18-Mavzu: MTTda KXX va XFXA noyabr oyi mavzulari bo’yicha ta’limiy jarayonni tashkil etish.
Reja:
1.Noyabr mavzusi bo’yicha ta’limiy jarayonni tashkil etish.
2.”Svetofor” mavzuli faoliyatni ta’limiy jarayonini tashkil etish.
Katta guruhda “Transport” nomli faoliyatni tashkil etish.
Maqsad:
Ta’limiy: transportlar va yo‘l harakati qoidalari haqida tushuncha berish, rasmga karab gap tuzishga urgatib borish.
Tarbiyaviy: urtoklarining javoblarini tinglashga,qul kutarib javob berish malakalarini shakllantirib borish.
Korreksion: dikkat,xotira,takkoslash kabi psixik jarayonlarini rivojlantirish.
Jixozlar: mavzuga mos rasmlar,uyinlar,kizil,yashil,sarik bayroklar.
Mashgulotning borishi:
1.Tashkiliy kism. «Svetafor».
Er transportlarini aytgan utiradi. Xavo transportlarini nomini aytgan bola utiradi. Suv transportlarini nomini aytgan bola utiradi.
O‘tgan mashg‘ulotni takrorlash.
YAngi mavzu:
- Sayohat qilish bilan birga yo‘lovchining vaziflari nimalardan iboratligini bilib olamiz.
- Buning uchun, yo‘lni kesib o‘tib, bekat tomon boramiz.
- Bekatda biz, yana yangi belgi “Avtobuslar to‘xtash joyi” belgisini ko‘rishimiz mumkin.
Bu bekat , bekatda biz avtobus, marshrut , taksi kabi jamoat transportlarini kutishimi mumkin .
Biz hozir avtobusga o‘tirishimiz kerak.
Ana avtobusimiz ham keldi. Avtobusga faqat orqa eshikdan chiqiladi, oldidagi eshikdan esa tushish kerak.
Transportga chiqqandan keyin Sen yo‘lovchiga aylanasan.
( avtobusni tarbiyalanuvchi yurgizib kirib keladi).
Transportga chiqishda va tushishda shoshmang , boshqa yo‘lovchilarni turtmang , ularga halaqit bermang .( tarbiyalanuvchilar avtobusga o‘tiradilar).
( Avtobusga o‘tirishgach logoped mavzuni tushuntiradi)
Transportda o‘zimizdan kattalarga joy berishni unuytmasligimiz kerak.
Jamoat transportida shovqin qilmang va baland ovozda so‘zlashmang.
Haydovchini ishidan chalg‘itmang.
Oynalardan boshingizni chiqarmang.
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochishga urinish taqiqlanadi.
Agar chiqish bekatingiz yaqinlashib qolgan bo‘lsa, avvalroq harakat qilib chiqishga hozirlik ko‘ring.
Agar jamoat transportida qarovsiz yotgan buyum bo‘lsa, atrofdagilardan kimning buyumi ekanligini so‘rang, hech kim javob bermasa, darhol haydovchiga xabar bering.
Transportdan tushishga oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak,sekin - asta oldingi eshik tomon o‘tib, transport to‘liq to‘xtaganda keyin undan tushamiz.
Avtobusni orqa tomonidan aylanib o‘tish kerak.
Mana hayvonot bog‘iga ham etib keldik. Hayvonot bog‘ida juda ko‘p hayvonlar jirafa, fil, sher,yo‘lbars, tuya, zebra kabi yovvoyi hayvonlar bor.
Lug‘at so‘zlar :yo‘lovchi ,haydovchi , bekat
4.Jismoniy daqiqa.
- Keling hayvonlarni tomosha qilib bo‘lib bir ozgina dam olamiz.
Yo‘l harakati qoidalariga doir multfilm nomoyish etiladi.
5. Mustahkamlash.
- “ Piyodalar o‘tish joyi “ , belgisi qaysi yovvoyi hayvonga o‘xshaydi?
Yo‘l belgilari ichidan “Avtobuslar to‘xtash joyi” belgisini toping.
Qaysi raqamli yo‘lovchi tartibni buzmoqda.
Belgilarni o‘ziga mos rasm bilan birlashtiring.
6. Yakuniy qism.
Svitafor :
Barakalla bolalar, yo‘l belgilarini, yo‘lovchining vazifalarini bilib oldingiz.
SHuning uchun janob svitafor ularga “Yo‘lovchi guvohnomalarini” topshirsak ham bo‘ladi. Endi ular transportda o‘zlarini qanday tutishni bilishadi.
To‘g‘rimi bolajonlar.
( bolalarga yo‘lovchilik guvohnomalari topshiriladi).
Uyga vazifa : “Avtobuslar to‘xtash joyi” belgisini namunaga qarab bo‘yab keling.
Bizlar doim hushyor,bilimdon piyodalar,
Qoidani buzmaymiz xavfsizlikni ko‘zlaymiz
Bizda qat’iy intizom shoshilmoqqa o‘rin yo‘q,
Yashil chiroqdir hamdam, shuning uchun ko‘ngil to‘q!
Dostları ilə paylaş: |