1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy goyasi. Milliy goya va iqtisodiy tamoyillar



Yüklə 130 Kb.
səhifə2/5
tarix09.05.2023
ölçüsü130 Kb.
#110067
1   2   3   4   5
milliy

Targ‘ibot-tashviqotdan maqsad - bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Milliy g‘oyani halq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi.
Milliy g‘oyani keng jamoatchilik ongiga, e’tiqodiga singdirishning shart-sharoitlari va yo‘llari.
Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchini orttirishning ilmiy-nazariy yo‘nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga, uning shart-sharoitlari, jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning xilma-xil ekanligini hisobga olish mumkin. Ayni paytda, bu jarayonning eng muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishiga nisbatan o‘z munosabatini aniqlab olishi zarur. Insonning mohiyatini uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimi, narsa va hodisalarga ongli munosabati tashkil qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ichki botiniy e’tiqodi, orzu-umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma’no-mazmunini belgilaydigan sifat ko‘rsatgichidir. Ularni shartli ravishda ilohiy va dunyoviy yo‘nalishlarga ajratish an’anasi mavjud. Xususan, ularni milliy g‘oyalarda namoyon bo‘lishi tarzida olib qarasak, bu sifatlar insoniyat mavjudligining zaruriy sharti bo‘lib, dunyoviy hamda ilohiy e’tiqodga aylanishi, faoliyat motivi, harakatlantiruvchi mexanizmi ham shu ma’no-mazmunning xarakterini belgilaydi. Bu dunyo tuzilishining sir-sinoatlari, odamlarning ongi va tafakkurida diniy e’tiqod bilan birga aql, tajriba asosiga qo‘yilgan dunyoviy bilimlar mujassamligi o‘zining ifodasini topib kelgan.
Insonning individual g‘oyasi, bir tomondan, ijtimoiy borliqning shaxs hayoti darajasida namoyon bo‘lishi, ikkinchi tomondan, uning zaruriy sharti, kompanenti, atributi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning individual g‘oyalari ijtimoiy birliklarining maqsadi, orzu umidlari, ishonch-e’tiqodi doirasida konkretlashib, umuminsoniy g‘oyalarning tarkibiy qismiga aylanadi. Ya’ni, shaxs e’tiqodi, ishonchiga asoslangan amaliy faoliyati: xalq, millat, ijtimoiy tabaqa manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi.
Turli ijtimoiy birliklarning o‘ziga xos individual ishonchi, e’tiqodiga aylangan g‘oyalar-millat manfaatlari, ehtiyojlari «chorrahasi»da tutashib, milliy g‘oyani va ularni amalga oshirish usullari hamda vositalari bo‘lgan mafkuralarni vujudga keltiradi.
Milliy g‘oya-muayyan hududda yashayotgan turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning, millat va elatlarning, xilma-xil diniy e’tiqodli kishilarning manfaatlariga mosligida, ularning dunyoviy va ilohiylik xususiyatlari mutlaqo shartli hamda nisbiydir. Aniqroq qilib aytganda, milliy g‘oya xalqning ishonchi va e’tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi. Shu nuqtai nazardan, milliy g‘oya jamiyatni tashkil qilgan shaxslar, individlar va ijtimoiy guruhlarning siyosiy partiyalarga mansubligidan, qaysi dinlarga e’tiqod qilishidan, millati va irqidan, ijtimoiy maqsadidan qat’iy nazar, ularning manfaatlarini integrasiyalashtiruvchi hamda universallashtiruvchi ijtimoiy faoliyat omili hisoblanadi. Jamiyatning mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo‘nalishlari: ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviy-ma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integrasiyalashgan komplaks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi.
Bu vazifaning murakkabligi:
Birinchidan, uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo‘ygan edi.
Ikkinchidan, shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institusional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko‘nikish effektini» vujudga keltirib: bo‘ysunuvchanlik, qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib ay tganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum faqat jamiyat unga zo‘rlab bo‘ysundirilgani uchungina emas, balki jamiyat zo‘rlik yo‘li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi».
