14-mavzu. Terrorizm iqtisodiyoti nazariyasi
Terrorizm tushunchasining mazmuni. Terrorizm iqtisodiyoti nazariyasi. Terrorizmni moliyalashtirish manbalari va ko‘lamlari. Ichki va tashki moliyalashtirish manbalari. Terroristik tashkilotlar darpomadparining mikdorini baxolash. Terrorizmni moliyalashtirish modellari. Terrorizmning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Terrorizmga qarshi kurashish yo‘llari. Terrorizmga qarshi kurashish usullari. O‘zbekistonda terrorizmga qarshi kurashishning tuziga xos xususiyatlari.
Terrorizm (lot. terror - qo‘rqinch, dahshat) - siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo‘qotish yoki qo‘rqitish, aholi o‘rtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zo‘ravonlik harakatlari (ta’qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy to‘dalarning harakatlari kabi) toifalarga bo‘linadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qo‘llanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm o‘rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan.
Lekin o‘tgan asrning oxirlaridan uning yangi ko‘rinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o‘ldirish yoki o‘g‘irlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo‘liga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo bo‘ldi. Ko‘p hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bog‘likligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok bo‘lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o‘rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig‘indisi. Xalqaro terrorizm XX-asrning 60- 70-yillariga kelib o‘zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o‘z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko‘rsata boshladi.
Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro‘ga ega bo‘lgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shug‘ullana boshladilar. 80-yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi. Begunoh, tinch aholi o‘rtasida ko‘pdan-ko‘p qurbonlar bo‘lishi, xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini qatgiq tashvishlantirib qo‘ydi. 1978 y. kuchli "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzui bo‘lib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar bir tizimga birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhsagi shaxslar, narkobiznes va qurol-yarog‘ savdosidan foyda ko‘ruvchi jinoiy to‘dalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo bo‘ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo‘yishga hamda hokimiyatga qarshi muholifatni shakllantirishga harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har kanday ko‘rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab xalqaro bitimlarning, chunonchi, Xalqaro terrorizm ko‘rinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlarning, jumladan, havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1970 y.gi Gaaga konvensiyasining, Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi qaratilgan qonunga xilof harakatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1971 y.gi Monreal konvensiyasining, Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi 1973 y.gi konvensiyaning, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi va boshqa konvensiyalarning ishtirokchisi. 2004 y. 1 yanvardan Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi faoliyat ko‘rsata boshladi.
O‘zbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida" maxsus qonun qabul qilindi (2000 y. 15 dek.). Ushbu qonunda terrorizm - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa ob’ektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb ta’riflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning o‘tkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining JKga ko‘ra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalar va resurslar berish yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan harakat 8 yildan
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi.
G‘arb madaniyatidagi «irhob-terrorizm» tushunchasining ma’nosi haqida Qohira Dorulfununi o‘qituvchisi doktor Yahyo Abdulmubdiy shunday deydi: «Irhob» so‘zi ingliz tilida «terror» so‘ziga «ism» qo‘shimchasini qo‘shish bilan (terrorism) «qo‘rquv», «dahshat» ma’nolarini ifodalaydi. Agar «terrorize» fe’li shaklida iste’mol qilinsa «qo‘rqitdi», «dahshatga soldi» ma’nolarini bildiradi»
«Terrorism» istilohi ilk bor G‘arb madaniyatida jumhuriyatchi Yakobinchilar davrida, tarixiy Fransiya burjua inqilobi ushbu inqilobga qarshilik ko‘rsatgan burjua tarafdorlari bilan qirol tarafdorlari o‘rtasidagi ittifoqqa qarshi qo‘llagan kuch ishlatish siyosati uchun iste’mol qilingan. «Reign of Terror» deb nomlangan bu terrorchilik oqibatida 300 000 (uch yuz ming)dan ortiq shubhali odam qamaldi, 17 000 (o‘n yetti ming) kishi qatl etildi va minglab begunoh kishilar qamoqxonalarda tergovsiz, mahkamasiz o‘lib ketdi.
