1-mavzu: Turizmda biznesni boshqarish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 49,66 Kb.
tarix13.02.2022
ölçüsü49,66 Kb.
#52489
1- mavzu


1-mavzu: Turizmda biznesni boshqarish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

Butun dunyoga yoyilgan koronavirus pandemiyasi ishlab chiqarish korxonalari oldiga yangi muammo va talablarni qo`ymoqda. Xalqaro tashqilotlar, jumladan, YUNESKO, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashqiloti (IHTT), hamda Jahon banki ushbu pandemiyani korxonalarga juda katta xavf-xatarlar borligi ta`kidlamoqdalar.

Bugungi kunda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o`tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida so`nggi yuz yilda ro`y bermagan. Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, dunyoning barcha mamlakatida 105 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan.

Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo bo`yicha 500 millionta ish o`rni yo`qotilgan.

“Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so`mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga qarshi jamg’arma tashqil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonalarni qo`llab-quvvatlash bilan bog’liq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion so`mdan ortiq mablag’ yo`naltirildi. SHuningdek, davlat korxonalariga va 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub`ekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion so`mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha amaliy yordamlar berildi1”.

Turizmda biznesni boshqaruvi fani ma`lum bir ob`ekt yoki hodisa to`g’risida yaxlit tasavvur beruvchi bilimlar tizimi bo`lish bilan birga, insonlarda oldindan ko`ra bilish, bashorat qilish, rejalashtirish, qarorlar qabul qilish ko`nikmalarini hosil qiladi. Natijada ko`plab xatolardan asraydi, hisob-kitob qilishga undaydi.




Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shuningdek, boshqaruvning ikki – tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o`rganish lozim (1-chizma).
Tashkiliy- texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini yaratish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo`lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir.

Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta`minlash va aholining kam ta`minlangan qatlamlarini qo`llab-quvvatlashdan iboratdir.

Zamonaviy turizmda biznesnining quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin: an`anaviy menejment; tizimli menejment; vaziyatli menejment; axloqiy-etik menejment; strategik menejment; istiqbolli menejment; innovatsion menejment; axborot menejment va boshqalar. Jamiyat hayotining demokratik yangilanish sharoitida asosiy masala iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraqqiyotni rag’batlantirish, boshqariladigan bozor bilan shaxs va jamoa manfaatlarini samarali bog’lash masalalari muhim ahamiyatga ega.

Nazariy va amaliy nuqtai nazardan, ishlab chiqarish kuchlari bo`lgan mehnatkashlar manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, ijtimoiy- iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli kuch ekanligi shubhasizdir. Bunday boshqaruvni isloh qilishning strategik g’oyasi mehnatkashlar obro`sini ko`tarishdan (chunki iqtisodiyotni sog’lomlashtirishning asosi bo`lib vijdonan va mas`uliyat bilan mehnat qilishga xizmat qiladi), ishchining mehnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, uni jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlarning umumiy tizimiga qo`shishdan iboratdir. Bunga faqat ishchi ishlab chiqarishning haqiqiy egasi sifatida mehnat qiladigan holdagina erishish mumkin. Bu juda murakkab masala bo`lib, inson nafaqat ijtimoiy shaxs, ya`ni jamiyatga bog’liq, uning ta`sirida bo`lib qolmay, balki tabiiy mavjudot hamdir. Xuddi shunga muvofiq uning shaxsiy manfaatlari (unga bog’liq holda xulqi, harakatlari) har doim ijtimoiy manfaatlar bilan emas, balki o`z idroki manfaatlari bilan ham mos kelmaydi.

Kishilar o`rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi manfaatlar ularning maqsadlari, mehnat intizomi, ish faolligiga bevosita ta`sir ko`rsatadi va xatti-harakatlarini tartibga soladi. Bozor munosabatlariga o`tish ishlab chiqarish va bozorning o`zaro ta`sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o`z-o`zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo`lishini ta`minlovchi takomillashgan xo`jalik mexanizmini yaratishga yo`nalgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosida kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir.

Har qanday fan o`z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan shug’ullanishi, uning qaysi sohaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu sohada ro`y beradigan jarayon va hodisalarning ro`y berish qonuniyatlarini aniqlaydi. Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan holda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko`rsatib berishi, fanning shu sohasida hodisalarni umumlashtirishi va o`rganishning turli vosita-usullari tizimini ishlab chiqishi lozim. Boshqaruv predmeti xo`jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarish qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o`rganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo`lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa ko`rinishlarda bo`ladi. Turizmda biznesni boshqaruv munosabatlari qo`l ostidagi xodimlar o`rtasidagi aloqa va o`zaro ta`sirning murakkab majmuini ifodalaydi. Demak, menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir. Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv ob`ekti mehnat jamoalari va alohida xodimlardan iboratdir. Faqat ularning mehnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya`ni mehnat qurollari va predmetlariga ta`sir etiladi. Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi dialektik uslub bo`lib, u menejmentga o`rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning mohiyatini ochishga yordam beradi, Menejmentga quyidagi boshqa uslublar ham xos: voqelik hodisalarini o`rganishga aniq tarixiy yondashuv; xo`jalik mexanizmi barcha elementlarini bir vaqtning o`zida tahlil qilish va isloh qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy tahlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar. Menejment mahorati faoliyatning barcha uslublarini egallash, ularni to`g’ri qo`llash, har bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish qobiliyatiga ega bo`lishdan iboratdir.

Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda turizmda biznesni boshqarish fanining mazmun va mohiyati hamda amaliy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.



Fanning vazifalari – turizmda biznesni boshqarishning tarkibiy qismlariga bo’lgan asosiy talablarni tadqiq qilish; biznes rejani mustaqil ishlab chiqish ko’nikmasini shakllantirish; biznes rejani ishlab chiqishda dasturiy mahsulotlardan foydalanish; investitsion loyihalar uchun biznes rejalarni tayyorlash va ekspertizadan o’tkazish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

1 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2020 yil 29 dekabr


Yüklə 49,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin