1-Mavzu: Zamonaviy ta'lim texnologiyalari
Reja:
1. Ta’limda zamonaviy texnologiyalarning tuzilishi
2. Pedagogik, Zamonaviy pedagogik, innovatsion va multimedia
texnologiyalar haqida qisqacha tushuncha
Barkamol inson tushunchasi komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Darqaqiqat, biz har qanday odamga uning nechog`lik kamolotga erishganiga qarab baho beramiz. Jumladan, barkamol shaxs, barkamol ijod deymiz. G’oyat yetuklikni esa tabiat barkamolligiga qiyoslaymiz.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifalar sarasiga kiradi va ularni har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishga xizmat qiladi.
Xususan har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi.
Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bogiiq umumbashariy jarayonlar yuz bermoqda. "O'zbekiston innovatsion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o'tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu - mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti esa musthkam poydevori bo’lib xizmat qiladi”- deb ta'kidlaydi birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov.
Hozirgi paytda pedagogika fanida zamonaviy dars iborasi tez- tez tilga olinmoqda. Zamonaviy dars shunday darski, unda o’qituvchi o’quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy imkoniyatlarini .ishga solib, rivojlanishini t’aminlaydi. O’quvchi esa o’z navbatida bilimlarni chuqur o’zlashtiradi va ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.
Zamonaviy dars deganda qanday darsni tushunamiz, uning belgilari,
mezonlari qanday, u qanday shakillarga ega, u qanday uslubda o’tiladi, darsda
qanday usullardan foydalaniladi, unga qanday didaktik talablar qo’yiladi?
Kabi savollar tug’ilishi tabiiy.
Zamonaviy dars mezonlari va belgilari:
-dars o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan, o’qituvchi va o’quvchining o’zaro faol munosabatlariga asoslangan bo’ladi;
-dars jarayoni tabaqalashtirish va shaxsiy qobiliyatlariga yondashuv asosida amalga oshiriladi;
-dars o’quvchining yuqori darajadagi qiziqishi, xoxishlari, aqliy faolligi,muvaffaqiyatga erishuviga qaratiladi;
-dars o’quv materiali mazmuniga ko’ra tirliuslublar, vositalar, uslubiyatlarga suyanadi;
-darsda o’quvchining aqliy faoliyatini faollashtirishga e’tibor qaratiladi.
-darsda o’quvchi shaxsiyatini rivojlantirishga, birinchi navbatda, o’quvchining o’zini – o’zi boshqara olishiga qaratilgan mexanizm to’liq ishga solinib, shu orqali uning bilimga bo’lgan qiziqishi va xoxishi orttiriladi;
-dars sifati va samaradorligini t’min etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi; -darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi. O’quv materiali qiyinchiliklarini osonlik bilan yenga olishga e’tibor qaratiladi;
-darsda nazariya va amaliyot o’zaro bog’lanishda talqin etiladi.
Dars shakillari olib borilayotgan ta’lim jarayoniga tubdan o’zgartirishlar kiritadi. Ular quyidagilardan iboraе:
- aralash darslar;
-yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari,
-yangi ko’nikmalarni shakillantirish darslari,
- umumlashtiruvchi o’tilganlarni tizimlovchi darslar;
-bilim ko’nikmalarni tizimlovchi va nazorat etuvchi darslar;
- olingan bilim va ko’nikmalarni
-amaldda qo’llovchi darslar.
Olib borilishiga qarab ham ko’rinishlarni ifodalovchi dars turlari mavjud. Bular quyidagilar.
Dostları ilə paylaş: |