1-mavzu:"Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash


-mavzu: Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillarini inson organizmiga ta’sirini hisoblash



Yüklə 108,46 Kb.
səhifə3/12
tarix16.12.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#183069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Hayot faoliyati xavfsizligi

3-mavzu: Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillarini inson organizmiga ta’sirini hisoblash.

  1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi deganda nima tushuniladi?

  2. Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga qanaqa ta`sir ko`rsatadi?

  3. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari nimalarga asoslangan?

  4. Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillari deganda nimani tushunasiz ?

Javoblar:





  • Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi deganda nima tushuniladi?

Javob: Mehnat gigiyenasi – tibbiyot fanining bir qismi bo‘lib, ish sharoitlarining inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga уo‘naltirilgan sanitariya-gigiyena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi.Ishlab chiqarish sanitariyasi – bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar-texnik tadbirlar hamda vositalar tizimidir.Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishdan iboratdir.

  • Iqlim ko`rsatkichlari va uning inson salomatligiga qanaqa ta`sir ko`rsatadi?

Javob: Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko`rsatkichlar, havoning harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo`lib, hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmidagi biologik o`zgarishlarga katta ta`sir ko`rsatadi
Inson tanasidagi doimiy mo``tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy nerv a`zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi.



  • Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari nimalarga asoslangan?

Javob: Ishlab chiqarish mikroiqlimi me`yorlari mehnat xavfsizligi. Standartlari tizimi “Ish mintaqalari mikroiqlimi” (GOST 12.1005-76) ga asosan belgilangan. Ular gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan. Ishlab chiqarish korxonalardagi binolar, yil fasllari va ish toifalariga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me`yorlari belgilangan bular a) Yengil jismoniy ishlar (1-toifa) b) O`rta og`irlikdagi ishlarga (2 toifa) v) Og`ir jismoniy ishlar (3 toifa)

  • Ishlab chiqarishning zararli va zaharli omillari deganda nimani tushunasiz ?

Javob: Davlat standarti bo’yicha inson sog’ligiga ta’sir etuvchi xavfli moddalar 4 sinfga ajratilgan:
1-sinf - favqulotda xavfli moddalar, REM0,1 mg/m3;
2-sinf- yuqori xavflilikdagi moddalar, REM=0,1…1,0 mg/m3;
3-sinf- o’rtacha xavflilikdagi moddalar, REM=1,0…10 mg/m3;
4-sinf- kam xavflilikdagi moddalar, REM>10 mg/m3 Yuqorida keltirilgan zararli changlar, gazlar, agressiv va zaharli moddalardan himoyalanish birinchi navbatda ish joyi havosi tarkibini o’rganish va uni REM talablari bo’yicha muvofiklashtirishni talab etadi. Buning uchun chang miqdorini aniqlashda aspiratordan, gaz miqdorini aniqlashda UG-2, GX-2 markali gaz analizatorlaridan foydalaniladi

Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin