1 mavzu;Fanning maqsadi va vazifalari, Meyoriy xujjatlar turlari va toifalari Texnik hujjatlar


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda 6ta bosqich majburiy deb belgilanadi



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə17/20
tarix22.12.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#190411
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
texnik hujjatlarni tadim etish (amaliyot) (1)

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda 6ta bosqich majburiy deb belgilanadi


Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarining tartibga solish ta'sirni baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 6 iyuldagi "Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6019-sonli farmoniga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligining tartibga solish ta'sirini baholash hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raqobat muhitiga ta'sirini baholashi natijalari asosidagi xulosalari mavjud bo‘lsagina belgilangan tartibda qabul qilinadi:
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki ularga qo‘shimcha majburiyatlar yoxud qo‘shimcha xarajatlar joriy qilishni;
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga har qanday turdagi imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilash, shuningdek yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlarni berishni.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda quyidagi bosqichlar majburiy deb hisoblanadi:
birinchi – muammoni aniqlash (identifikatsiya qilish) va shakllantirish, shu jumladan ommaviy maslahatlashuvlarni o‘tkazish;
ikkinchi – "hech qanday choralar ko‘rmaslik" va "davlat aralashuvini istisno qilish" yoki "bozor mexanizmlaridan foydalanish" kabi muqobil qarorlar qabul qilishdan kutilayotgan natijalarni majburiy ko‘rib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatni yaratish, o‘zgartirish yoki bekor qilish orqali bunday aralashuvning yakuniy maqsadlarini ko‘rsatib, davlat tomonidan tartibga solishning maqsadga muvofiqligini aniqlash;

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin