Masala № 1 Joriy yildagi bozor savatining bahosi shu yilning narxlarida 120 mlrd. so’m, joriy yildagi bozor savatining bahosi bazis yili narxlarida 50 mlrd. so’m bo’lsa, joriy yil deflyatori aniqlansin.
Masala № 2 Fabrikada 7500 metr mato ishlab chiqarish uchun 280 mln. so’m sarflangan. Ishlab chiqarilgan matoning 1 metri fabrika uchun necha so’mdan tushgan.
Masala № 3 Korxonada yil davomida maxsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bunda maxsulot tannarxi 7500 so’mni, tarmoq foydasi 3975 so’mni, tarmoqda ishlov berish qiymati 1890 so’mni, maxsulotga ishlov berish qiymati 2340 so’mni tashkil qilgan. SHu korxonada konkret buyumni bahosi hisoblansin.
Masala № 4 Ishlab chiqaruvchi firma, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi firma, chakana savdo firmasi, Xaridor tizimida quyidagilar ma`lum bo’lsin: bitta maxsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajat 5000 so’m, ulgurji savdo xarajatlari 1000 so’m, chakana savdo xarajatlari 1500 so’m. Taqsimlash kanali har bir qatnashchisi foydasi maxsulot tannarxining 20 % ga teng. Xaridor maxsulotni qanday narxda sotib oladi.
Masala № 5 Ishlab chiqaruvchi korxona, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi korxona, chakana savdo korxonasi xaridor tizimida quyidagilar ma`lum bo’lsin: maxsulot tannarxi 10000 so’m, ulgurji savdo xarajatlari 1000 so’m, chakana savdo xarajatlari 2000 so’m, Taqsimlash kanalining har bir qatnashchisi foydasi maxsulot tannarxining 15 % ga teng. Xaridor maxsulotni qanday narxda sotib oladi ?
Masala № 6 Korxona bir tur maxsulotdan 50 dona, ikkinchi tur maxsulotdan esa 100 dona sotsa, 501000 so’m daromad qiladi. Agar birinchi turdan 80 dona, ikkinchi turdan 90 dona sotganda 780000 so’m daromad qilgan bo’lar edi. Xar bir maxsulotning narxini toping.
TESTLAR 1. Quyidagilarning qaysi biri korxona raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradigan tovarlar va xizmatlar bahosiga kiradi: A) Sirpanib, pasayib boruvchi baho
B) Ishlab chiqarishdan olib tashlangan
V) Imtiyozli baho
G) SHartnoma asosidagi baho
D) Noto’g’ri javob yo’q.
2. Korxonaning maxsuloti va resurslariga baho qo’yishda quyida keltirilganlarning qaysini hisobga olish zarur: A) Baholarni erkin belgilash
B) SHartnoma-bitimlar asosida baho belgilash
V) Davlat yoki mahalliy boshqaruv idoralarining bevosita nazorati ostida baho belgilash
G) Noto’g’ri javob yo’q.