15-mavzu. Jinoiy yo‘l bilan olingan pulni “poklash” va legallashtirish
Jinoiy yo‘l bilan olingan pul (daromad), xarom pullar. Jinoiy mablaglarning manbalari. “Pulni poklash” va legallashtirish tushunchaparining mazmuni. Pulni “poklash”ga imkon beruvchi omillar. Daromadni poklab olish buyicha jinoiy faoliyatning maqsadlari. Pulni “poklash” usullari. Jinoiy yo‘l olingan daromadni legallashtirish belgilari. “Xarom” pullarni “poklash” usullari. Pulni “poklash” jarayonida jinoyatchilar amal qiladigan qoidalar. “Xarom” pullarni poklabolish fazalari va boskichlari. Jinoiy yo‘l bilan olingan pul (daromad)larni “poklash” va legallashtirishga qarshi kurashning maqsadi va vazifapari. Pulni “poklash”ga qarshi kurash mexanizmi. Jinoiy daromad va pulni “poklash” xamda legallashtirishga qarshi kurash yo‘llari va usullari.
Jahon mamlakatlari rivojlanishining jinoiy global muammolari
B
oy shimol mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyoti o‘ziga xos jinoiy globallashuvni jonlantiradi. Rivojlangan mamlakatlarning o‘zaro munosabatlarida vujudga keladigan global jinoiy muammolar
bular qonuniy iste’mol tovarlari kontrabandasi, pullarni poklab olish (yuvish), daromadlarni yashirish, kompyuter jinoyati va iqtisodiy josuslikdir (qarang 10.5.1-rasm).
Qonuniy iste’mol tovarlari kontrabandasi. Tamaki, alkogol ichimliklari va dabdabali buyumlar (masalan, qimmatbaho avtomobillar) kabi qonuniy kontrabanda tovarlariga talab yuqori import uchun boj to‘lovlari va aksizlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda juda yuqoridir. Chunki ushbu mamlakatlarda qonuniy tovarlar qimmatlashib ketadi. Shu sababdan, jahon xo‘jaligida faqatgina taqiqlangan tovarlar emas, balki oddiy tovarlar kontrabandasi ham daromad keltiradi. Bunga iste’molchilarni qimmat tovarlarni bojxona yig‘imlari to‘lamasdan arzon narxlarda sotilishi mumkinligi sababchi bo‘lmoqda. Qonuniy tovarlar kontrabandasini tashkilotchilari sifatida faqatgina mafiyaga tegishli firmalar emas, balki rivojlangan mamlakatlarning oddiy qonuniy firmalari ham namoyon bo‘ladilar, ularning asosiy maqsadi bojxona bojlarini aylanib o‘tish hamda ko‘proq bozorlarni egallashdir. Masalan, jahon sigaret bozori eksportining 1/3 qismi kontrabandaga to‘g‘ri keladi.
Pullarni poklab olish (yuvish) va daromadlarni yashirish. Ba’zi tadqiqotchilarning hisob-kitoblari bo‘yicha har yili taxminan 500-1000 mlrd.AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ poklab olinadi (yuviladi), bu xalqaro savdo umumiy hajmining 10 foizga tengdir. Xorijiy kompaniyalar va banklarni ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyat yuritishning qulay shart-sharoitlari, bank sirlarini saqlash kafolatlari va siyosiy barqarorligi bilan o‘ziga jalb etuvchi “soliq bandargohlari” faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarda emas (Kayman va Bermud orollari kabi), balki rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud - masalan, Shveysariya yoki Lyuksemburg. Bunday bank markazlarining mijozlari bo‘lib sof mafiya tashkilotlari (birinchi navbatda narkobiznes bilan bog‘liq), hamda o‘z daromadlarini soliqdan yashiruvchi qonuniy transmilliy korporatsiyalar hisoblanishadi.
Kompyuter jinoyati. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori texnologiyali tovarlar bozorida qaroqchilik darajasi juda yuqoridir. Masalan, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida o‘g‘irlangan kompyuter dasturlari ulushi 25-35 foizni tashkil etadi. “Uchinchi dunyo” mamlakatlarida o‘g‘irlangan kompyuter dasturlari qisqarib borayotgan bo‘lsa, rivojlangan mamlakatlarda esa bir tekis rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiy josuslik. Raqobat bozor xo‘jaligining tamal toshi hisoblanadi, va bozorni egallash bo‘yicha kurashda transmilliy biznes o‘z raqobatchilaridan texnologiyalar va boshqa tijorat axborotini o‘g‘irlash usullaridan foydalanadilar. Iqtisodiy josuslik bilan, asosan, rivojlangan va yangi industrial mamlakatlar shug‘ullanadilar. Uning tashkilotchilari sifatida nafaqat tijorat firmalari, balki o‘z mamlakatining tadbirkorlariga ko‘mak berish maqsadida davlat xavfsizlik xizmatlari ham namoyon bo‘lishadi. Ushbu usullardan foydalanish natijasida raqobat o‘zining bozorga xos xususiyatlarini yo‘qotadi, uning iqtisodiy xususiyati zo‘ravonlik tusini ola boshlaydi.
Global miqyosda noqonuniy iqtisodiyotning muammolarini keng taraqqiy etishi parodaksal natijaga olib keladi. Milliy xo‘jaliklarni yagona global tarmoqqa integratsiyalashuvi iqtisodiyot ustidan nazorat kuchayishiga olib kelishi kerak edi. Bunday tendensiya mavjud, lekin u bilan birga diametral qarama-qarshi tendensiya mavjud: ko‘pgina geografik hududlar va iqtisodiyot sektorlari davlat va jamoat tashkilotlari nazoratidan chetda qolishadi. Lekin, shu bilan birga, ular jahon xo‘jaligiga integrallashgan bo‘lib qolaveradi, va aynan shu integratsiyalashuv ularning turli jinoiy faoliyatlarga ixtisoslashuvini rag‘batlantiradi.
1980-yillarda narkobiznes “imperiya”lari (birinchi navbatda, Lotin Amerikasi) tadqiqotchilari tomonidan “kul rang hududlar” termini qo‘llana boshlandi. Uchuvchilarning norasmiy lug‘atida radar yordamida ko‘rish imkoni bo‘lmagan hududlar shunday nomlanadi. Hozirgi vaqtda “kul rang hududlar” tushunchasi faqatgina geografik emas balki tarkibiy-iqtisodiy ma’noni kasb etmoqda.
Geografik “kul rang hududlar”. Bularga qonuniy hukumat tomonidan nazorat qilinmaydigan, “uchinchi dunyo” mamlakatlari xaritalarida oson topiladigan hududlar kiradi. Lotin Amerikasida bu Peru, Boliviya va, ayniqsa, Kolumbiyaning bir qator hududlari bo‘lib, u yerda hukumat narkopartizanlar (masalan, Kolumbiyaning inqilobiy qurolli kuchlari) va oddiy narkobanditlar qo‘lidadir. Osiyoda “kul rang hududlar” sifatida Afg‘oniston va Myanmaning ba’zi yerlari namoyon bo‘ladi. Afrikada “kul rang hududlar” vaqti- vaqti bilan fuqarolik urushlari bo‘lib turayotgan mamlakatlarda - Angola, Serra-Leone, Liberiyalarda joylashgan.
Yarim asr oldin bunday hududlarning barqaror mavjudligini tasavvur ham qilib bo‘lmas edi. Hozir esa, kontrabanda biznesini keng taraqqiy etishi, rasmiy hukumatni tan olmaydigan oppozitsion guruhlar barqaror moliyaviy bazalarga egalar: Lotin Amerikasi “kul rang hududlari” kokain narkotraffigiga tayanadilar, Osiyo “kul rang hududlari” - geroin narkotrafigiga, G‘arbiy Afrika “kul rang hududlari” - olmos kontrabandasiga tayanadilar.
Tarkibiy-iqtisodiy “kul rang hududlar”. Xalqaro moliya biznesi butun dunyoda sekin-asta kul rang tus olmoqda. Harom pullarni yuvish va daromadlarni yashirish bilan bog‘liq mojarolarda faqatgina Kayman orollarining banklari emas, balki Shveysariya, AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarning e’tiborli moliyaviy tuzilmalari ham aralashib qolishmoqda. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadal o‘sib boruvchi natijasi hisoblanmish xalqaro Internet-iqtisodiyot ham borgan sari kul rang tus olmoqda.
Globallashuv jarayonining raqiblari birinchi navbatda, ularning fikri bo‘yicha, global totalitarizm xavfini olib keluvchi “yangi xalqaro tartib”dan tashvishlanishadi. Umuman olganda, globallashuv jarayoni “xalqaro tartib”dan tashqari jinoiy globallashuv ko‘rinishidagi “xalqaro tartibsizlik”ga ham olib kelishi mumkin.
Nazorat savollari:
Jahon xo‘jaligining jinoiy “egizagi” deganda ni mani tushunasiz?
Shimol va Janubning o‘zaro munosabatlaridagi jinoiy global muammolar nimalardan iborat?
Noqonuniy migratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nimalardan iborat?
O‘zbekistonda norasmiy migratsiyani rasmiyga aylantirish uchun nima qilish kerak?
Narkobiznesning mohiyati va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari nimalardan iborat?
Terrorizmning iqtisodiy asoslari va oqibatlarini tushuntirib bering.
Narkomaniya va terrorizm iqtisodiy nazariyalaprini izohlang.
Shimol mamlakatlari rivojlanishining jinoiy global muammolarini izohlab bering.
Nima uchun xalqaro Internet-iqtisodiyot ham borgan sari kul rang tus olmoqda?
Jahon xo‘jaligining “kul rang hududlari” deganda nimalarni tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: |