boshqarish vositalari
1962
4
Telefon
1876
5
Kommutator
1878
19
Geostatsionar kosmik yo‘ldosh
orqali aloqa
1963
6
Radio
1898
7
Televideniye
1900
20
III-avlod kompyuterlari
1967
8
Kabel
1900
21
Mikroprotsessorlar
1971
9
Elektron-nur trubka
1930
22
III-avlod kompyuterlari
1971
10
Kserokopiya
1938
23
Informatsion aloqa to'rlari
1971
11
Kompyuter
1943
24
Kompyuterlararo aloqa to‘rlari
1971
12
Tranzistor
1949
13
I-avlod
1951
25
Optik-tolali kabel orqali
Informatsiyani uzatish tizimi
1979
14
Raqamli aloqa
1956
15
II-avlod
1959
26
V-avlod kompyuterlari
1982
7. Informatika fanini yuzaga kelishi va rivojlanishida elektron hisoblash mashinalari (EHM), dasturlash asoslari fani va boshqa texnik vositalarning o`rni beqiyos, chunki axborotlar bevosita EHMlar yordamida qayta ishlangan va bu fan o`zining yangi uslub va usullariga egadir. Demak, informatika bu inson faoliyatining turli jabhalaridagi axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug`ullanuvchi fandir. XXI asrning boshlariga kelib, ―axborot texnologiyalari fani vujudga keldi. Bunga sabab, axborotni qayta ishlash, boshqarish usullari, texnik va dasturiy ta`minotlarining rivojlanishi, Internet tizimining paydo bo`lishi, hujjatlar va tarixiy ma`lumotlar, jamiyat uchun ehtiyoj sezilgan barcha axborotlarning elektron ko`rinishiga o`tishi va undan keng omma foydalanish imkoniyatlarining kirib kelganligidir.
Informatika atamasi 60 yillar oxirida Fransiyada vujudga keldi. U axborot (information) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani Computer science deb ataladi.
Mustaqil fan sifatida informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
8. Kompyuter - inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko’p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo’lsa, ikkinchi tomondan ko’p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko’p uchrasa-da, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko’p ishlatib turiladi.
Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarining universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko’rsatkichlari yuqori bo’lgani uchun, ulardan ko’proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo’llanilmoqda.
9. Bugungi kunda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Ular bizga yozish, o‘qish, musiqa tinglash, film tomosha qilishimizga, ob-havo ma’lumotlari, internetdan foydalanish va hatto tibbiy tashhislar qo‘yishga yordam beradi. Kompyuterlar turlari shunchalik ko‘pki, yaqinda hatto muzlatgich yoki gaz plitasi ham to‘laqonli kompyuter bo‘lib qoladi. «Kompyuter» so‘zining o‘zi insoniyat tomonidan mana 115 yildan ortiq vaqt davomida foydalanilib kelishini ko‘pchilik bilmaydi.
Kompyuter (ingl. computer, «hisoblagich») — berilgan, aniq belgilangan ketma-ketlikda operatsiyalarni bajarishga qodir qurilma yoki tizimdir. Bu ko‘pincha raqamli hisoblashlar va ma’lumotlarni ishlab chiqish operatsiyalaridan iborat, biroq bunga kiritish-olish operatsiyalari ham kiradi. Operatsiyalar ketma-ketligi ta’rifi dastur deb ataladi.
Elektron hisoblash mashinasi, EHM — hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotni avtomatik ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi.
10. Elektr quvvati bilan ishlaydigan va elektron asboblar: diod, triod lampalari va relelar yordamida ishlaydigan hisoblash mashinalari hisoblash ishlarini avtomatlashtirishda tub o'zgarishlar yasadilar. Avvalgi mexanik qurilmalardan farqli ravishda bu mashinalarning deyarli barchasi ikkilik sanoq sistemasida ishlar edi.
Bunday mashinalarning nazariy asoslarini XX asrning 40-yillarida taniqli amerikalik matematik Jon fon Neyman ishlab chiqqan edi. Oradan 70 yil vaqt o'tgan bo'lsa-da va zamonaviy kompyuterlar birinchi elektron hisoblash mashinalaridan butkul farq qilsa ham, lekin ular ham fon Neyman tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida ishlaydilar.
Dastlabki elektron hisoblash mashinasi (kompyuter)ni yasashga urinish 1937–1942 yillarda AQShning Ayova shtati universitetida professor Jon Atanasov va aspirant Klifford Beri tomonidan amalga oshirildi. Unda birinchi marta registrlar elektron lampalarda, tezkor xotira esa kondensatorlarda qurilgan edi. Bu loyiha haqidagi ma'lumot institutdan tashqariga chiqmagan va unda ba'zi mexanik qurilmalar bo'lishiga qaramay, aynan shu ABC nomli kompyuter birinchi kompyuter hisoblanadi.
1941-yil — Konrad So`ze zamonaviy kompyuter barcha xususiyatlariga ega birinchi Z3 hisoblash mashinasini yaratadi.
1942-yil — Ayova shtati Universitetida Jon Atanasov va uning aspiranti Klifford Berri (ingl. Clifford Berry) AQSH’da birinchi AVS elektron raqamli kompyuterini yaratadilar (aniqrog‘i — ishlab chiqadilar va yig‘a boshladilar). Ushbu mashina oxirigacha yetkazilmagan bo‘lsa ham (Atanasov harakatdagi harbiy xizmatga ketdi), tarixchilar yozishlaricha u ikki yil keyin ENIAK EHM’ni yaratgan Jon Moqliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1943-yil boshi — Amerika XDF murakkab ballistik hisoblashlarini bajarishga mo‘ljallangan Mark I dastlabki amerika hisoblash mashinasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
1943-yil oxiri — Colossus maxsus mo‘ljallangan britaniya hisoblash mashinasi ishlay boshladi. Mashina maxfiy kodlarni tahlil qilish ustida ishladi.
1944-yil — Konrad So`ze yanada tezroq ishlovchi Z4 kompyuterni hamda birinchi yuqori darajadagi Plankalkyul dasturlash tilini yaratadi.
1946-yil — birinchi ENIAK universal elektron hisoblash mashinasi yaratildi.
1948 yili amerikalik Shotkli familiyali fizik tomonidan tranzistor deb ataluvchi yarim o'tkazgichli asbob yaratildi. Tranzistorlar lampalardan o'lchamlari, kam energiya iste'mol qilishlari, eng asosiysi, ishonchliligi, ya'ni uzoq vaqt ishdan chiqmasligi bilan ajralib turar edilar va ular tezda elektron lampa – triodni iste'moldan siqib chiqara boshladilar.
1957-yil — amerikaning NCR firmasi birinchi tranzistorlarda ishlaydigan kompyuterni yaratdi.
1958-yil — N. P. Brusentsov hamfikrlari guruhi bilan hisoblash pozitsion simmetrik uchlik tizimi bilan «Setun» birinchi uchlik EHM’ni yaratdi.
Yarim o'tkazgichli triod – tranzistor va diod keng qo'llanilgan sohalardan biri elektron hisoblash mashinalari edi. 1955 yilda Bell kompaniyasining ilmiy izlanishlar bilan shug'ullanuvchi Bell Laboratories firmasi tomonidan to'liq yarim o'tkazgichlardan iborat TRADIC deb nomlangan hisoblash mashinasini yaratildi. Bu mashina 800 ta tranzistordan iborat bo'lib, kompyuterlarning ikkinchi avlodiga tegishli birinchi mashina edi.
11. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo’lish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |