3. SHartnoma tuzishdagi asosiy qoidalar
SHartnoma tuzishda quyidagilarni aniq bilish lozim, bular realizatsiya qilganda qanday maqsadlarga erishish kerakligini, shuningdek rasmiylashtirish, imzolash va ijro etish bilan bog’liq eng muhim masalalarni aniqlashtirish. Bulajak shartnomaning asosiy masalalari bilan tanishib chiqish lozim. Keyinchalik, umimiylidan xususiylikka utilganda bosqichma-bosqich taxminiy ish rejasi tuziladi. Ish rejasi qanday bo’lishi, har bir bosichda nima qilinishi, faoliyat mobaynida nima talab qilinishi taxmin qilinadi, shuning bilan birga tavakkalchilik darajasi o’ylab ko’riladi.
SHartnomada ko’rsatilgan loyihalarni kontragentlar emas, balki loyihadan manfaatdor tashkilot ishlab chiqishi lozim. Hamkor bilan shartnoma tuzishda firma manfaati kuzda tutilmaganligi bo’lishi mumkin, shuning uchun uni boshqa shartnoma orqali kelishishga to’g’ri keladi. Bu esa tashabbusni kuldan chiqarishga olib kelishi mumkin. Bundan tashkari hamkordan (kontragent) kelib chiqadigan kutilmagan vaziyatlardan qutilish mumkin va uning tanbehlari orqali manfaatlarini bilib olish mumkin. SHuning bilan birga shartnomaga kiritilishi istalmagan shartlar oldi olinishi lozim.
Agar shartnoma tuzish taklifi noma’lum korxona tomonidan tushadigan bo’lsa, iloji boricha u hakda ko’proq ma’lumot olish lozim. CHet elda tadbirkorlar yangi hamkorlarning taklifiga o’ta xushyorlik bilan qarashadi. U yerda ochiq turdagi savdo-sotiq resurslari xatto kompaniya va alohida turdagi firma bilan xususiy tijoratchilar haqida ma’lumot beradigan firmalar bor, ya’ni ular firmaning ustav fondi, ixtisoslashganligi va yillik oboroti, xodimlar haqida ma’lumotlar, xizmat ko’rsatadigan banki va xakozalar haqida ma’lumot beradi.
Hattoki tashkilot rahbarlarining biografiyasi ularning sudlanganligi va moajarolari haqida ma’lumot olish mumkin. YAna xaridor, mijoz va ta’minotchi haqida to’liq ma’lumot olish mumkin. Bunday xizatlar xozircha bizda yulga uyilagan. shuning uchun bu xizmatlarni o’zimizda ham rivojlantirishimiz lozim. YA’ni hamkorlar haqida o’ziga xos "xujjatlar" tuzish lozim.
Siz hamkorlik qilmoqchi bo’lgan tashkilot xaqiqatdan ham mavjudligiga ishonch xosil qilish kerak.
Buning uchun xorijiy xujjatlar (ustav, joriy shartnomalar) qayd qilinganligi haqidagi guvohnomalar bilan tanishib chiqish kerak. Asosiy diqqatni uning ta’sischisi kim ekanligiga, ustav fondi qandayligiga, ofisning qaerda joylashganligiga (faqatgina yuridik manzili emas), unga qaysi banklar xizmat ko’rsatishi, moliyaviy ahvoli va mavqeiga qaratish kerak. Hamkor, kontragent, bankirlar orqali tashkilot va boshliklar haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish kerak. SHartnomani imzolashda konragent vakili yuridik huquqiga yoki vakolatiga ega ekanligiga ishonch xosil qilish kerak, shuning uchun tijorat tashkilotlarning vakillari bilan muzokaraga kirishishdan olin vakil vakolatga ega yoki ega emasligini bilishimiz lozim.
Bu kabi vakolatning yo’qligi vakillarning sharnomani imzolashda qilgan xizmatlari uchun haq to’lamasligiga yoki xizmat uchun to’langan haqning qaytib olinishiga olib kelishi mumkin. Bu turdagi faoliyat ko’p hajmdagi nuqsonlarga ega bo’ladi.
Amaliyotning ko’rsatishicha, ko’p hollarda kontragentlar o’z ma’suliyatiga sovuqqonlik bilan yondashadilar va uni suistemol qilgan holda, shartnomani imzolashga shaxs vakolatiga ega emasligini e’lon qilishadi (bu qalloblikning eng kup tarqalgan usullaridan biridir). Bu holga tushmaslik uchun undan kerakli bo’lmagan xujjatlarni taqdim qilishni so’rash lozim.
Agar korxona boshligi kontragent sifatida chiqsa, uni tayinlaganligi haqidagi xujjatlar bilan tanishib chiqish kerak yoki korxona ta’sischilarining majlisi haqidagi protokol bilan tanishib chiqish lozim (tijorat tashkilotlar uchun). So’nggi vaziyatni e’tiborga olgan holda quyidagilarga e’tibor berish lozim. Oxirgi paytlarda bir xil korxonalarda asosan yollanib ishlaydigan direktorlar ma’suliyati ta’sischilar tomonidan cheklanadi va uni boshqaruvchilarning direktorlar va ta’sischilar kengashi orqali ma’suliyati belgilanishi mumkin. Masalan, tashkilot ustavidagi “Direktor kompitenti” bulimida direktor 10 mln.dan oshiq summada shartnoma tuzishi mumkin ekanligi ko’rsatilgan bo’lishi mumkin, bu direktorlar kengashida ruxsat beriladi. SHuning uchun tashkilot kontragentining yuqorida ko’rsatilgan bulimi bilan tanish bo’lishi kerak va direktorning ma’suliyati cheklanmaganligiga ishonch xosil qilish kerak. Agar vakil ishonchnoma bilan ish ko’rayotgan bo’lsa, ishonchnomada tashkilot boshlig’ining imzosi va muhri bo’lishi kerak, yana u qaysi sanada berilganligi (agar sana ko’rsatilmagan bo’lsa ishonchnoma bekor xisoblanadi) uning amal qilish vaqtiga e’tibor berish shart.
2.SHartnoma shartlarini ishlab chiqish paytida uning aniq va ravonligiga ishonch qabul qilinadi. SHartnomada har bir so’z ma’noga ega. Agar biror atama yoki so’z tushunarsiz bo’lsa, mutaxasislarga murojat qilish kerak. Baxs natijasida kontragent shartnomadagi har bir noaniqlikni o’z foydasiga hal qilish mumkin. Bundan tashqari, hamkor o’zi ham shartnomaga noaniq shakllangan so’zlarni qo’shib yuborishi mumkin (bu so’zlar ma’nosi faqat ungagina tushunarli bo’lishi mumkin) bunda ikkinchi tomon manfaatlarini ancha chegaralab qo’yish mumkin.
Ko’p hollarda noaniqlik xalqaro savdo-sotiq sohasida yo’l qo’yiladi, bu esa shartnomaning yuridik asosini tashkil qiladi. Ba’zan suv transportida “SIF” savdo atamasi ishlatilib, bu quruqlikdagi transportlar (temir yul, avtomobil) yoki aralash turdagi transportlar (xar xil turdagi transportlar) ham ishlatiladi. SHartnoma tomonlar aniq nimani nazarda tutganligi mavhumligi, maxsulot yetkazilgan vaqti va xavf-xatarning sotuvchidan oluvchiga o’tish kabi masalalarning kelib chiqishiga olib keladi.
3.Ma’suliyatdan ozod kiluvchi sharoit shartlarini shakllanishida, u yoki bu tomonlarning holatlarini xisobga olish kerak, bu esa shartnomadagi mulk javobgarligini oshishiga yoki kamayishiga olib kelishi mumkin.
SHartnomadagi kiritilgan bir qator shartlar majburiyat buzilganda ham ma’lum sharoitlarga ko’ra undan ozod qilinishi mumkin. Qoida bo’yicha xo’jalik sudi zarar ko’rgan tarafdan zarar miqdoriii undirib beradi. Bu shartnomada ko’rsatilgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
4. SHartnoma loyihasi tayyor bo’lganda, uni yana bir marta mukammalligini tekshirib ko’rish kerak. CHunki, unda ko’p ma’noli so’zlar yoki boshqa xatolar bo’lishi mumkin.
SHartnoma-bu qonuniy xujjat. Uni ma’suliyatli mutaxasizlarsiz tuzib bo’lmaydi. YUrist u yoki bu shartlarni huquqiy oqibatlarshsh aniqlab berishi shart va ma’lum bir punktlarning yangi variyatlarini taklif qilishi mumkin. SHuning uchun shartnoma imzolashdan oldin yurist bilan maslaxatlashish kerak.
4. Ko’pgina tadbirkorlar xar xil turdagi shartnomalardan keng ko’lamda foydalanadilar. Ularning namunalari xozirgi paytgacha xar xil to’plamlarda mutaxasislar tavsiyanomasida taqdim etilmoqda. Mininum shartlarni yoz ichiga olgan juda qisqa shartnomalar qatorida (tovar miqdori va nomini uz ichiga oluvchi shartnoma, yetkazib berishning boshlangich narxi, maxsulot sifatiga talab, yetkazib berish vaqti, to’lov shartlari) ko’p hollarda ko’p betli va to’liq shartnomalar tuziladi. U ko’pgina shartlarni o’z ichiga oladi. Qisqa turdagi shartnomalar bo’sh qolgan joylari shartlari bilan to’ldirilishini talab qilinadi. Arbitraj amaliyotini ko’rsatishicha u haqda ko’p hollarda unitiladi va kutilmagan zararlarga olib keladi. Ayni paytda to’liq shartnomalar ham kutilgan natijalarni bermaydi.
Birinchidan, ko’pincha bunday shartnomalar ko’p hollarda trafaret usulida tuziladi. Bunda tovari turiga yetarli darajada e’tibor berilmaydi. Tovar turi esa oldi sotdi, yoki boshqa turdagi shartnomalariing predmeti bo’lib xisoblanadi. Bir xil shartlar oziq-ovqat va sanoat tovarlari munosabatida nazarda tutiladi.
Ikkinchidan, bir xil turdagi shartnomalar hamkor qanaqa bo’lishidan qati nazar tuziladi.
Uchinchidan, intilish shartnomada xar xil holatlarni e’tiborga oladi. Malum bo’lishicha shartnomada hamma narsani ham xisobga olishning iloji yo’q. Turistik biznesni xavfsizlantiradigan universal formalar yo’q.
Dostları ilə paylaş: |