo’shliqlarga boy to’qimalar qaysi? zahira to’qimalari
O’simlik barglarida fotosintez jarayoni kechadigan hujayralar? ustunsimon va bulutsimon parenxima
Ksilema qanday vazifani bajaradi? suv va unda erigan mineral tuzlarni o’tkazish
5 mavzu test
Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi uchun xarakterli bo’lgan o’tkazuvchi bog’lamning tipi? Radial
Bir pallali o’simliklarda qaysi meristema ildizning eniga o’sishini ta’minlaydi? Prokambiy
Ildizlarning ikkilamchi tuzilishiga xarakterli bo’lgan belgi: tuzilishning bog’lamli tipda bo’lmasligi
Rasmdagi tasvirlangan trixoma … : yulduzsimon
Birlamchi tuzilishdagi ildiz uchun xarakterli bo’lgan belgi: rizodermaning borligi
Shimish zonasida ildizning birlamchi po’stlog’ini o’rganish mikroskopiyasida aniqlanishicha, uning asosiy massasini ko’p qavatli, tirik, g’ovak, kraxmal donachilariga ega parenxima egallaydi. Bu ildizning qismi nima deb ataladi? Mezoderma
Ildizning birlamchi po’stlog’i tarkibiga kiruvchi to’qima: zahira to’plovchi parenxima
Suv va botqoq o’simliklarning ildizlarida ko’pincha nima rivojlanadi? Aerenxima
O’simlik organining mikroskopiyasida ikkilamchi floema va ksilema o’rtasida tirik, yupqa devorli, zich joylashgan bir nechta cho’zinchoq hujayralar aniqlandi. Ularni … hosil qiladi. albatta, kambiy
Bir pallali o’simliklarning ildizpoyasi uchun xarakterli belgilar: birlamchi po’stloq kuchli rivojlangan
Ildizning birlamchi tuzilishidan ikkilamchi tuzilishga o’tishi nima hisobiga boradi? Kambiy
O’simlik organlarida o’tkazuvchi bog’lamlarning xillari va xususiyatlarini aniqlashda floema, ksilema va …. larning o’zaro bir-biriga nisbatan joylashganligiga e’tibor beriladi. Kambiy
Ildizning birlamchi tuzilishida kuzatiladigan o’tkazuvchi hujayralar qaysi to’qima uchun xos? Endoderma
Ikki pallali o’simliklarning ildizpoyasi uchun xarakterli bo’lgan belgi: bog’lamlar xalqa hosil qilib joylashganligi
Sxemada berilgan organning xili: ikkilamchi tuzilishli ildiz
Ildizning mikroskopiyasida ildiz tukchalari borligi aniqlandi. Ular qaysi qavat hujayralarining hosilasi bo’lib hisoblanadi? Epiblema
Kambiy hujayralari qanday hujayralardan iborat? tirik, hujayra po’sti yupqa, doim bo’linish xususiyatiga ega
Yon ildizlar endogen ravishda yuzaga kelishi aniqlangan. Ular … faolligi natijasida rivojlanadi. Peretsikl
Ikki pallali o’simliklarning ildizi uchun xarakterli bo’lgan belgi? organ tuzilishida bog’lamning bo’lmasligi
Rasmda tasvirlangan markaziy o’q silindri tuzilishining turi: triarx
Lavlagi ildiz mevasidan kesik tayyorlanganda, kambiyning bir necha qavatlari kuzatiladi. Ushbu ildiz meva qanday tuzilishga ega? ikkilamchi polikambial
Bir pallali o’simliklar ildizi uchun nay-tolali bog’lamning qaysi turi xarakterli? yopiq kollateral
Ildizning birlamchi tuzilishi nechta qismdan iborat? epiblema, birlamchi po’stloq va markaziy silindr
Ikki pallali o’simlik ildizi ikkilamchi anatomik tuzilishga qaysi zonada ega bo’ladi? o’tkazish va mustahkamlanish zonasida
Kambiy qaysi to’qimaga kiradi? hosil qiluvchi
Kaspari belbog’chasi hujayralari birlamchi po’stloqning qaysi qismida joylashgan? Endoderma
Sxemada o’simlikning qay organi tasvirlangan? ikki pallali o’simlikning ildizpoyasi
Havoni yaxshi o’tkazmaydigan tuproqlarda o’suvchi o’simliklarda mezoderma nima bilan ifodalangan? Aerenxima
Qaysi meristema ildizning bo’yiga o’sishini ta’minlaydi? uchki meristema
Ikki pallali o’simlik ildizining ko’ndalang kesigi mikroskopiyasida (shimish zonasidan tayyorlangan) linzasimon, po’kaklashgan qalin devorli hujayralar Kaspari belbog’i kuzatildi, bu hujayralar: endoderma hujayralari
Helianthus annuus ildizidan kesik tayyorlanganda ikkilamchi bog’lamli tuzilish aniqlandi. Demak, kesik … zonada tayyorlangan. mustahkamlash va o’tkazish
Ildizni ko’ndalang kesimida shunday o’tkazuvchi bog’lam aniqlanganki, unda floema va ksilema alohida-alohida, navbatlashib radiuslar bo’ylab joylashgan. O’tkazuvchi bog’lamning turi va ildizning birlamchi yoki ikkilamchi tuzilishga ega ekanligini aniqlang. bog’lam - radial, ildiz birlamchi tuzilishga ega
Ildiz tukchalari necha kun davomida mavjud bo’la oladi? 10-20 kun
Sxemada berilgan organning nomi: bir pallali o’simlikning ildizpoyasi
Bir pallali o’simliklar ildizi uchun xarakterli belgi? birlamchi po’stloq kuchli rivojlangan
Ildizning ko’ndalang kesigini o’rganish mikroskopiyasida bir-biriga zich joylashgan ildiz tukchali, yupqa devorli hujayralardan tashkil topgan qoplovchi to’qima aniqlandi. Bu …epiblema
Ildiz poyaning markaziy silindrida yopiq kollateral, shuningdek amfivazal o’tkazuvchi bog’lamlar farqlandi, bu esa o’simlikning … sinfiga tegishli ekanligidan dalolat beradi. bir pallalilar
Shimish zonasida bir pallali o’simliklarning ildizi nima bilan qoplangan? epiblema bilan
Sxemada ko’rsatilgan o’simlik organi nima? ikki pallali o’simlikning ildizi
Ildizning birlamchi tuzilishida zapas oziq moddalar to’planadigan joy: mezodermada