Ba’zilar «terrorchilik» istilohi tarixning bundan-da qadimroq davrlarida ham iste’mol qilinganini taxmin qilishadi. Ularning fikricha, terrorchilik bashariyat tarixining har bir davrida jahonnning barcha davlatlarida bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Yunonlik tarixchi Ksenofon (Xenophon - meloddan avval (m.a.) 430-349 yy.) G‘arb madaniyati haqida so‘z yuritar ekan, ruhiy ta’sirlarning urushga, terrorchilikning esa xalqlarga o‘tkazadigan ta’siri haqida to‘xtalib o‘tadi.
Tiberius (Tiberius - 14-37 yy.) va Kaligula (Caligula - 37-41 yy.) singari ba’zi Rim hukmdorlari o‘z saltanatlariga qarshi bo‘lganlarni bo‘ysundirish uchun zo‘ravonlik, mol-mulklarni musodara qilish va o‘lim jazosini qo‘llar edilar. Germaniyada Adolf Gitler tuzgan fashistlar hukumati, Sovet Ittifoqida Iosif Stalin boshliq kommunistlar hukumati kabi ba’zi hukumatlar terrorchilikni o‘z siyosiy rejalarining ajralmas bir bo‘lagi deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham, iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish uchun g‘oyaviy-ideologik pardalar ortida davlat terrorchiligini amalga oshirganlar.
Jahonda yuzlab terrorchilik uyushmalari mavjud. Ular ichida eng ko‘zga ko‘ringanlari: Germaniyadagi «Bader maynxuf», Italiyadagi «Qizil gvardiya», Yaponiyadagi «Qizil Armiya», Irlandiyadagi «Respublikachilar Armiyasi», Perudagi «Nurli tuproq» va Bask orolidagi «ETA» uyushmasi. «ETA» - g‘arbliklarning aytishicha, yigirmanchi asr tarixidagi eng mashhur terrorchilik uyushmasi hisoblanadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari ham qora tanlilarni va o‘zgacha fikrlovchilarni yo‘q qilish bilan dong taratgan «Kukluksklan» tashkiloti kabi jahondagi yuzlab terrorchilik uyushmalariga in bo‘lib kelgan.
Yahudiylar ham tarixdagi ilk terrorchilik uyushmalarining o‘chog‘i bo‘lib, jahondagi eng mashhur «Hagana», «Argun» va «Shtern» nomli terrorchilik tashkilotlarini tuzgan xalqdir. Hatto Isroil davlatining o‘zi - bashariyat uchun benazir terrorchilik timsoliga aylanib qoldi. Bu haqiqatni ochiq idrok etish uchun Isroil davlati tashkil topganidan beri qo‘l urgan og‘ir jinoyatlarga bir nazar tashlash kifoya.
Sotsiolog Aleks Shmidtning terrorchilik tushunchasiga oydinlik kiritish uchun yuzta mutaxassis va olimga bergan savollariga olgan javoblar, uning siyosiy terrorchilik haqida yozgan kitobida (1983 yil) mavjud. Uning so‘rovlariga mazkur mutaxassislar bergan javoblarning mushtarak xulosasi quyidagicha:
terrorchilik - aniq cheklangan mohiyatga ega bo‘lmagan tushunchadir;
bir ta’rifning o‘zi bu istilohning barcha ma’nolarini qamray olmaydi;
turli ta’riflar terrorchilikning turli qismlariga mushtarak bo‘lib, u kimga qaratilgan ekaniga va qurbonlariga qarab belgilanadi.
«Robitatul Olamil Islamiyya» (Islom Olami Ligasi) qoshidagi Islomiy Fiqh Uyushmasi «terrorchilik»ni: «Terrorchilik - shaxslar yoki jamoatlar yoxud davlatlar tarafidan insonning dini, qoni, aqli, moli va nomusiga qarshi ishlatiluvchi zo‘ravonlikdir. Terrorchilik - qo‘rqitish, ozorlash, tahdid solish, nohaq o‘ldirish va Yer yuzida buzg‘unchilik yoyishning barcha turlarini o‘z ichiga oladi»- deb ta’rifladi. Bundan tashqari, g‘arblik mutafakkir olimlar va tashkilotlar «terrorchilik» haqida o‘nlab ta’riflar aytgan bo‘lib, ularning barchasi «Siyosiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida qonuniy bo‘lmagan kuch va tahdidni ishga solish» ta’rifida mushtarakdir. Shunday olimlardan biri Jonatan Uayt, terrorchilikka oid mavzuga kirishishishdan avval (1991 yil) uni siyosiy yo‘nalishlar tarafidan tushunish bilan kifoyalanmasligimiz zarurligini uqtiradi. Chunki sotsiologiya fani bu mavzuga katta e’tibor bermoqda va terrorchilik tushunchasining yagona ta’rifi yo‘q ekanini ta’kidlamoqda. Shuning uchun ham Jonatan Uayt terrorchilikni turli ta’riflarni o‘z ichiga olgan o‘lchovlar bilan ta’riflash kerak, deb taklif qiladi:
terrorchilikning oddiy va sodda ta’rifi. Ya’ni, «xavf tug‘dirish va yo‘nalishni o‘zgartirish maqsadidagi zo‘ravonlik va tahdid»;
terrorchilik ta’rifi uchun qonuniy qolip-o‘lchov. Ya’ni, «terrorchilik - qonunni poymol qiladigan va davlat tarafidan jazolashni taqozo etadigan jinoiy zo‘ravonlik»;
terrorchilikning tahliliy ta’rifi. Ya’ni, har bir terrorchilik ortida turgan muayyan ijtimoiy va siyosiy omillar;
davlatning terrorchilikni himoya qilishi ta’rifi. Ya’ni, ayrim guruhlarning ayrim davlatlar panohida boshqa davlatlarga hujum qilish uchun terrorchilik qilishlari;
davlat terrorchiligi uslubi. Ya’ni, davlat hukumatining o‘z fuqarolariga nisbatan terrorchilik foliyatida bo‘lishi. (Isroil bunga yaqqol misol bo‘la oladi).
Xalqaro terrorchilikning yoyilishiga yordamchi bo‘lgan bu omillardan tashqari, hozirda yangi omillar ham paydo bo‘lganki, ular terrorchilikning xalqaro xatarlarini yanada oshiradi. Masalan: ko‘plab davlat va hukumatlarning xalqaro terrorchilik uyushmalari bilan hamkorlik qilishi, xalqaro terrorchilik uyalari va tizimining saraton kasalligidek yopirilishi, bu uyushmalarning yangi va rivojlangan telekommunikatsiya tizimidan ma’lumotlar to‘plash uchun ustalik bilan foydalanishi hamda taraqqiy topgan ilmiy jihozlar bilan ta’minlanishi kabi. Bu uyushmalarning barchasi g‘arb terrorchilik uyushmalari bo‘lib, ularning a’zolari Islom diniga mansub emasdir.
Hozirgi vaqtda terror faqat hokimiyatga taalluqli emas. Bu tinch aholi orasida, kuch va aholining kayfiyatining nisbiy uyg‘unligi sharoitida, geosiyosatda keng tarqalgan. Agar XX asr boshlarida. Terrorizm hukumat va xalq o‘rtasidagi munosabatlar sohasiga tegishli bo‘lganligi sababli, asrning oxiriga kelib, terrorizm geosiyosat va jamiyatning turli qatlamlarining normal o‘zaro ta’siriga qarshi kurash sohasi hisoblanadi.
Terrorizmga iqtisodiy yondoshishning vakili G. Bekker. U jinoyatchilar psixopatologik tiplar emas va ijtimoiy zulmning "qurbonlari" emas, balki imkoniyatlar va cheklovlarga oldindan aytib beriladigan ta’sirchan agentlar degan taxmindan kelib chiqadi. Jinoiy kasbni tanlash xavf va noaniqlik sharoitida oddiy investitsiya qarori sifatida tushunilishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, jinoyatchilik darajasi u bilan bog‘liq bo‘lgan foyda va xarajatlarning (pul va pul bo‘lmagan) nisbati bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, bu qonuniy va noqonuniy faoliyatdan olinadigan daromadlar farqi, qo‘lga olinishi va sudlanganlik ehtimoli, jazoning og‘irligi va boshqalar bilan belgilanadi. shuning uchun, masalan, retsidivizmning yuqori foizi ajablanarli bo‘lmasligi kerak, chunki kutilgan "vaqt" davomiyligi jinoyatchilar tomonidan oldindan kasb tanlashda hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |