1. Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lish, shakllanishi va turlari
Turistik yo’nalishlarning paydo bo’lishi va shakllanish omillari xar xil bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm sohasi uchun birinchi omil bu kadrlarning bilim va tajriba potentsiali xisoblanadi (ishchi mutaxassis bo’lishi mumkin, lekin maxsus bilim va tajriba bo’lmasa turizmda ish ketmaydi), turmaxsulotning soni va sifati, turizm rekreatsiya resurslariga, iqlim sharoitlariga, tarixiy va arxeologik joylarning sifat ko’rsatkichlariga, milliy o’yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga, milliy taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga va soniga qarab yo’nalishlar shakllanadi.
Turistik yo’nalishlarni shakllantirishning asosiy omillarining umumlashtirilgan shakli bo’lib quyidagi guruhlar xisoblanadi: turistlarni qabul qiluvchi transportlar, mehmonxona va restorandagi joylar, kadrlarning soni va sifati, turistlarga ko’rsatiladigan turmaxsulotlar soni va sifati, turmaxsulotlarni reklama qilish soni va sifati.
Turizmda yo’nalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy o’sishiga quyidagi guruh omillar ta’sir qiladi:
-siyosiy omillar, ikki davlat o’rtasidagi munosabat, shartnomalar, tovar va turist almashish va davlatda barqarorlik;
-iqtisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infratuzilmaning sifati, iqtisodiy yengilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari;
-tabiiy omillar, tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va kullar, yer osti davolovchi suvlar, tog’lardagi chiroyli manzaralar;
-ilmiy-texnik omillar, zamonaviy xizmat ko’rsatish yo’llari va usullari, yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar;
-yangi turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus ma’ruza matnlarining mavjudligi va h.k.
Insoniyat tarixining uzoq davri mobaynida iqtisodiy sabablar tufayli sayohatlar muhim ulchovda qilinadi. Tovarini sotish va boshqa yerlarda ish kurish maqsadida ro’yobga chikkan kuchishlar sayohatlarni tarkib toptirdi, Bularning yonida mukaddas yerlarni ziyorat qilish va urushlardan kochish ham muhim sayohat sabablari orasida edi. Bu jihatdan sayohat qilishning ma’nosi qiyinchiliklar va tashvishlarga duchor bo’lishi edi. Ammo bugungi kunga kelib, hozirgi zamon insonlari turli xil sabablar tufayli sayohat kilayaptilar. Bu to’g’rida bir-biriga o’xshagan takliflar bor. Batafsil bo’lishi uchun bu yerda sayohat motivlariga aloqador aniq ta’rif ustida to’xtalib o’tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan 18 ta sayohat yo’nalishlari motivlari bo’lganini ifoda qilgan. Bular quyidagilardir:
Ta’lim va madaniyatga aloqador yo’nalish motivlari;
1.Boshqa jamiyatlarning yashash va ishlash tarzini kurish.
2.Ajoyib yerlarni tamosha qilish.
3.Aktual xodisalarni yanada yaxshi tushunish.
4,Madaniyat yoki san’at vokealarida ishtirok etish, dam olish motivlari.
5.Kundalik hayotdan, monotonlikdan va qonunlardan kochish.
6.Xush va o’yin-kulgili vaqt o’tkazish.
7.YAngi aloqalar o’rnatish.
etnik asosiy motivlar:
8.Kishining, oilasining negizi kelib chikkan yerlarni ziyorat qilish.
9.Kishining, oilasining dustlari joylashgan yerlarni ziyorat qilish.
10.Boshqa motivlar.
11 .Sog’liq (kuyosh, quruq iqlim).
12.Sport faoliyatlari (suzish, changida uchish, balik to’tish),
13.Iqtisodiy arzon yashash.
14.Sarguzasht (yangi yerlar, insonlar, tajriba).
15.Moslashish.
16.O’zini oliyjanob qilib ko’rsatish.
17.Tarixiy yerlarni ziyorat qilish.
18.Ijtimoiy motivlar (dunyoni tanish).
Umuman olganda turistlarning psixologik xarakterlariga mos muomila shakllariga ko’ra xar xil yo’nalishlar tashkil qilinib turistlar guruhlarga ajratiladi. Psixologik ma’lumotlar ichida kishi keng yashash tarzi, yaratgan obrusi, munosabatlari, sayohatga bo’lgan qiziqishi, oilaviy ahvolida ko’rsatgan muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma’lumotlarga asosan surov anketalari va o’zaro uchrashuvlar bilan qo’shimcha kiritiladi. Turizm bo’yicha ispan olimi T.Plog tomonidan ro’yobga chiqarilgan sayohat yo’nalishining paydo bo’lishi motivatsiya bilan bog’liq tadqiqotlar natijasida farqli bir xulosa o’rtaga chikkan. T.Plog izlanishlari natijasiga kura sayohat qiladiganlar bo’linmaydigan davomli bir qator shaklda kuyilsa, uch shakldagi yo’nalishlar kulga olinishi mumkin. Kup kishilar qatorning o’rtasida qolmoqda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog tadqiqotining asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo’nalishlarning birinchi uchiga “psixotsentrik”, boshqa uchiga “allotsentrik” nomi berilgan. Bular “psixotsentrik” uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchok, sarguzashtni sevmaydigan insonlardir. “allotsentrik” uchida joylashganlari esa o’zlariga ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga kura Plog boshqa turist tiplarini va boshqa ziyorat qilinadigan yerlarning borligidan baxs etgan. Plogga kura, “allotsentrik” bir tip mustaqil bir tajribaga o’xshay oladigan sayohatni, erishishi kiyin bo’lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika, Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O’rta nuqtada kolgan tiplar Gavai, yevropa kabi tanilgan yerlarga sayohat qiladilar. "Psixotsentrik" tipdagi bir turist esa, masalan, “Disney-land” ga paket (raskage) tur bilan ketishdan mamnun bo’ladi. Bu ikkita uchda joylashgan tiplarning xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin.
“Allotsentrik” tiplar:
Sarguzashtchi o’z boshiga tadqiqotdan zavq oladi, kashfiyotdan zavqlanuvchi va yangi xayajonlarni istaydi. Kashfiyotsiz yerlarni borib ko’rishni hohlaydilar. Umuman qiziqish doirasi katta. Turistik xususiyati bo’lmagan yerlarni sevadilar. O’ynash va ovqatlanish mavzusida asosan komfort va qulaylikni yoqtiradilar. Boshqa ulkaning insonlari bilan tanishishdan, madaniyatlari bilan qiziqishdan zavqlanadilar.
"Psixotsentrik" tiplar:
- paket-tur tanlaydilar.
-unchalik faol bo’lmaganlar.
-quyosh, dengiz, qum kabi hammaning birgalikda qatnashadigan faoliyatlaridan zavq oladilar.
- ziyorat qilinadigan joylarga asosan tayyorada emas, balki avtomobil bilan borishni hush ko’rishadi.
- tanilgan joylarni tanlaydilar.
- xorijiy muhitdan rohatlanmaydilar.
- o’z o’lkalaridagiga o’xshash tunash kompleksini, restoran, klublarni va oldi-sotdi markazlarini tanlaydilar.
Yo’nalishlar o’z xususiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linadi: aylanma, to’g’ri yo’nalish, dam olish kunlaridagi yo’nalishlar va boshqalar.
Tur (yo’nalish) - turistik yo’nalishlar to’g’risida barcha ma’lumotlarni o’z ichiga oladigan xujjatlar yig’indisiga aytiladi. Bu xujjatlarga yo’nalish dasturi, u to’g’risida qisqacha ma’lumot, ko’rsatiladigan xizmatlar soni va ularning bahosini ifodalovchi ko’rsatkichga aytiladi.
“Pekij-tur” - turistik yo’nalishlar to’g’risida barcha ko’rsatkichlarni ifodalovchi xujjat xisoblanadi: ko’radigan joylarning qisqacha tarixi va rasmlari, davlat to’g’risida qisqacha axborot, yo’nalish davomi, xizmatlar turi va qiymatini umumiy qilib ifodalovchi xujjatga pekij-tur deyiladi. Bu xujjatni qancha yaxshi va qiziqarli chiqarishsa, shuncha ko’p turistlarni jalb qilishi mumkin. YAxshi turmaxsulot bo’lishi mumkin, lekin “tur” yaxshi ishlanmasa turistlar kam kelishi mumkin. Turist bir necha davlatlarda, shaharlarda, viloyatlarda bo’lishi mumkin va tur qiymati, ularning hammasiga ketadigan xarajatlarini xisobga oladi. Pekij-tur turistik yo’nalishni tashkil qilish maqsadida tuzilgan, turistlarga kerak bo’lgan asosiy xujjatlarga aytiladi. Asosiy tur xujjatlarga quyidagilar kiradi:
• shartnomaga asosan tuzilgan xizmat turlari;
•dastur va umumiy xizmatlar turlari;
• qisqacha xizmatlar to’g’risida umumiy ma’lumot;
•transport turlari, ularning sifati;
•kuradigan joylar to’g’risida tarixiy ma’lumotlar;
•turadigan mehmonxona va ovqatlanish joylari.
Dostları ilə paylaş: |