1-mavzu. Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja


-masala. Komil inson tarbiyasida xalq pedagogikasining tutgan o’rni



Yüklə 55,86 Kb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü55,86 Kb.
#204953
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu Xalq pedagogikasi fanining predmeti va maqsadi reja fayllar

4-masala. Komil inson tarbiyasida xalq pedagogikasining tutgan o’rni 
Milliy istiqlol tufayli xalqimizning o’z milliy, madaniy, tarixiy merosini o’rganish 
imkoniyatlari qayta tiklandi. Milliylik, o’zlikni anglash yo’lidan borib, milliy istiqlol mafkurasi
xalq ommasi ongiga singdirilmoqda. Ota-bobolarimiz e‘tiqod qilgan islom dinining tarbiyaviy 
ahamiyati yanada kuchaydi.
Qadimgi Turon mulkida yaratilgan adabiyot, san‘at, moddiy va ma‘naviy boyliklar barcha 
turkiy xalqlar boyligiga aylandi. Ularda xalqimizning milliy qadriyatlari o’z ifodasini topgan.
Ijtimoiy taraqiyotning hozirgi bosqichida komil insonni tarbiyalashda ular muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Xatto, komil inson haqidagi mukammal ta‘limot ko’xna Sharq falsafasida yaratilgan. Bu 

haqdagi fikrlar etnopedagogika manbalarida o’z aksini topgan. Ularni qayta tiklash, o’rganish,


ijobiy jihatlarini pedagogik amaliyotga joriy etish milliy istiqlol davridagina mumkin bo’lib 
qoldi. Modomiki: “Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muқarrar halokatdan qutqarib qoladigan
yagona kuch-ma‘rifat...” ekan, xalq pedagogikasi xuddi shu ma‘rifatni targ’ib etuvchi tarbiya 
vositasidir. Shuning uchun Respublikamizda milliy istiqlol davrida komil insonni tarbiyalash
kelajagi buyuk davlatni barpo etishning asosiy sharti sifatida talqin qilinmoqda. Bu vazifani 
amalga oshirishda etnopedagogika yutuqlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Goh g’amgin, goh quvonchli kechgan o’tmishni, ajdodlarimiz buyukligi sababini 
bilmasdan milliy g’urur va iftixorni tarbiyalab bo’lmaydi.


Vujudimiz va qadriyatlarimizda neki bo’lsa, barchasi o’tmishdoshlarimiz va buyuk


ajdodlarimiz rihiyatida jamlanganligini har bir o’qituvchi va o’quvchi chuqur bilmog’i va ҳis 
etmog’i darkor. Bu kabi mas‘uliyatli vazifani amalga oshirishda bizga “Xalq pedagogikasi” fani
yaqindan yordam bera oladi. Shuning uchun mazkur fanni o’rganish, uning manbalari haqida 
kengroq ma‘lumotga ega bo’lish bulajak pedagog-kadrlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, milliy pedagog-kadrlarni tayyorlashni ushbu omillarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 



Yüklə 55,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin