1. Mavzu: Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari Mavzu rejasi



Yüklə 393,29 Kb.
səhifə11/43
tarix20.09.2023
ölçüsü393,29 Kb.
#145672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
1. Mavzu Yuridik psixologiyaning maqsadi va umumiy vazifalari M

Kayfiyat tushunchasiga psixologik manbalarda turli nuqtai nazardan yondashilgan taqdirda ham mazmunan ular bir xillikni anglatadi. Jumladan K.Turg‘unov lug‘atida shaxsning kuchsiz yoki o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan nisbatan barqaror umumiy emotsional holati, A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya” darsligida kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi, deb ta’kidlanadi. Professor E.G‘oziev fikricha, kayfiyat shaxsning ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holatdir. Kayfiyat, ya’ni odamning xursand yoki g‘amgin kayfiyati hech vaqt sababsiz maydonga kelmaydi. Odam bajarayotgan biror ishning mavaffaqiyatli tugashi yoki imtihondan yaxshi o‘tish- yaxshi tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Qilayotgan ishingizni oldinga yurmasligi yoki ishga berilgan yomon baho odamda ma’yuslik, kuchiga ishonmaslik kayfiyatini tug‘diradi. Kayfiyatning xush yoki noxush bo‘lishi, birinchi navbatda odamning sihat-salomatligi bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ichimiz qattiq og‘rib turgan vaqtda kayfiyat chog‘ bo‘lmaydi.
Odatda odamda kayfiyatning u yoki bu turi, ya’ni xushchaqchaqlik xursandlik yoki g‘amginlik, ma’yuslik, tushkunlik ustun bo‘lishi mumkin. Ana shunga qarab odamlar xushchaqchaq, g‘amgin, sertashvish deb turli guruhlarga bo‘linadilar. Lekin shuni aytish kerakki, odam o‘z kayfiyatining quli bo‘lib, qolmay, uni boshqara bilishi kerak. O‘z kayfiyatini idora qila biladigan odamlarning har doim ruhi tetik, kayfiyati chog‘ va ishida unum bo‘ladi. Kayfiyatni idora qila olmaydigan odamlar bilan yashash juda qiyin bo‘ladi. Bunday odamlar arzimagan narsadan kayfiyatini buzib, to‘msayib yuradigan yoki arazlab yotadigan odamlar bo‘ladi. Bunday odamlarni odatda «sirkasi suv ko‘tarmaydigan» yoki «jahli burnini uchida turadigan» odamlar deyishadi. Agar odam har doim o‘ylab, aql bilan ish tutsa, kayfiyatini bo‘lgan bo‘lmagan narsalarga buzavermaydi. Inson kayfiyatini paydo bo‘lishiga va o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi quyidagi ikkita omillarni tahlil qilish lozim: Ulardan bittasi ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatli vaziyatdir: a) tabiiy omillarga taalluqli bo‘lgan vaziyat (havoning sovuqligi yoki issiqligi); b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va boshqalar. Ikkinchisini bir manba sifatida talqin qilish mumkin, bu-sub’ektiv, shart-sharoitlardir. Masalan, mehnat va o‘qish faoliyatiga kerakli vositalarning mavjudligi. Ikkinchi sub’ektiv munosabatlar, iliq psixologik muhit, muloqatmandlik maromi, rag‘batlantirish, muloqot o‘rnatish uslubi, shaxsiyatiga tegmaslik, teng xuquqlilik, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokozo.
Affekt tushunchasiga berilgan ta’riflarga asosiy e’tiborni qaratadigan bo‘lsak bu ham shaxsning kuchli emotsional holatlari bilan bog‘liqdir. K.Turg‘unovning lug‘atida aytilishicha, affekt tez va kuchli paydo bo‘lib, shiddat bilan o‘tadigan qisqa muddatli emotsional holatdir. A.V.Petrovskiyning “Umumiy psixologiya” darsligida affekt haddan ziyod tez kechishi bilan miyada paydo bo‘luvchi, shaxsni tez qamrab oluvchi, jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi jarayonlar ustidan irodaviy nazorat buzilishiga yetaklovchi organizm a’zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emotsional jarayonlarga aytiladi. M.Vohidov darsligida affekt to‘satdan tez paydo bo‘lib, tez orada o‘tib ketadigan nihoyatda kuchli hissiy holat sifatida e’tirof etiladi. Affekt lotincha so‘z bo‘lib, ruhiy hayajon ehtiros degan ma’noni anglatadi. Affektlar ko‘pincha to‘satdan paydo bo‘ladi va ba’zan bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishini ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlash singari birdaniga boshlanib ketadi. Ba’zan affektlar tormozlanish holati tarzida namoyon bo‘ladi va bunday holatda organizm bo‘shashib, harakatsiz bo‘lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko‘pincha odam birdaniga qo‘rqqanida, to‘satdan quvonganida va shu kabi holatlarda o‘zini yo‘qotib qo‘yish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Affekt holatini boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlarning barchasidan uzoqlashib, o‘z hissiyotining oqibati to‘g‘risida ham o‘ylamaydi, hatto tana o‘zgarishlari, ifodali harakatlar bilinmay boradi. Kuchli zo‘riqish oqibatida mayda kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po‘stini to‘liq egallay boshlaydi, qo‘zg‘alish po‘stloq osti nerv tugunlaridan oraliq miyada avj oladi, xolos. Buning natijasida shaxs hissiy kechinmasiga (dahshat, g‘azab, nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan o‘zida kuchli hohish sezadi.
Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha ko‘pincha hissiyotlar affektiv shaklda o‘tishi tajribalarda sinab ko‘rilgan. Jumladan: 1) teatr tomoshabinlarida; 2)tantana nashidasini surayotgan olomonlarda; 3) es-xushini yo‘qotgan telbasimon odamlarda; 4) ilmiy kashfiyot laxzasida; 5) tasodifiy qizg‘in uchrashuvlarda, jo‘shqin shodliklarda mujassamlashadi.
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o‘zini tushunish, o‘zini qo‘lga olish, uddalash qurbiga ega bo‘ladi. Ularning keyingi bosqichlarida irodaviy nazorat yo‘qotiladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi, o‘ylamasdan xatti-harakat qilinadi. Affektiv holatlar ma’suliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir bo‘ladi, lekin shaxs har bir harakati uchun javobgardir, chunki u aql-zakovatli insondir. Affektlar o‘tib bo‘lgandan keyin shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba’zi hollarda holsizlanish, barcha narsalarga loqayd munosabat, harakatsizlik, faollikning barham topishi, hatto uyquga moyillik yuzaga keladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, affektiv qo‘zg‘alish muayyan davrgacha davom etishi, ba’zan o‘qtin-o‘qtin kuchayishi yoki susayishi sodir bo‘lib turishi mumkin.
Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Profssor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi. Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.
Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:


  1. Yüklə 393,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin