1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Sun`iy tanlash natijasida g`o`zada xo`jalik uchun qimmatli belgilarning o`zgarishi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə21/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85
Evolyutsion tex xarita

4. Sun`iy tanlash natijasida g`o`zada xo`jalik uchun qimmatli belgilarning o`zgarishi
Sun'iy tanlash jarayonida inson o'zi uchun foydali belgi xossalarni mumkin qadar keskin o'zgartirishga harakat qiladi. Bo'rdoqi qo'y, cho'chqa zotlari, urug' bermaydigan o'simlik navlari, itlarning junsiz, shamolga qarshi ucha olmaydigan tovus kaptar zotlarini chiqarilganligi yuqoridagi fikrni tasdiqlovchi dalillardir.
5. D.K.Belyaev tajribasi
Darvin sun'iy tanlash bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlash imkoniyatiga ega bo'lmagan. 20-asrning ikkinchi yarmida rus akademigi D.K. Belyayev sun'iy tanlash yo'li bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi. U kumushsimon qora tulkilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning odamga nisbatan xattiharakati har xil ekanligini aniqladi. Tulkilarning bir guruhi odamga tashlanuvchan, o'ta tajovuzkor, ikkinchi guruhi odamga tashlanishga qo'rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan, uchinchi guruhi esa xotirjam izlanuvchi instinktli tulkilar ekanligi ma'lum bo'ldi. K.D. Belyayev uchinchi guruhga mansub erkak va urg'ochi tulkilarni ajratib, alohida urchita boshladi. Nasllar orasidan olim yana odamga tez ko'nikuvchi tulkilarni tanlab bordi. Bunday tulkilarning bir necha avlodida sun'iy tanlash o'tkazish natijasida xuddi xonaki itlarga o'xshash, ya'ni odamga tez o'rganadigan, erkala-ganda xursand bo'ladigan tulkilar chiqarildi. Xatti-harakatiga qarab o'tkazilgan sun'iy tanlash natijasida tulkilarning morfologik va fiziologik belgilari ham o'zgardi. Tajribada tashqi quloq suprasi osilgan, dumini esa gajak holda egib turadigan tulkilar olindi. Yovvoyi tulkilar odatda yilda bir marta aprelda urchisa, xonakilashtirilganlar esa ikki marotaba dekabr—yanvar va mart—aprel oylarida urchiganlar.
Inson sun'iy tanlashni olib borar ekan, o'simlik, hayvonlarning bar­cha belgi xossalarini emas, balki o'zi uchun ahamiyatli belgi xossalarni o'zgartirishni maqsad qilib qo'yadi. Shunga ko'ra organizmlarning inson ehtiyojiga mos bo'lmagan belgi xossalari sun'iy tan­lash natijasida o'zgarmay qoladi
Masalan, g'o'zaning turli navlari tez pisharligi, hosildorligi, tolasining texnologik sifatlari bilan birbirlaridan farq qilsalar ham, ularning barchasida gul, ildiz tuzilishi o'zaro o'xshash bo'ladi. Kapalakgulda, aksincha, gullari xilmaxil bo'lib, barglari o'zaro o'xshashdir. Chunki, kapalakgulda inson o'zining estetik ehtiyojiga mos gul tuzilishiga ahamiyat bergan. Bunday holatni hayvonlarda ham ko'rish mumkin. Chunonchi, jundor qo'ylarning juni yuqori baholanadi. Shu bois, bar xil qo'y zotlarining juni birbiridan keskin farq qiladi. Qoramollarda esa bunday emas.
Ba'zan korellyativ qonuniga binoan nav va zotlarda inson extiyojiga mos bo'lma­gan belgi xossalar bo'lishi mumkin.
Sun'iy tanlashni muvaffaqiyatli chiqishi:
1) tanlash uchun olingan organizmlarning son jihatdan ko'pligiga;
2) ulardagi individual o'zgaruvchanlikka;
3) tanlashni olib borayotgan shaxsning sinchkovligiga;
4) tanlash olib borilayotgan organizmlarning nazoratsiz chatishmasligiga;
5) tanlash ta'sirini irsiy o'zgaruvchanlik tufayli to'plana borishiga bog'liq bo'ladi. Muxtasar qilib aytganda, yangi, zot va navlarni yaratish metodi hisoblangan sun'iy tanlash o'zida birbirini to'ldiruvchi uch hodisani:
1) ko'zlangan maqsadga mos organizmlarni tanlash va saqlashni;
2) inson talablariga mos bo'lmagan organizmlarni yaroqsizga chiqarishni;
3) chatishtirish uchun zarur bo'lgan ota-ona formalarini saralashni mujassamlashtiradi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin