2. Elektrod reaksiyalar kinetikasi. Agar elektrod potensiali Yera muvozanat holatda bo‘lsa, elektr zanjirda tok 0 ga teng. Agar elektrod potensiali muvozanat tomonga siljisa, misol uchun Yera + ∆E bo‘lsa, elektron yoki ionlarni fazalar chegarasi bo‘ylab yo‘naltirilgan o‘tishi boshlanadi va zanjirdagi tok noldan farqli bo‘ladi.
Boshqa variantlar ham mavjud: agar elektrod orqali tashqi manbadan doimiy tok o‘tkazilsa, elektrod potensiali muvozanat holatdan ∆E miqdorda og‘adi. Elektrod orqali tok o‘tganda potensialning siljishi ∆E=E-Yera elektrodning qutiblanishi deyiladi.
Elektrod jarayonining kinetikasini o‘rganish elektrodning qutiblanishi ∆E va elektrokimyoviy reaksiyaning tezligi i o‘rtasidagi aloqani o‘rnatishdan iboratdir.
Potensialning tok zichligiga bog‘liqlik grafigi qutiblanish egri chizig‘i deyiladi va korrozion jarayonlarni o‘rganishda keng foydalaniladi. Ye-lgi bog‘liqlikni tajribaviy aniqlash uchun uch elektrodli yacheyka asosiy (tadqiq qilinuvchi) elektrod bilan, yordamchi (odatda platinali) elektrod va qiyoslovchi elektroddan foydalaniladi. Asosiy va yordamchi elektrodlar tok (maxsus priborlarda o‘lchangan) o‘tkazadi. Buning uchun asosiy va yordamchi elektrodga tashqi manbadan beriladi va qiyoslovchi elektrodga nisbatan asosiy elektrod potensiali o‘lchanadi. Bunday o‘lchash tokning turli zichliklarida amalga oshiriladi va natijada nuqtalar yig‘indisi olinadi. Olingan nuqtalar asosida Ye- lgi egri chizig‘i chiziladi.
Elektrokimyoviy reaksiyalarning asosiy belgilaridan biri reaksiya tezligining tok zichligiga ekvivalentligidir. Bunday ekvivalentlik Faradey qonunidan kelib chiqadi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, metall bilan elektrolit ning o‘zaro ta’siri natijasida ma’lum bir vaqt ichida yo‘qotilayotgan metall massasini miqdori uni erish tezligini, hamda anod toki zichligini aniqlashga imkon beradi.
(16.9)
Bu yerda: Am- metallning atom massasi, ∆m - t vaqt ichida metall massasining kamayishi, S - elektrod maydoni, n - elektronlar soni, F- Faradey soni, t - vaqt. Tenglamadagi elektrokimyoviy reaksiyaning tezligini took zichligi i orqali (A/sm2) orqali ifodalash qabul qilingan.
Har qanday elektrod jarayon bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiradi:
-ta’sir qiluvchi moddalarni eritma hajmidan elektrod yuzasiga kelishi;
-zaryadlangan zarrachalarni (elektronlar yoki ionlar) fazalar bo‘linish chegarasidan o‘tishi;
-reaksiya maxsulotlarini eritma hajmiga o‘tishi.
Elektrod jarayoni tezligi eng sekin o‘tadigan etap tezligi bilan aniqlanadi.