1-mavzu. “Turizm iqtisodi” fanining predmeti va mazmuni Reja



Yüklə 278,35 Kb.
səhifə34/84
tarix15.02.2022
ölçüsü278,35 Kb.
#52596
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84
rg4rtg

2. Mehmonxona turlari

Motel – avtoturistlar uchun mehmonxona. qulay nomerlardan tashqari turistlarga avtomashinalarini turar joylari bilan ham ta’minlanadi. Odatda motellarda restoran, bar, kino-videofilmlar ko’rish, konferentsiya zallari, sport bilan shug’ullanish va o’yin maydonlari, basseyn, tennis kortlari ham xizmat ko’rsatadi.

Kemping – odatda shahar chekkasida moteldan uzoq bo’lmagan yerda joylashgan bo’ladi. Avtoturistlar, mototuristlar va veloturistlar uchun qulaylik yaratilgan bo’ladi. Turistlarga yotish uchun xona beriladi, ko’pincha palatka yoki yozgi uychalar va ba’zi qulayliklari bilan jihozlangan oshxonalarda maxsus taomlarni tayyorlash mumkin.

«Rotel»harakatlanuvchi mehmonxona, vagon ko’rinishidagi 1 yoki 2 o’rinli nomerga ega bo’lgan, kiyinish xonasi, umumiy ovqatlanish, umumiy xojatxonaga ega bo’lgan mehmonxona.

Flotel – suzib yuruvchi mehmonxona kemasi. Suvdagi ulkan otel, maxsus jihozlangan bo’ladi. qulay nomerlardan tashqari, yaxshi dam olish uchun qulaylik yaratilgan, vaqtinchalik ofisdan foydalanish, operativ vosita aloqalari: telefon, kseroks, faks va boshqa xizmatlar ko’rsatiladi.

Botel – unchalik katta bo’lmagan suvdagi mehmonxona. Jihozlangan qulayliklarga ega bo’lgan kema.

Turistik baza – bu turistik majmua bo’lib uning tarkibiga turistlarni qabul qilish va joylashtirish binosi hamda faol dam olishni ta’minlovchi xizmatlar kiradi. Turistik bazalar asosan faol turizm bilan shug’ullanuvchi turistlarni qabul qiladi. Ularga alpinistlar, suv, chang’i sporti bilan shug’ullanuvchilar va boshqalar kiradi.

Turistik uy – faol harakatdagi turistlarni qisqa muddat dam olishi uchun mo’ljallangan bosh panadir. Bular asosan tog’ yon bag’rida joylashgan bo’lib shart-sharoitlari minimal darajada bo’ladi.

Hozirgi zamon mehmonxonalari o’zining katta-kichikligi, baland-pastligi, konstruktsiya tipi, shinamlilik darajasi, ishlash tartibi (doimiy, mavsumiy), joylashgan joyi (shahar, kurort, qishloq), funktsional maqsadi, ovqatlantirish bilan ta’minlanganligi, yashashning davomiyligi, baholarning darajasi bilan farqlanadi.



Mehmonxonalar joylashgan maydonlarga qarab quyidagilarga bo’linadi:

- shahar maydonida joylashgan;

- qishloq joyda joylashgan.

Mehmonxonalarning katta-kichikligi ularda mavjud bo’lgan yotoq joylari bilan aniqlanadi. Har bir davlatda bu ko’rsatkich har xil qabul qilingan. Masalan, SHveytsariya va Avstriyada mehmonxonalar 100 o’rindan kam bo’lsa bunday mehmonxonalar kichik, 100-200 o’rinlik – o’rta, 200 o’rindan ortiq bo’lsa katta hisoblanadi.

CHexiyada 120 o’rindan kam bo’lsa kichik, 500 gacha – o’rta 500 dan ortig’i – katta, AQSHda 100 gacha – kichik, 500 gacha – o’rta va 500 dan ortig’i katta. SHaharda xonalar fondini aksariyati o’rta va kichik mehmonxonalarda joylashgan.

Keyingi paytlarda turizmning o’sishi bilan katta mehmonxonalarni ko’payishi ko’zga tashlanmoqda. Katta mehmonxonalarning qurilishining asosiy sabablaridan biri bu iqtisodiy manfaatdorlikdadir. Agar bir xil darajadagi qulaylikka (komfort) ega bo’lgan mehmonxonani 3,3 barobar ko’paytirsak (132 o’rindan 440 o’ringacha) bunda bir o’ringa ketadigan qurilish xarajatlari taxminan 27 foizga kamayadi, ammo lekin 100 tadan 400 (ya’ni 4 barobar) xonagacha ko’paytirsak, u holda oshxona maydoni 2 barobar va yordamchi xo’jalik xonalari 50 foizga oshishi mumkin.

YAna yaxshi tomoni katta mehmonxonalarda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ishidan unumli foydalanishga erishish; administrativ xodimlarni qisqarishi, ayniqsa katta ish haqi oluvchilar; mijozlarga turli xil xizmatlarni taklif etish mumkin.

Baholar darajasiga qarab mehmonxonalar quyidagilarga bo’linadi:

- byudjetli (25-35 AQSH dollari);

- iqtisodiy (35-55 AQSH dollari);

- o’rtacha (55-95 AQSH dollari);

- birinchi klass (95-195 AQSH dollari);

- apart-oteli (65-125 AQSH dollari);

- lyuks-oteli (125-525 AQSH dollari).

Mijozlarning yashash davomiyligiga qarab mehmonxonalar quyidagicha farqlanadi:

- uzoq muddatga keluvchilar uchun;

- qisqa muddatga keluvchilar uchun.

Yil davomida faoliyat ko’rsatishiga qarab mehmonxonalar quyidagicha bo’linadi:

- yil davomida doimiy ishlab turuvchi;

- mavsumda ishlab turuvchi (yoz, qish).

Ovqatlantirish bilan ta’minlanishi bo’yicha mehmonxonalar quyidagilarga bo’linadi:

- to’la ovqatlantirish (polniy pansion);

- faqat nonushta bilan ta’minlash;

- ovqatlantirish taklif etilmaydi (ovqatlantirish korxonalari mavjud emas).

Mehmonxonalar binosi baland-pastligiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:

- kichik qavatli (1-2 qavat);

- o’rta qavatli (2-5 qavat);

- ko’tarilgan qavatli (6-9 qavat);

- ko’p qavatli (1 toifa – 10-16 qavat, 2 toifa – 17-25 qavat, 3 toifa – 26-40 qavat);

- baland bino – 40 qavatdan ortiq.

YAngi qurilayotgan mehmonxonalarda qavatlilik keng tarqalganlari asosan:

Rossiyada – 5-16 qavat; CHexiyada – 8-14 qavat; Vengriyada kichik shaharlarda – 4-5 qavat, katta shahar va kurortlarda – 6-11 qavat; Germaniyada – 8-10 qavat va Angliyada – 10-15 qavat.




Yüklə 278,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin