1-mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja



Yüklə 110,26 Kb.
səhifə4/12
tarix13.03.2023
ölçüsü110,26 Kb.
#87689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi

To‘rtinchi bosqichch - shaxslarda har bir fakt, alomat, ko‘rsatkich, hissa psixolgik jihatdan so‘z-mantiq orqali tahlil qilinadi.Barcha ilmiy-amaliy mulohazalar isbotlanadi, hech bir shubhaga, e’tirozlarga o‘rin qolmaydi. Na shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, o‘rganilishi zarur muammolarning ahamiyati va istiqboli uqtiriladi.
Endi tajribada eng ko‘p qo‘llanidagn emperik metodlar haqida kengroq ma’lumotberamiz.
Ko’zatish metodi. Yosh davri psixologiyasida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o‘zini o‘zi) ko’zatish turlari bor. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni ko’zatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi. 1) ko’zatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) ko’zatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining Yoshi, jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) ko’zatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 6) ko’zatish insoning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat, sport) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) ko’zatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o‘tkazilishi) tayinlanadi; 8) ko’zatilganlarni qayt qilib borish vositalar (kundalik, suhbat daftari,ko’zatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Ko’zatish orqali turli Yoshdagi odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi,xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolar o‘rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki psixik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etarli. Masalan, go‘dak bolani ko’zatishda uning xarakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-tuyg‘usi, talpinishi, mayli, hoxishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini ko’zatishda esa diqqatning hususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, xatti-xarakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyat tug‘iladi. O‘spirin Yoshlarning sport faoliyatini ko’zatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining xarakatini idora qila olishi yo’zasidan materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini ko’zatish natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi darajasi haqida keng ma’lumotlar yig‘iladi. Keksalarning muloqot jarayonini ko’zatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, hiy-tuyg‘usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashqi ko’zatishda ba’zan tafakkur bo‘yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini fikrning muayyan ob’ektiga yo‘naltirilganini, tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga, berilmaslikni, chehradagi tashrif va iztirobni, ko‘zdagi g‘ayri tabiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni ko’zatib tafakkurning kechishidagi o‘zgarishni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo‘lning titrashi, asabiylashish, nutqning bo’zilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o‘zini-o‘zi ko’zatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko‘pincha tajribali psixolog yoki yuqori ma’lakali o‘qituvchi o‘zini-o‘zi ko’zatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o‘z tafakkurini ko’zatib o‘zida emotsional o‘zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanzmlari vujudga kelishi va kechishi haqida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati mazmuni va mohiyati va qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro‘y berish ko’zatadi.
Chet el psixologiyasida o‘zini o‘zi ko’zatishning inson ruhiyatini o‘rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to‘plangan. Introspeksiya yo‘nalishining yirik namoyandalari o‘zlarini o‘zlari ko’zatganlar va to‘plagan materiallarini tahlil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga xarakat qilganlar lekin inson turli faziyatlarda o‘zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati katta emas.
SHunday qilib, ko’zatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.

Yüklə 110,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin