1-Mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Peja



Yüklə 69,54 Kb.
səhifə9/13
tarix20.11.2023
ölçüsü69,54 Kb.
#166494
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Mavzu Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Pe-www.hozir.org

Tropik yil — Quyosh diski markazining bahorgi teng kunlik (21 mart) nuqtasidan ketma-ket 2 marta oʻtishi orasidagi davr

2.Quyosh kalendari. Oy kalendari. Oy - quyosh kalendari.

Quyosh k al ye n d ar i ning asosiy birligi — tropik yil. Uning uzunligi ketmaket ikki bahorgi tengkunlik oraligʻidan iborat boʻlib, 365,2422 kun, yaʼni 365 kun 5 soat 48 min. 46 sek.ga teng . Dastlabki shamsiy K.dan foydalangan kad. misrliklar bir yilni 365 kun deb olishgan. Bir yil 30 kunlik 12 oyga boʻlingan va yil oxirida qoʻshimcha 5 kun qoʻshilgan. Qad. Rimda ham bir yilni 365 kun deb olingan, lekin yilning oylarga boʻlinishi yana ham murakkabroq boʻlgan. Bundan tashqari qad. Misr va Rim K.larida yil uzunligi tropik yildan taxminan 6 soatiga qisqa boʻlgani uchun bahorgi teng kunlik har 4 yilda 1 kunga surilgan va bu ham chalkashliklarga sabab boʻlgan. Ularni bartaraf etish uchun Rim konsuli Yuliy Sezar mil. av. 46-yilda yunon astronomi Sozigen taklifiga muvofiq K. islohotini oʻtkazadi: har 4 yildan biri 366 kunlik (kabisa) deb qabul qilinadi. Bu K. Yuliy kalendari deb yuritiladi. Yuliy K.ida bir yil 12 oyga boʻlinib toq oylar 31 kun, juft oylar 30 kun, faqat fevral oyi 28 kun (kabisa yili 29 kun). Dunyoning koʻp mamlakatlarida hozirgacha oylarning Yuliy K.dagi nomlari qoʻllanadi.
Oy kalendarida asosiy birlik vazifasini sinodik oy oʻtaydi. Oy Yer atrofida aylanishi davomida Quyoshning toʻgʻrisiga kelishi oy boshi deyiladi. Bu vaqtda Oy koʻzga koʻrinmaydi, 1—2 kundan keyin u gʻarbda kechqurun oʻtkir oʻroq («yangi oy») shaklida koʻrinadi. Oy K. ida 12 oy bir yilni tashkil etadi. Sinodik oy 29,5306 sutka, yaʼni 29 kun 12 soat 44 min. 3 sek. boʻlgani uchun bir yil taxm. 354 kunga teng boʻladi.
Hozir Oy K. i arab mamlakatlarida amal qiladi. 20-a. gacha u asosiy aholisi musulmon boʻlgan mamlakatlar, jumladan, bizning yurtimizda ham qoʻllangan va hijriy (aniqrogʻi hijriy-qamariy) taqvim deb atalgan. Hijriy taqvimda xronologiya paygʻambar Muhammad (as) ning Makkadan Madinaga koʻchib borgan (arabcha hijrat) kunidan boshlanadi. Bu sana Yuliy Kalendar ida 622-yil 16 iyul juma kuniga toʻgʻri kelishi aniqlangan. Hijriy taqvimda 12 oydan toqlari 30, juftlari esa 29 kun. Bunda bir yil 354 kun boʻlib, 12 sinodik oydan qisqa boʻlgani uchun har oʻttiz yildan 11 tasi kabisa deb olinadi. Kabisa yilning soʻnggi oʻn ikkinchi oyi (zulhijja) 30 kun boʻladi. Hijriy taqvimda oʻttiz yillik davrlar (1-yildan 30-yilgacha, 31-yildan 60-yilgacha va h. k.) qoʻllanadi. Har oʻttiz yillik davrning 2, 5, 7, 10, 12, 15, 17, 19, 21, 24, 27 va 29 yillari kabisadir. Mac, hijriy 1426-yil kabisamiyoʻqmi ekanligini aniqlash uchun undan 30 ga karrali qismi chegirib tashlanadi: 1426 — 30×47=1426 — 1410=14, demak, bu yil oddiy ekan, 1427-yilda esa qoldiq 15 chiqadi va kabisa boʻlishini koʻrsatadi

Yüklə 69,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin