18- Variant
1. Metallarning sinflarga bo‘linishi.
2. Neft va tabiiy gazni qayta ishlash
3. Sirka kislota ishlab chiqarish
Javoblar
1:Metallarning sinflarga bo'linishi
Metallarni sinflarga bo'lishda ularning tarqalishi, ishlatilishi, fizik va qisman kimyoviy xossalariga asoslanadi. Barcha metallar ikkiga: qora va rangli metallarga bo'linadi.
Qora metallarga temir, marganets va ular asosida olinadigan qotishmalar kiradi (Qora metall deyilishiga sabab, qizdirilganda yuzasiga yupqa qora rangli kuyindi-oksid qavati hosil bo'ladi).
Rangli metallar 4 guruhga bo'linadi:
1. Og'ir rangli (zichligi 5 g/sm3 dan katta) metallar — mis, qo'rg'oshin, qalay, nikel, rux.
2. Yengil rangli (zichligi 5 g/sm3 dan kichik) metallar — aluminiy, ishqoriy va ishqoriy-yer metallari.
3. Qimmatbaho metallar — platina iridiy, osmiy, palladiy, rodiy, ruteniy, oltin, kumush.
4. Siyrak yoki nodir metallar (qolgan barcha metallar shu guruhga kiradi): a) qiyin suyuqlanuvchi: volfram, molibden, vanadiy, kobalt, titan, sirkoniy, neobiy; b) sochma: garmoniy, galliy, talliy, iridiy, reniy; d) siyrak yer, lantanoidlar; e) radiaktiv: toriy, rodiy, aktiniy, protaktiniy, uran; f) su'niy: poloniy, astat, neptuniy, plutoniy, protoktoniy, uran va urandan keyingi metallar
Metallar (yun. metalleuo — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M. qattiq holatda kristall tuzilishda boʻladi. Bugʻ holatida esa bir atomlidir. M.ning oksidlari suv bilan birikkanida koʻpincha gidroksidlar (asoslar) ga aylanadi. M. elektron tuzilishi tu-fayligina yuqorida aytib oʻtilgan oʻziga xos xususiyatlarga ega. M. atomlari tashqi (valent) elektronlarini osonlikcha beradi. M.ning kristall panjarasida hamma elektron oʻz atomi bilan birikkan boʻlavermaydi. Ulardan baʼzilari harakatlanadi.
Kimyoviy xossalari. D. I. Mendeleyevning davriy sistemasidagi 109 kimyoviy elementning 87 tasi M., 22 tasi metallmasdir. Barcha M.ni "oddiy metallar", "oraliq metallar", "lantanoid va aktinoidlar" tashkil qiladi. Davriy sistemada asosiy guruhchalardagi metallar oddiy metallar (s- va r-elementlar), qoʻshimcha guruhchaga joylashgan metallar — oraliq metallar yoki (d- va f- elementlar) nomi bilan yuritiladi. Oddiy moddalarni metallar va metallmaslar deb shartli ravishda ikki guruhga boʻlinadi. Mac, Ge va Sb qaysi turkumga kirishi toʻgʻrisida yagona fikr mavjud emas. Lekin germaniyni yarimoʻtkazgich xossalariga ega boʻlgani uchun metallmas, surmani esa fizik xossalariga koʻra yarim metall boʻlsada, M. deb hisoblash toʻgʻriroqdir. Qalayning metall (Z-Sn) va yarim-oʻtkazgich (a-Sn) modifikatsiyalari bor. Germaniy, kremniy, fosfor va baʼzi metallmaslarning yuqori bosim ostida M. kabi oʻtkazuvchi modifikatsiyalari mavjudligi aniqlangan. Bundan tashqari, yuqori bosim ostida barcha moddalar ham metallik xossalarini namoyon qilishi mumkin. Shu sababli, u yoki bu elementni M.ga yoki metallmaslarga taallukli ekanligini belgilashda uning nafaqat fizik xossalarini, balki kimyoviy xossalarini ham hisobga olish zarur. M. kimyoviy reaksiyalarga elektronlar donorlari sifatida kirishadi, birikmalarda yoki eritmalarda musbat zaryadli ionlar hosil qiladi. M.ning elektromanfiyligi metallmaslarning elektromanfiyligidan pastroq boʻladi. Koʻpchilik M. vodorod, galogenlar, xalkogenlar bilan faol reaksiyaga kirishadi. Ishqoriy va ishqoriy yer metallar suv bilan oddiy temperaturalarda, rux va temir kabi M. esa suv bugʻi bilan yuqori temperaturalarda reaksiyaga kirishadi. Azot bilan qator M., mas, litiy xona temperaturasida, magniy, sirkoniy, gafniy, titan esa qizdirilganda reaksiyaga kirishadi. Metall oʻziga qaraganda aslroq metallni oʻsha metall tuzi eritmasidan siqib chiqaradi. Bu xossalarga asoslanib, barcha M. ku-yidagicha joylashadi (Beketov qatori): Li, K, Sa, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Ag. Hg, Au. Fizik xossalari. Koʻpchilik M. oddiy kub va geksagonal kristall tuzilishda, baʼzi M. murakkab kristall panjara tuzilishida boʻladi. Koʻpchilik M. tashqi sharoitga (tra, bosim) koʻra, ikki yoki undan koʻp modifikatsiyada boʻlishi mumkin. M.ning suyukdanish temperaturalari — 38,87° dan (Hg) 3380° gacha (W), zichligi 0,531 g/sm3 dan (Li) 22,5 g/sm3 gacha (Os). M. oʻziga xos optik, termik, mexanik, elektrik va boshqa bir necha xossalarga ega; chunonchi, suyukdanish va qaynash temperaturasining yuqoriligi, sirtidan yorugʻlik va tovushni qaytishi, issiq va elektrni yaxshi oʻtkazishi, zarba taʼsiridan yassilanishi va choʻzilishi koʻpchilik M.ning eng muhim fizik xossasidir.
Zichligi 5 dan kichik M. yengil, 5 dan kattalari — ogʻir M. deyiladi. Temir va uning qotishmalari qora M., qolganlari rangli M. deb yuritiladi. Asl M. bunga qaramaydi. Nodir M. jumlasiga vanadiy, molibden, berilliy, indiy, sirkoniy, lantan, niobiy, tantal, reniy, germaniy, galliy, talliy va boshqa kiradi. "Nodir M." degan ibora shartli ibora boʻlib, sof metall ajratib olish usullarining qanchalik takomillashganiga bogʻliq; bir vaqtlar "nodir" deb hisoblangan titan endilikda "nodirlar" jumlasigakirmaydi (M.ning kimyoviy va fizik xossalari haqida metall elementlarga oid maqolalarga qarang). M.ning baʼzi birikmalarida (qotishmalarda ham) metall bogʻlanish (metallni hosil qiluvchi zarralar orasidagi bogʻlanish) saqlanib qoladi. M. tabiatda erkin va kimyoviy birikmalar holida uchraydi. Asl M. (oltin, platina, kumush), baʼzan mis, qalay va simob sof holda topiladi.
Olinishi. Sanoat miqyosida sof metall olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyo — metalli ruda nomi bilan yuritiladi. Rudalarga, koʻpincha, qoʻshimcha jinslar — loy, qum, ohaktosh va h.k. aralashgan boʻladi. Shu sababli rudani qayta ishlashdan avval uni bu jinslardan tozalash, boshqacha aytganda, rudani boyitish lozim. Boyitilgan ruda "konsentrat" deb ataladi. Koʻpchilik rudalar flotatsiya usulida boyitiladi. M. rudalarining birinchi turkumi tabiiy M. boʻlsa, ikkinchisi — oksidli rudalar hisoblanadi. Oksidli rudalarga qizil temirtosh Gʻe2 O3, qoʻngʻir temirtosh Fe2O33H2O, magnit temirtosh Fe3O4, boksit A12O3-2N,O, pirolyuzit MpO2, qalaytosh SnO2, vismut oxrasi BiO3 kiradi. Yer poʻstining chu-qurroq qismlarida M.ning sulfidli rudalari uchraydi, mas, mis kolchedani CuFeS2, mis yaltirogʻi Cu2S, kinovar HgS, qoʻrgʻoshin yaltirogʻi PbS, ruxyaltirogʻi ZnS va h.k. Baʼzan bir necha M.ning sulfidlari aralash xrlda uchrab, polimetall rudani tashkil qiladi. Baʼzi M. xloridlar, sulfatlar, karbonatlar va fosfatlar bilan birga boʻladi, baʼzilari silikatlar tarkibiga kiradi. M. Yer pustila bir xilda tarqalmagan. Yer poʻstida massa jihatidan alyuminiy 8,05%, temir 4,65%, kalsiy 2,96%, natriy 2,5%, kaliy 2,5%, magniy 1,85% boʻlsa, qolgan barcha M. Yer pusti massasining juda oz qismini (qariyb 0,2% ni) tashkil qiladi.
1958 yilda Oʻzbekistonda avitsenit (tarkibida talliy va temir oksidi bor) minerali, keyinroq Olmaliq xududining polimetallik minerallarini tekshirish jarayonida b i r u nit, nasledovit minerallari topildi. Tarkibida vanadiy va uran M.i boʻlgan tuyamunit minerali [Ca(UO2)2(VO4)2nH2O] ham Oʻzbekistonda topilgan.
Rudalardan M.ni sof holda olish ishi texnikada qaytarish, termik parchalash, almashinish jarayonlari natijasida metallurgiyaning turli tarmoqdari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya)da amalga oshiriladi. Oʻta sof M. olish uchun moddalarni vaku-umda haydash usulidan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda zonalar boʻylab suyuklantirish usuli koʻp qoʻllanilmoqda. Bu usul asosida (elektron-nurli lampalar bilan qizdirib) niobiy, tantal, volfram va boshqa M. yot moddalardan tozalanadi. M. sof holda kamdankam ishlatiladi. Koʻpincha, qotishma holida qoʻllaniladi. Mac, choʻyan, poʻlat, jez, bronza, konstantan, melxior, nixrom va boshqa Atmosfera sharoitida M. yemiriladi (korroziyaga uchraydi). Metall buyumlarni yemirilishdan saqlash muqim ahamiyatga ega. Maxsus zanglamaydigan poʻlatlar tayyorlash usulining topilishi bu masalani hal qilishga yordam beradi. M. turmushda, qurilishda, kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsozlikda va boshqa koʻp sohalarda ishlatiladi (ya na q. Metallarni ishlash).
2: Gaz sanoati — yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200—7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (SN4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8000—8500 kkal issiqlik beradi. Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham boʻladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sunʼiy gazlar qattiq va suyuq yoqilgʻini termik yoʻl bilan qayta ishlash hamda koʻmirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi. Generator gazi, koks gazi kabilar sunʼiy gazlar hisoblanadi. Generator gazining 1 m3 1000—1050 kkal issiqlik beradi. Gaz yoqilgʻisi isteʼmolchilarga magistral gaz quvurlari, gazni maʼlum bosimda uzatadigan murakkab kompressor st-yalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi.
G. s. dastlab 18-asrning oxiri — 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya kabi davlatlarda toshkoʻmirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yoʻlga qoʻyilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik 19-asrning 2-yarmida kumirdan gaz oluvchi qurilma — gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari 20-asrning 20-y.larigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi.
Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilgʻi turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini yengillatishi va b.) G. s.ning tez surʼatlar bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi.
Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150—170 trillion m3 ga yetadi. Ammo uning mintaqalar boʻylab taqsimlanishi turlicha boʻlganligi bois G. s.ning dunyo mamlakatlardagi rivoji ham turlichadir.
Oʻzbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1932 y.dan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7—3 mln. m3). Respublikada 50-y.lar oxirigacha gazning yaxshi oʻrganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan boʻlsa, 60-y.larga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu sohada tub burilish yasaldi. 1962 y.ga kelib Gazli gaz-neft koninkng ochilishi bilan Oʻzbekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq— Buxoro— Samarkand— Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro — Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro—Toshkent—Bishkek— Ol-maota gazoprovodi, 1965; Oʻrta Osiyo— Markaz gazoprovodi, 1967). 1968 y.ga kelib Oʻzbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar uz. (Oʻrta Osiyo — Markaz gazoprovodini hisobga olma-ganda) 8500 km ga yetdi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, G. s.ni rivojlantirish sohasida ham islohotlar oʻtkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbek-neftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. Mamlakatning yoqilgʻi mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yoʻlida korporatsiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari re-jalashtirildi.
Hoz. vaktda Ustyurt, Buxoro — Xiva, jan.-gʻarbiy Hisor, Fargʻona, Surxondaryo kabi neft va gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan. Gaz qazib olish esa 2000 y.da 1990 y.dagiga nisbatan 1,37 barobar oshdi. Shoʻrtan gaz konidagi hozirgi mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha oʻn t gacha suyuq gaz va yiliga bir necha ming t yuqori sifatli oltingugurt olish mumkin. G. s. tarmogʻidagi magistral gazoprovodlar tizimini kengaytirish, yangi yer osti gaz omborlarini yaratish, shuningdek mavjudlarini texnik jihozlash, qayta taʼmirlash ishlari jadal olib borilmokda. Maye, Gazli — Nukus, Paxtakor — Yangiyer — Toshkent gaz yoʻllari qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Bu tarmoq Qoraqalpogʻiston va Xorazmni respublikaning oʻz gazi bilan taʼminlash imkoniyatini berdi (bungacha mazkur hudud Turkmanistondan gaz olgan). Hoz. mavjud gaz sanoati korxonalari yiliga 47 mlrd. m3 gazni qayta ishlash va 350—400 ming t oltingugurt ajratib olish imkoniyatiga ega. (yana q. Gaz ombori). 1999 y.da respublika G.s.da 55,6 mlrd. m3 gaz, shu jumladan 24,1 mln.m3 siqilgan gaz ishlab chiqarildi.
Neftni qayta ishlash - Neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqa bajariladi.
Neftni haydash[tahrir]
Neftni haydash usuli miloddan avval maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qoʻllangan. Qadimgi yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar oʻtkazishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) Boku neftini haydash haqida birinchi boʻlib eslatib oʻtadi. XVIII asrga kelib neft konlarini qidirish va oʻrganish munosabati bilan neftni haydashga katta eʼtibor berildi. Neftni haydash laboratoralari qurildi. 1823-yilda aka-uka Dubininlar Mozdok shahri yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash zavodini qurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash zavodlari taraqqiy eta boshladi.
Odatda neftdan quyidaga temperaturalar oraligʻida qaynab bugʻlanadigan distillyatlar olinadi:
benzin 28—180°,
ligroin 110—230°,
kerosin 120—315°;
gazoyil 230—330°;
solyar 280—380°;
moy 320—500°.
Neftni qayta ishlab yonilgʻi va moylar olishda uni toʻgʻri haydash birlamchi va asosiy jarayon hisoblanadi (sxema). Toʻgʻri haydash pech quvurlarida harakatda boʻlgan neftni qattiq qizdirib bugʻlatish, bugʻni rektifikatsiya ustuni (kolonnasi)da fraksiyalarga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Quvurli pechlarda neft 330—350° gacha qizdirilib, keyin rektifikatsiya ustunining oʻrta qismiga yuboriladi. Neftning suyuq qoldiqlari ustunning devorlaridan pastga sizib tushadi, yengil uglevodorod bugʻlari esa ustunning tepa qismiga qarab intiladi va rektifikatsiya tarelkalariga urilib, kondensatga (suyuqlikka) aylanadi. Tarelkalar ustunning har xil balandliklarida joylashgan boʻlib, pastki tarelkalarda ogʻir uglevodorodlar, yuqoriroqdagi tarelkalarda yengilroq uglevodorodlar kondensatga aylanadi.
Neftni toʻgʻri haydashda rektifikatsiya ustunlaridagi bosim atmosfera bosimiga teng boʻladi. Rektifikatsiya ustunining tagida yigʻilgan mazut kreking qurilmalarida qayta haydalishi yoki yoqilgʻi mazuti sifatida ishlatilishi mumkin. Mazutlarning ikkilamchi qayta ishlanishi vakuum qurilmalarida bajariladi. Vakuum ustunlarining yuqori qismidan solyar frakiyalari kondensatlari, quyiroqda moy fraksiyalari, ustunning pastki qismida esa gudron yoki yarim gudron yigʻiladi.
Suv va tuzlarni yoʻqotish[tahrir]
Neft tarkibida, odatda, minerallashgan burgʻi suvi, suvli 1 m3 neftda 30-50 g gacha tuz boʻladi. Ularni yoʻqotish uchun Neftni qayta ishlash zavodlarida elektr yordamida tuzsizlantirish qurilmalari ishlatiladi. Neftga deemulgator qoʻshilib, chuchuk suv bilan yuviladi. Hosil boʻlgan emulsiyani 100—140° gacha qizdiriladi va uzluksiz ishlaydigan elektr degidratoriga uzatiladi. Yuqori kuchlanishli elektr maydoni, deemulgator va qizdirish taʼsirida emulsiya tezda parchalanadi, suv va unda erigan tuzlar cho'kadi va chikarib tashlanadi. Suv va tuzlardan tozalangan neft tarkibida 0,2% gacha suv va 0,5 mg/l gacha xloridlar (tuzlar) bo'ladi.
Neftni stabillash[tahrir]
Neft tarkibida uglevodorodlarning butan propanli, qisman pentanli fraksiyalari bo'ladi. Neftni tashish va saqlashda eng zarur uglevodorodlarning yoʻqolishini kamaytirish, neftni haydash qurilmasiga kelayotgan neft bug'lari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraksiyalar ketkaziladi. Bu ish suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus qurilmalarda bajariladi. Stabillash natijasida ajratib olingan propanbutan fraksiyasi neft-kimyo sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
Neft idishga quyilib qizdirilganda, uning harorati ko'tariladi va bir qismi hatto 30—40° dayoq bug‘lanib havoga ko‘tarila boshlaydi. Nisbatan past temperaturalarda bug‘langan uglevodorodlar neftning yengil qismi (fraksiyasi), idishda qolgan uglevodorodlar neftning og‘irroq qismi hisoblanadi. Bugʻlangan neft sovitilsa, u yana suyuq holatga o‘tadi. Neftni bugʻlatib, keyin bugʻlangan uglevodorodlarni suyuqlikka aylantirish jarayoni neftni toʻgʻri qaydash deb, olingan mahsulot distillyat deb ataladi.
Neftni tozalash[tahrir]
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun gidrotozalash jarayoni qoʻllanadi. Gidrotozalash 350—420° da va 1,7 — 40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, asosan, dizel yonilgʻisi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi.
Yonilg‘i distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yoʻqotishda ishqor bilan tozalash usuli ham qoʻllanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qoʻshilib, hosil boʻlgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi.
Yonilg‘i va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini taʼminlash maqsadida ular parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuqlashadigan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib olinadi.
Neftni toʻgʻri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilgʻisi fraksiyalarining jami ulushi neft hajmining 40—50 % idan oshmaydi. Yonilgʻilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada koʻtarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, yaʼni ikkilamchi jarayonlar qoʻllanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonatsiyaga turg‘unligini oshirish maqsadida uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jarayenlari ham qoʻllanishi mumkin.
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun qoʻshimchalar qoʻshiladi.
3: Sirka ishlab chiqarish va qarishning ultratovush Balsamik kabi sirka oshxonada muhim turdan iborat. Hielscher ultratovush qurilmalari sirka ishlab chiqarish va pishib etish jarayonida ko'plab jarayonlar uchun ishlatiladi. Sirka ishlab chiqarish haqida ma'lumot Sirka ishlab chiqarish, ayniqsa, balsamik sirka kabi yuqori sifatli mahsulotlarni ko'p vaqt talab qiluvchi ishlab chiqarish jarayoni. Sirka oksidlanish yoki ko'proq o'rganish fermentatsiyasi bilan hosil qilingan kislotali suyuqlikdir. Sirka onasi, tsellyuloza va sirka kislotasi bakteriyalari moddasi, sirka kislotani kislotali sirka kislotasiga aylantiradigan sirka hosil qiladi. Ushbu oksidlanish jarayoni sirka turiga xos nordon lazzat va engil hidni keltirib chiqaradigan kislota hosil qiladi. Sirka kislotasi bakteriyalarining umumiy kimyoviy reaktsiyasi (asetobakteraza): C2H5OH + O2CH3COOH + H2The Sirka kislotasi kontsentratsiyasi jadval sirkasi uchun 4% dan 8% gacha o'zgaradi va sirka sirkasini tayyorlash uchun 18% gacha oshiradi. Sirkalarda ultratovush ta'siri Ultrasonik qurilmalar turli maqsadlar uchun sirka ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin. Barcha effektlar osongina namoyish etilishi mumkin Bir necha soniya davomida sirka namunasini sonikalash orqali. Yana yumshoq va oz kislotali ta'm Sonikatsiya qilingan sirka ichida kislotali, nordon ta'mga aylandi sezilarli darajada yumshoq va mazali bo'ladi. Bu juda qiziqarli dasturdir, chunki unda toza sirka uchun katta talab mavjud, bu oshxonada juda mazali ovqatlar tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Sirka meva salatası go'shtlari, go'sht va baliq ovqatlar, soslar, shuningdek, shirinliklar uchun yoqimli ziravor hisoblanadi. Ayniqsa, yuqori sifatli balzam sirkasi ham aperitif yoki digestif sifatida ishlatiladi. Balzamning sonikatsiyasi (UP400S): UP400S yordamida balsamik sirka soniksi Sirka xushbo'yligi Oddiy sirka ta'mini diversifikatsiya qilish uchun sirka odatda o'tlar (masalan, adaçayı, kekik, kekik, shingil, bibariya, reyhan), zanjabil, chilli yoki mevalar kabi turli xil xushbo'y moddalarni qo'shib (masalan, malina, böğürtlen, apelsin, mango, ohak). Ultrasonik qo'llab-quvvatlanadigan ekstraksiya yordam beradi xushbo'y mahsulotlar ishlab chiqarish hujayra matritsasidan sirka ichiga kiradi. Haqida ko'proq o'qing Ultrasonik ekstraksiya. Sirka maturatsiyasi va pishishi Yog'och barrellarida (gilos, kashtan, eman, tut, kul yoki archa barrellari kabi) sirka tutilishining va qarishini juda qimmatga aylantiradi va ajoyib, sirka ko'pincha plastik idishlarda ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli sirka uchun odatiy bochkada etilishning mashhur yog'och lazzatiga taqlid qilish uchun sirka ishlab chiqaruvchilari eman kukunlari yoki eman chiplari (deb nomlanadi) ‘muqobil oaking') yoki yog'och lazzat distillatlari. Emanning xushbo'y hidlanishiga erishish uchun, odatda, eman chiplari kamida 4 ta bo'lishi kerak – 6 soat sirka ichida suyuqlik yog'och lifleri tomonidan so'rilishi mumkin. Ultratovushni qo'llash mumkin Shu bilan bir qatorda, bu jarayonni tezlashtiradi sezilarli darajada Qo'shimchalar eman kukunlari yoki poxoli chipslari bilan sirka almashtirish natijasida ultratovush va ultratovushli kavitatsiyaning yuqori intensivligi eman lazzatining ekstraktsiyasini ta'minlaydi. Ultratovushlar yuqori bosim va past bosimning o'zgaruvchanligini tashkil qiladi, bu esa o'simlik xujayralari va sirka o'rtasida yuqori massa almashinuviga olib keladi. Bundan tashqari, eman pearining nozik zarralari suyuq muhitda juda yaxshi tarqaladi, chunki ultratovush disperslashning juda samarali vositasidir. Ultrasound oziq-ovqat sanoatida allaqachon lazzat olish uchun mashhur usul hisoblanadi. O'zining yuqori energiyali kavitatsion kuchlari bilan, ultrasonografiya hujayra devorlarini buzadi va ichki hujayrali materiallarni taqdim etadi. O'simlik materiallari (yog'och tolalar) kichikroq zarrachalarga aylanganligi sababli, tilning gustativ nervlari uchun ko'proq lazzat beruvchi narsa mavjud bo'ladi. Ultrasafning ikkinchi afzalligi qattiq zarrachalarni suyuqliklarga samarali tarqatishdir. Sirka binoni Ultratovush texnologiyasi emulsiya, tarqatish va eritish uchun samarali usuldir. Misol uchun, sirka tarkibiga karamel rang qo'shilsa, bu sirka ishlab chiqarishda yordam beradi. Karamel rangi (E150 oziq-ovqat mahsuloti) eng qadimgi va eng keng tarqalgan oziq-ovqat ranglaridan biridir. Juda yopishqoq rangdagi suyuqlik sirka kerakli quyuq jigarrang rangni berishga yordam beradi. Ultrasonikani qo'llash Ultrasonikani sirka tayyorlash va qarish jarayonlariga qo'llash juda oddiy. Kichik shkalada – 2L ga qadar – Agar foydalanishingiz mumkin Ultrasonik laboratoriya asboblariKabi UP400S. Ishlab chiqarishni qayta ishlash uchun Hielscher taklif qiladi Sanoat Ultrasonik Qurilmalar Oqim hujayra reaktorlari bilan, masalan UIP1500hd. Ushbu tizim inline ishlaydi, masalan, bir guruhdan ikkinchisiga o'tish.
Dostları ilə paylaş: |