1.Меҳнат статистикасида қандай иш вақти фондлари мавжуд?
2.Иқтисодий фаол ва нофаол аҳоли ҳақида тушунча?
3.Иш вақти фондларининг таркиби?
4.Kалендар иш вақти фондидан фойдаланиш моҳияти ва формуласи?
5. Табел иш вақти ва календар иш вақти фондидан фойдаланиш формуласи қандай ва тариф беринг?
6. Тузилмавий ва конюктир ишсизликка тариф беринг?
7.Технологик ва фриксион ишсизликка тариф беринг?
8. Кўринмайдиган нотўлиқ бандликка тариф беринг?
9.Фриксион ишсизликка тариф беринг?
10.Қандай иш вақти фондларини биласиз?
11.“Меҳнат статистикаси” фанининг предмети ва услуби.
12.Меҳнат ҳаққига тариф беринг?
13.Ишчи кучи қиймат кўрсаткичлари нечта вазифаларни бажаради?
14.Иш ҳаққига тариф беринг?
15. Қандай иш вақти фондларини биласиз?
16. “Меҳнат статистикаси” фанининг предмети ва услуби.
17. Аҳоли турмуш даражаси тушунчаси тариф беринг?
18.Потенциал меҳнат ресурсларига тариф беринг?
19. БМТнинг Статистика комиссияси қуйидаги кўрсаткичларни ажратишни тавсия қилган ?
20.Иқтисодий фаол аҳоли ҳақида тушунча?
21. Иш ҳақи нечи хил усулда ҳисобланади?
22. Потенциал меҳнат ресурсларига тариф беринг?
23. Номинал даромаднинг таркиби тариф беринг?
24.Иқтисодий нофаол аҳоли ҳақида тушунча?
25. Иш билан бандлик мақоми бўйича гуруҳ тариф беринг?
26.Потенциал меҳнат ресурслари ҳақида тушунча ва унинг моҳияти ?
27.Ишчи кучининг таклиф кўрсаткичларини тарифланг?
28.Ишчи кучининг талаб кўрсаткичларини тарифланг?
29. Ҳақиқий меҳнат ресурсларига тарифлаб беринг?
30.Ишчи кучи таклифи нечта котегорияга бўлинади?
31. Ички миграция ва Ташқи миграцияга тарифлаб беринг?
32.Ишсизлар категориясига таъриф берилсин?
33. Маятник миграция ва Доимий миграцияга тариф беринг таркиби?
34.Фриксион ишсизликка тариф беринг?
35. Потенциал таклиф ҳажми тариф беринг?
36. Меҳнат статистикасида қандай иш вақти фондлари мавжуд?
37. Аҳолининг номинал ва реал даромадлари тариф беринг?
38.Иш вақти фондларининг таркиби?
39.Иқтисодий фаол ва нофаол аҳоли ҳақида тушунча?
40. Аҳолининг иш ҳақи ва даромадлари нечи хил усулда аниқланади.?
Aholining ish haqi va daromadlari ikki variantda aniqlanishi mumkin: nominal va real.
Nominal ish haqi va daromadlar ushbu ko‘rsatkichlarning joriy narxlarda pul ko‘rinishidagi ifodasidir. Real ish haqi va daromadlar o‘z ish haqi va daromadiga qancha moddiy ne’matlar va xizmatlarni xarid qilish mumkinligini ifodalaydi. Real va nominal daromadlar orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud:
Rdaromad, ish haqi = Ndaromad, ish haqi : Iini
bu еrda, Rdaromad, ish haqi – real ish haqi yoki daromad;
Ndaromad, ish haqi – nominal ish haqi yoki daromad;
Iini – iste’mol narxlari indeksi.
41. Тузилмавий ва конюктир ишсизликка тариф беринг?
Tuzilmaviy ishsizlik – ishchi kuchi talab va taklifi miqdorini kasbiy va geografik nomuvofiqligi oqibati hisoblanadigan ishsizlik.
Kon’yunktur ishsizlik – butun iqtisodiyot doirasida tovar hamda xizmatlarga talabning pasayishi (kon’yunktur o‘zgarishlar) sababli ishchi kuchiga talabning kamayishi oqibatida paydo bo‘ladigan ishsizlikdir.
42. Меҳнат ҳақи ва Иш ҳақига тариф беринг?
Mehnat haqi aholining pul va natura ifodasidagi barcha daromadlari bo‘lib, u iqtisodiy faoliyat jarayonida hosil bo‘ladi va ish haqi, choy puli va boshqalaroshqalarni o‘z ichiga oladi. Ish haqi yollanma xodimlarga, qoidaga ko‘ra, muntazam vaqt oralig‘ida ishlangan va ishlanmagan vaqt uchun pul va natura shaklida to‘lanadigan rag‘batlantirishdir.
Hozirgi kunda ish haqining darajasi va dinamikasini hisobga olish u yoki bu shaklda amalga oshirilishi mumkin. Ammo turli manbalarda ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bir-biridan jiddiy farq qiladi: korxonalar (ish beruvchilar)ning ma’lumotlari eng yuqori hisoblanadi; ijtimoiy ta’minot va sug‘urta organlari (kasalxona kassalari, nafaqa fondlari va boshqalaroshqalar)ning ma’lumotlari ancha pastroq; kasaba uyushmasining ma’lumotlari undan ham pastroq bo‘ladi. So‘zsiz, kasaba uyushmalarining ma’lumotlari ko‘proq darajada ishonchli bo‘ladi.
43.Табел иш вақти ва календар иш вақти фондидан фойдаланиш формуласи қандай ва тариф беринг?
Ish kuchidan to‘laroq foydalanish maqsadida, ish vaqti o‘rganiladi. Agar mehnat uning davomiyligi bilan o‘lchansa, ish vaqti esa kalendar vaqtning bir qismi bo‘lib, ishchining shu kalendar vaqtida ishlagan vaqtini ifodalaydi. Mehnat statistikasi amaliyotida ko‘proq ishlangan ishchikun va ishchisoat o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.
Ish vaqti fondlari: kalendar, tabel va maksimal imkoniyatli vaqt fondlariga bo‘lib o‘rganiladi. Qay darajada shu vaqtlardan foydalanish darajasini o‘rganish maqsadida nisbiy miqdoridan foydalaniladi. Bu nisbiy miqdoridan faqat maksimal imkoniyatli ish vaqti fondidan yuz foizga foydalanish mumkin, agar ishni tashkil etish yuqori o‘rinda bo‘lsa, ish vaqtidan foydalanishni o‘rganishda, belgilangan ish davrining (kun, hafta, oy, yil) davomiyligi va haqiqiy ish davrining davomiyligi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar bir-biriga nisbatan, qay darajada belgilangan ish davri davomiyligidan foydalanilganlikni ko‘rsatadi.
44.Кўринадиган нотўлиқ бандликка тариф беринг?
Ko‘rinadigan noto‘liq ish bilan bandlikni ta’riflashda band aholi sonini ish vaqtining davomiyligi (haftadagi ish soatlari yoki kunlarining soni) bo‘yicha guruhlash juda muhim hisoblanadi.
Jumladan, XMT haftadagi ish soatlarining miqdori bo‘yicha ish bilan bandlar sonini quyidagicha guruhlashni tavsiya qiladi:
- 15 soatdan kam;
- 15 soatdan 31 soatgacha;
- 32 soatdan 34 soatgacha;
- 35 soatdan 39 soatgacha;
- 40 soatdan 44 soatgacha;
- 45 soatdan 47 soatgacha;
- 48 soat va undan ortiq.
Ish bilan bandlar sonini haftadagi ish kunlari soni bo‘yicha guruhlash quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
- 1 kun;
- 2 kundan 4 kungacha;
- 5 kun va undan ortiq.
Ko‘rinadigan noto‘liq ish bilan bandlikni tahlil qilishda noto‘liq bandlar sonini to‘la ish vaqtida band bo‘lgan shaxslar soniga qiyoslash, muvofiq keluvchi ulushlarni esa iqtisodiyot tarmoqlari va kasb guruhlari bo‘yicha alohida hisoblash maqsadga muvofiqdir.
45.Мустақил бандлик?
a) “ishlayotgan xo‘jayin” – hisobga olish davrida naqd pul yoki natura ko‘rinishida foyda yoki oila daromadi olish maqsadida ishlayotgan shaxslar;
b) “ishlamayotgan xo‘jayin” – o‘z biznesiga ega bo‘lgan, lekin vaqtincha qandaydir sababga ko‘ra faoliyat yuritmayotgan shaxslar.
Xalqaro statistika nashrlarida ”ba’zi ish” degan tushuncha ham uchrab turadi. Ushbu tushuncha kamida bir haftada bir soat bajariladigan ish sifatida talqin qilinadi.
Kasallik yoki jarohat, bayram yoki ta’til, ishlash yoki korxona yopilishi, bilim olish yoki kasbiy qayta tayyorlash, homiladorlik yoki farzandining kasalligi, shtat qisqartirilishi, ishlab chiqarishning to‘xtab qolganligi, vaqtinchalik qayta tashkil etish yoki vaqtincha ishni davom ettirishning yomon obi-havo, mexanik yoki elektrik buzilishlar, hom-ashyo, material yoki yoqilg‘ining tanqisligi sababli imkoni bo‘lmaganli uchun ishda vaqtincha bo‘lmagan, ammo ish bilan rasman aloqasini saqlab qolgan shaxslar “haq to‘lanadigan bandlik”da hisobga olinishlari kerak.
