a) birinchi bosqichda har bir tuman bo’yicha o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklari soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, bunda: - har bir tuman (shahar) da so’rov o’tkazilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklari soni; - tuman (shahar) dagi uy xo’jaliklari soni;
b) ikkinchi bosqichda uy xo’jaliklari o’rganiladigan aholi punktlari aniqlanadi, bunda:
tanlab olingan aholi punktlari yonma-yon chegaralarga ega bo’lmasligi kerak;
tuman markazlari va ulardan yiroqda joylashgan aholi punktlari majburiy tartibda o’rganilishi kerak;
har bir tumanda kamida 5 ta aholi punkti (tuman markazi ham shu jumlaga kiradi) o’rganilishi kerak;
har bir shaharda yonma-yon chegaralarga ega bo’lmagan kamida 5 ta mahalla o’rganilishi kerak.
Aholi punktlarini tanlash tuman (shahar) statistika bo’limi bilan kelishgan holda Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan amalga oshiriladi;
v) uchinchi bosqichda har bir aholi punktida o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklari soni aniqlanadi;
g) to’rtinchi bosqichda aholi punktlarida (mahallalarda) mavjud bo’lgan uy xo’jaliklari ro’yxatlari asosida o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining aniq ro’yxati aniqlanadi.
Bunda tanlashning quyidagi tartib-qoidasini nazarda tutadigan "proportsional bosqichma-bosqich tanlash" usulidan foydalaniladi:
- mazkur aholi punktida (mahallada) joylashgan uy xo’jaliklarining hisoblangan sonini o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining hisoblangan soniga bo’lish yo’li bilan "tanlash bosqichi" aniqlanadi. Masalan, tanlab olingan aholi punktida 300 ta uy xo’jaligi mavjud bo’lib, o’rganiladigan uy xo’jaliklari soni esa 30 tani tashkil etishi kerak bo’lsa, "tanlash bosqichi" "10" ni (300:10) tashkil etadi;
- har bir uy xo’jaligiga ranjirlangan tartib raqami berilib, umumiy uy xo’jaliklarining sonidan "tanlama to’plam"ga uy xo’jaliklari tanlab olinadi.
Uy xo’jaliklari so’rovi Davlat statistika qo’mitasi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus so’rovnoma bo’yicha amalga oshiriladi.
Tanlab olingan uy xo’jaliklarining mehnatga layoqatli yoshdagi barcha a’zolari so’rab chiqilishi kerak, ular hozir bo’lmagan taqdirda esa, hozir bo’lmagan uy xo’jaliklari a’zolariga tegishli javoblarni uy xo’jaligining boshqa vakolatli a’zosidan olinadi.
So’rovni amalga oshirgan xodimlardan uy xo’jaliklari so’rovining to’ldirilgan so’rovnomalarini qabul qilish Bandlikka ko’maklashish markazining ishga joylashtirishga muhtoj bo’lgan aholini hisobga olish va ular bo’yicha ma’lumotlar bankini shakllantirish bo’limi boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.
To’ldirilgan so’rovnomalarni qabul qilishda:
so’rab chiqqan xodim tomonidan uy xo’jaliklari so’rovining aniq tarzda tanlanishiga rioya qilinganligi;
so’rovnoma savollari to’liq to’ldirilganligi;
so’rovnoma savollariga javoblarning mantiqliligi va bir-biriga zid emasligini tekshirish ta’minlanishi kerak.
Uy xo’jaliklari so’rovi o’tkazilishining sifati uchun javobgarlik uy xo’jaliklari so’rovini o’tkazgan xodimga va so’rovnomani qabul qilib olgan shaxsga yuklanadi.
So’rovnoma materiali qabul qilib olingandan keyin uni qayta ishlash maxsus kompyuter dasturi yordamida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish (ma’lumotlarni kompyuterga kiritish) Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar kompyuterga to’liq kiritilgandan keyin ma’lumotlar bazasi har bir tuman bo’yicha alohida fayllar shaklida keyinchalik uzil-kesil puxta ishlash va tahlil qilish uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuboriladi.
Ma’lumotlarni puxta ishlash va tahlil qilish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
ma’lumotlar bazasini shakllantirish (kompyuterga kiritish) - hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 1-kunigacha;
har bir tuman bo’yicha yig’ma jadvallarni puxta ishlash va olish - hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 10-kunigacha;
tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma va tahliliy jadvallarni tayyorlash - hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 15-kunigacha.
Barcha mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarni ro’xatidagi ishchilar soniga doimiy, mavsumiy, vaqtincha bir va undan ortiq kunga ishga qabul qilinganlar hisoblanadi.
Bu ko’rsatkich har bir kalendar kuniga barcha ishga kelgan ishchilar ishdan qatnashidan qatiy nazar ya’ni ishlayotganlar, ishlamayotgan vaqti (prostoe) xizmat safari, kasallik bo’yicha ishga kelmayotganlar: davlat va jamoa topshiriqlarini bajaruvchilar, qishloq xo’jalik ishlariga jalb qilinganlar, malakasini oshirishdagi, mehnat ta’tilidagi va boshqalar.
Ro’yxatdagi aholi soniga qo’shilmaydilar, korxona va tashkilot ro’yxatida turmaydiganlar, o’rindoshlar, ishga jalb qilinganlar.
Ishchilarning ro’yxatdagi soni har kuniga quyidagicha aniqlanadi: ,
bu erda: - ishga kelganlar; – ishga kelmaganlar.
Statistikada mehnat resurslaridan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida quyidagi ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
1. Iqtisodiy faol aholi koeffitsenti:
– iqtisodiy faol aholi,
- aholini o’rtacha soni.
2. Mehnat resurslarining bandlik koeffitsenti:
bunda, - band bo’lgan aholi soni.
3. Iqtisodiy faol aholining yuklama koeffitsenti:
bunda, – iqtisodiy nofaol aholi.
4. Ishsizlik koeffitsenti:
– ishsiz aholi soni.
5. Ro’yxatdan o’tgan ishsizlar koeffitsenti:
– ro’yxatdan o’tgan ishsizlar.
6. Aholi tarkibining samaradorlik koeffitsenti:
– 16 yoshgacha bo’lgan aholi
Mehnat bozorini tahlil qilishning statistik ko’rsatkichlar tizimi, qo’yilgan maqsadga ko’ra, bir qancha blok va guruhlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, ishchi kuchining shakllanishi nuqtai nazaridan, mehnat yuklanishining quyidagi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega: mehnat o’rnini bosish , nafaqa yuklanishi va umumiy mehnat yuklanishi koeffitsientlari . Ish bilan band xodimlarning amaldagi sonini mehnat unumdorligining o’rtacha darajasi va ishlab chiqarishning o’rtacha texnik darajasida ushbu ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xodimlarning soni bilan taqqoslash orqali to’liq bo’lmagan ish bilan bandlikni hisob-kitob usulida aniqlash mumkin.