9-mavzu : VI-XI asrlarda Yevropa madaniyati . 1.Franklar imperatori Buyuk Karl qaysi yili xalq maktablari joriy etdirgan ?
A)789 B) 790 S) 795 D) 797
2.Quydagilardan qaysi birining asaridan Buyuk Karl xayoti va faoliyati xaqidagi ma’lumotlarni olamiz ? A) Alkuin B) Platon S) Eyngard D)Yustinian
3. Quydagilardan qaysi birini zamondoshlari “mexnatsevar chumoli “
deb atashgan ? A) Alkuin B) Platon S) Eyngard D)Yustinian
4.Ellinizm nima ?
A) yunonlar va sharq madaniyati qorishmasi B) jang uslubi
S) Ulkan saroylar D) B va S
5.O’rta asrlardagi eng rivojlangan shaxar ya’ni “Fanlar onasi” deb nomlangan shaxarning nomi qaysi javobda berilgan ?
A) London B) Afina S) Novogorod D) Rim
6. Mil avv IV asrda “Afina akademiyasi”ga kim asos solgan ?
A) Alkuin B) Platon S) Eyngard D)Yustinian
7.Afinada o’qigan talabalarning o’z bilimi chuqurligi va kengligidan faxrlanishiga nisbatan V asrda yashagan tarixchi ularga nisbatan qanday jumla ishlatgan ?
A) Ular o’zlarini yarim xudo,o’zgalarni esa yarim eshshak deb xisoblaydilar.
B) Ular juda xam aqllidirlar S) ular esi past olimlardir D) B va S
8.Quydagilardan qaysi biri “ Afina akademiyasi”ni yopish xaqida farmon
chiqargan ? A) Buyuk Karl B) Xlodvig S) Genrix I D)Yustinian I
9.Konstantinopoldagi Magnavr oliy maktabi qaysi davrda vujudga kelgan edi ?
A) X asrda B) IX asrda S) VIII asrda D) VII asrda
10.Konstantinopoldagi 1045- yilda ochilgan universitetda qanday fakultetlar
bor edi ? A) xuquqhunoslik B) falsafa S) tasviriy san’at D) A va B
11.Vizantiyaning dengizdagi janglarida muvofaqiyat keltirgan “Grek olovi” qaysi davrda ixtiro qilingan edi ? A) X asrda B) IX asrda S) VIII asrda D) VII asrda
12.Xristian diniga mansub dindorlar sajda qiladigan,choqinadigan Iso,Bibi Maryam va avliyolarning rangtasvir yoki bo’rtma tasvirlari nima deyiladi ?
A) Ikona B) Mozaika S) Freska D) Monastr
13.Suvoq ustiga rangdor qilib ishlanadigan rasmlar nima deyilgan ?
A) Ikona B) Mozaika S) Freska D) Monastr
14.Bir xil yoki turli xomashyo bo’laklaridan ishlangan tasvir,naqshinkor maxobatli bezak san’atining asosiy turlaridan bo’lgan sana’t turi qaysi javobda berilgan ?
A) Ikona B) Mozaika S) Freska D) Monastr
15.Mozaika va freskalar bilan ishlangan, o’z davrining ajoyib me’morchilik obidasi xisoblangan, Xori monastri ,xozirgi qaysi shaxarda joylashgan ?
A) London B) Parij S) Istambul D) Rim
16.Yustinian I davrida Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi gumbazining diametri necha metrni tashkil qiladi ?
A) 31.5 m B) 35 m S) 35.5 m D) 36 m
17.To’gri burchakli ibodatxonalar o’rniga ko’rinishidan xochsifat,o’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar qaysi davrlarda barpo etilgan ?
A) X asrda B) XI asrda S) VIII asrda D) A va B
18.Roman uslubida qurilgan Fransiyadagi eng mashxur ibodatxonalar qaysilar ?
A) Puate B) Klyuni S) Arl D) barchasi to’g’ri
19. .Roman uslubida qurilgan Germaniyadagi eng mashxur ibodatxonalar qaysilar ?
A) Shpeyer, Vorms B) Maynts S) Axen D) barcha javob to’g’ri
20.O’rta asr maktablarida o’rganiladigan fanlarning umumiy nomi nima
deyilar edi ? A) yetti erkin san’at B) umumiy maktab
S) akademiya D) kengaytirilgan maktab
21.Triviumda o’quvchilar qaysi fanlarni o’zlashtirgan ?
A) Gramatika B) Dialektika S) Ritorika D) A,B va S
22.Kvadriumda o’quvchilar qaysi fanlarni o’zlashtirgan ?
A) arfimetika,geometriya B) musiqa S) astranomiya D) A,B va S
23.Tilshunoslik va bolalarni o’qishga qaysi fan o’rgatgan ?
A) Gramatika B) Dialektika S) Ritorika D) astranomiya
24.O’quvchilarni munozara olib brishga va o’z fikrini isbotlashga qaysi fan o’rgatgan ? A) Gramatika B) Dialektika S) Ritorika D) astranomiya
25.She’rlar,badiiy asarlar yozishni,notiqlik san’atini,xuquq asoslarini qaysi fan o’rgatgan ? A) Gramatika B) Dialektika S) Ritorika D) astranomiya