Harbiy xizmatchilar “haq to‘lanadigan bandlik”ka kritilib, domimy va vaqtincha xizmatchilarga ajratilishlari kerak.
XMT ta’rifiga ko‘ra ishsizlar – minimal ish yoshidan katta bo‘lgan va hisobga olish davrida:
a) “ishsiz, ya’ni “haq to‘lanadigan bandlik” yoki “mustaqil bandlik”da bo‘lmaganlar;
b) “haq to‘lanadigan bandlik” yoki “mustaqil bandlik”da “ishlash uchun hoziroq tayyorlar”;
v) “haq to‘lanadigan bandlik” yoki “mustaqil bandlik”da ishlash uchun konkret xarakat qilib “ish qidirganlar”. “Konkret” xarakatlar sifatida: davlat yoki xususiy bandlik birjalarida qayd qilinish; ish beruvchilarga arizalar taqdim qilish; fermalar, fabrika eshiklari oldi, bozorlar va boshqa joylarda ish qidirish; ish qidirayotganligi to‘g‘risida e’lonlar joylashtirish yoki gazetada ish taklif etilgan tashkilotlarga javob yuborish; o‘rtoqlari va qarindoshlariga yordam so‘rab murojat qilganlar; o‘z ishini ochish uchun еr, bino, mashina va uskunalar, moliyaviy resurslarni sotib olish yoki ijaraga olishga xarakatlar; qandaydir faoliyatni olib borish uchun ruxsatnoma, litsenziya va h.k.larni kutayotgan
46. Потенциал меҳнат ресурслари тариф беринг?
47.Меҳнат бозори тариф беринг?
48.Вақтбай ва ишбай иш ҳаққини тарифлаб беринг?
Hozirgi kunda ish haqining ikki asosiy shakli: vaqtbay va ishbay turi mavjuddir.
Vaqtbay ish haqi ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ikki ko‘rinishga ega:
- vaqtbay mukofotli;
- oddiy mukofotli.
Ishbay ish haqi bajarilgan ish miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Uning bir necha turlari bor:
- bevosita ishbay (bunda ish xaqi bajarilgan ish hajmidan qat’inazar o‘zgarmaydi);
- ishbay progressiv (bunda bajarilgan ish xaqi bajarilgan ish hajmiga ko‘ra ortib boradi);
- ishbay mukofotli;
- akkord ish haqi (alohida ish turlarini bajarish ish beruvchi bilan yollanma ishchi o‘rtasida akkord shartnomasini tuzish natijasida aniqlanadi).
49. Потенциал меҳнат ресурслари тариф беринг?
50.Ишчи кучининг талаб кўрсаткичларини тарифланг?
Korxona va tashkilotlardan bevosita yig‘iladigan ma’lumotlar asosida talab statistikasini o‘rganishni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborot olishni ko‘zda tutib tashkil etish maqsadga muvofiqdir:
- hisobot davri boshiga bo‘sh ish joylari (talab etiladigan xodimlar)ning soni;
- yil boshidan band etilgan bo‘sh ish joylari;
- hisobot yili oxiriga bo‘sh ish joylari (talab etiladigan xodimlar)ning soni;
- yilning yaqin chegarasidagi qo‘shimcha ish joylari (kutilayotgan bo‘sh joylar)ning soni.
Statistika bu ma’lumotlardan ishchi kuchining qo‘shimcha taklifi va talabi o‘rtasidagi nisbatni ifodalashda foydalanadi. Qoidaga ko‘ra, mehnat birjalarida ro‘yxatga olingan bo‘sh joylar sonining dinamikasi ishsizlar soni dinamikasiga qarama-qarshi bo‘ladi. Barcha mamlakatlarda ishsizlar soni ortib, bo‘sh ish joylari va egallanmagan lavozimlar soni kamayib boradi.
Ish bilan band bo‘lganlar va ishsizlar soni, tuzilmasi va dinamikasi, shuningdek, bo‘sh joylarning borligi va tuzilmasini o‘rganishdan tashqari statistika ish bilan bandlikni kengaytirish va ishsizlikni qisqartirishga yo‘naltirilgan tadbirlarning miqdor tomonini ham aks ettiradi. Bu tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- qo‘shimcha ishchi kuchini yollagan holatlarda tadbirkorlar uchun ijtimoiy to‘lovlarni pasaytirish;
- ishsizlar yoki singan tadbirkorlarga kichik oilaviy korxonalarni tashkil etishlarida davlat yordamini ko‘rsatish (bunday hollarda ular pul yordami va boshqalarepul maslahatlar olishadi);
- xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bu davlat tomonidan bepul yoki kredit ko‘rinishida yohud tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi, buning uchun tadbirkorlarga davlat ularga soliqlarni kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlarni beradi;
- ishsizlarni kun kechirish uchun mablag‘lar bilan ta’minlashga maxsus mo‘ljallangan jamoat ishlarini tashkil etish;
- ichki va tashqi immigratsiyada yordam ko‘rsatish;
- qoloq joylarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
- pensiya oldi yoshidagi shaxslarning ishdan ketishlarini rag‘batlantirish;
- muvofiq keluvchi ma’lumot va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan yoshlarni ishga joylashtirishni rag‘batlantirish.
Aholining iqtisodiy faolligini tasniflashda ish bilan bandlik va ishsizlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan tashqari, hozirgi kunda noto‘liq ish bilan bandlikni o‘rganish hamda uni statistikada aks ettirish muammosi dolzarb bo‘lib bormoqda. Ko‘rinadigan noto‘liq ish bilan bandlik, asosan statistik tushuncha bo‘lib, uni ishchi kuchini tadqiq qilish va boshqa tadqiqotlar doirasida bevosita o‘zgartirish mumkin. U ish bilan bandlik hajmining еtarli emasligini (noto‘liq ish kuni, noto‘liq ish haftasini) aks ettiradi.
51.Ишсизликнинг нечта тури мавжуд ва уларга тарифлаб беринг?
52.Ишчи кучи таклифи нечта котегорияга бўлинади?
53. Меҳнат ресурслари сони ўзгаришига таъсир этувчи омиллар?
Mehnat resurslari aholining bir qismi bo‘lib, aholi sonining o‘zgarishiga ta’sir etadigan omillar, mehnat resurslari o‘zgarishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan demografik omil:
-tabiiy harakat: tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o‘sish va h.k.
- mexanik harakat: aholi migratsiyasi.
Aholi va ish kuchi harakatining quyidagi migratsiyasi tasnifini ko‘rib chiqamiz:
1. Makon belgisi bo‘yicha.
Ichki migratsiya davlat miqyosida bir ma’muriy-hududiy birlikdan boshqasiga ko‘chish, hududlararo, viloyatlararo, shahardan qishloqqa va qishloqdan shaharga va h.k. Tashqi migratsiya davlat chegarasidan o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan harakat. Mazkur davlatda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilish uchun boshqa davlatdan ko‘chib kelayotganlar - emigrantlar. Boshqa davlatdan mazkur davlatga vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilish uchun ko‘chib kelayotganlar - immigrantlar.
2. Muddati bo‘yicha: - doimiy; - vaqtincha; - mayatnik turlardagi migratsiya o‘rganiladi.
Doimiy migratsiya belgilangan muddat oralig‘ida mazkur davlatga doimiy istiqomat qilish uchun ko‘chib kelganlar yoki undan ko‘chib ketganlar soni bilan ta’riflanadi. Doimiy istiqomat qilish joyini o‘zgartirmasdan joriy ehtiyojlarini qondirish maqsadida mazkur davlatga kirib kelganlar soni-vaqtincha migratsiyani tashkil etadi. Mavsumiy ish kuchi vaqtincha migratsiyadan alohida hisobga olinadi.Bir haftadan kam bo‘lgan muddatda ishdan doimiy istiqomat qiluvchi makonda va teskarisi - mayatnik migratsiya deyiladi.
3. Tashkil etilishi bo‘yicha:
-tashkil etilgan migratsiya;
-tashkil etilmagan migratsiya;
-qonuniy;
-noqonuniy migratsiyalarga bo‘lib o‘rganiladi.
Yillik ajratilgan kvotalarga binoan immigrantlar soni qonuniy migratsiya deyiladi.
Noqonuniy migratsiya hujjatlar bilan vakolat berilmagan, mazkur davlat makonidan boshqa davlatlar makoniga belgilangan qoidaga rioya qilmasdan o‘tish maqsadida foydalanilayotgan migratsiyadir.
Bundan tashqari, kasbiy faoliyatni noqonuniy bajarish uchun belgilangan qoidaga rioya qilmay, mazkur davlatga kirib kelish ham noqonuniy migratsiya hisoblanadi. Ularga: viza muddati tugaganlar, sayyohlik vizasi bilan mehnat faoliyat yuritayotganlar, shuningdek, noqonuniy kasbiy faoliyat yuritish, qurol-yarog‘, narkotik moddalar va hokazolar bilan savdo qilish, ish kuchini noqonuniy yo‘llar bilan chet ellarga yuborish bilan shug‘ullanuvchilar kiradi.
4. Migratsiya sabablari bo‘yicha:
Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy migratsiyaga bo‘linadi.
Mehnat migratsiyasi iqtisodiy faol aholining ish izlab, makondaga harakati, tarmoqlararo harakatidir. Mehnat migratsiyasining ichki va tashqi malaka darajasi bo‘yicha va boshqa ko‘rinishlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |