Mavzuni mustahkamlash uchun savollar Intellekt hamda intellektual mulk tushunchalarini tavsiflab bering.
Fuqarolarning aqliy mulkini himoya qilish shakllari.
Maktab kursida texnik ijodkorlik bilan shug‘ullanishning qanday shakllari mavjud?
Ijodkorlik nima? O‘quvchining darslardagi faoliyatida ijodkorlik misollarini keltiring.
Har bir mavzu bo‘yicha bilish jarayoni qanday amalga oshirilishi kerak? Nima uchun?
Har bir mavzuni o‘rganish borasida o‘quvchilarni ijodkorlik va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish uchun nima qilish zarur?
Ijodkorlik bilan TRIZ o‘zaro qanday aloqaga ega?
Deylik, siz ijodkorlik qobiliyatlarini o‘rganuvchi tadqiqotchisiz, o‘zingizning ish rejangizni tuzing. Siz qanday kuzatishlar va sinovlar o‘tkazishingiz lozim?
Ijodiy fikrlash nima?
Ijodkorlik masalalarini echish uchun ijodkorlik faoliyatining qanday metodlarini qo‘llaysiz? Bu metodlarning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
Qanday hal qilinmagan muammolar sizga ma’lum? Bunday muammolardan birini echish uchun reja tuzing.
«Ijodkorlik masalalarini echish metodlari» mavzusida referat yozing yoki shu mavzu bo‘yicha shahringizdagi ilmiy kutubxonada bor bo‘lgan adabiyotlar ro‘yhatini tuzing.
Nima deb o‘ylaysiz, texnika va san’at, biologiya va tarix bo‘yicha ijodkorlik masalalarini echish uchun umumiy metodlar bo‘lishi mumkinmi? Nima uchun?