Uchinchidan, yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g‘oyaviy emansipasiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqiyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirishning bir-biri bilan bog‘liq ikki vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Ularni, shartli ravishda, ijtimoiy-siyosiy makon, tarixiy zamon nuqtai nazaridan ichki va tashqi yo‘nalishlarga ajratish maqsadga muvofiq.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotini erkinlashtirmoqda. Ma’lumki, jamiyatni tashkil qilgan ijtimoiy-siyosiy qatlamlarning manfaatlaridagi xilma-xillik qonuniy tarzda ular o‘rtasidagi manfaatlar xilma-xilligini namoyon etish bilan birga erkin va mushtarak maqsadlarni ham keltirib chiqaradi. Johondagi rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribalari shu manfaatlar mushtarakligini o‘z vaqtida, oqilona hal qilishning yo‘llarini, vositalarini topish jamiyatning barqaror taraqqiyoti garovi ekanligini va aksincha, mamlakatlarning g‘oyaviy ojizligi, noshudligi milliy parokandalikka olib keldi, xalqni qullikka mahkum qilishini qayta-qayta isbotlab bergan. Ana shu holatni oldini olishda mamlakat ichida xalqning milliy g‘oyaga bo‘lgan ishonch va e’tiqodi ularni umummilliy maqsad yo‘lida jipslashtiradi.
Shuning uchun ham Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy qatlamlarni, tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi-osoyishtaligi, xalq farovonligi g‘oyasi atrofida jipslashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu milliy rivojlanishning istiqbollarini kafolatlaydi. Buning asosiy omili, umumiy nuqtasi-mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarni: millatidan, irqidan, diniy e’tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy mavqyeidan, qaysi partiyalarga mansubligidan qat’iy nazar, umummillat manfaatlarini ifodalaydigan istiqlol g‘oyalari ularning ishonch va e’tiqodidan joy olishi hamda shu g‘oya asosida birlashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish, mamlakatimizda demokratik, adolatli-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo‘lib qolmoqda.
Bu vazifalarni bajarilishida o‘tmish jamiyatning g‘oyaviy stereotiplaridan voz kechish, mustobid tizimning soxta tenglikka asoslangan, «qaychilab tekislash» siyosati oqibatlarini bartaraf qilish, amalda mafkurasizlashtirishdan iborat bo‘lgan hukmron siyosiy mafkura tazyiqining kishilar ongida hadik, shubha tarzida saqlanib qolishini siqib chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kishilarning boqimandalik kayfiyatini batamom yo‘qotish-g‘oyaviy-mafkuraviy faoliyatning tarkibiy qismidir. Ana shu asoratlardan qutilish milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan ichki omillardan hisoblanadi. Totalitarizm tuzumining: «Davlat seni boqyapti, sen davlatga qul bo‘lishing darkor», degan tamoyili g‘oyaviy qaramlik va mafkuraviy mahdudlikka olib kelgan. Boqimanda odamning fikr erkinligi, siyosiy faoliyati chegaralangan bo‘lib, xukmron mafkura nimani aytsa, shuni qiladigan passiv, loqayd, g‘oyaviy kaltabin kishilar qilib tarbiyalashga asoslangan edi.
Milliy g‘oya va jamiyat mafkurasini shakllantirishning muhim ichki vazifalaridan biri-qurilayotgan jamiyatning munosib g‘oyaviy-mafkuraviy zaminini yaratishdir. Xalqimizda: «Suv bo‘lmagan joyda qamish o‘smaydi», degan hikmatli so‘zlar mavjud. Ma’lumki, qamishni o‘rib tashlasangiz ham, yoqib yuborsangiz ham, biri bir o‘sib chiqaveradi. Uni yo‘q qilishning yagona chorasi-suvni quritishdir. Shunga ko‘ra, milliy taraqqiyotimiz jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarning mamlakatimiz hududiga o‘tishi va ildiz otishiga imkoniyat bermaslik uchun milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqod alohida ahamiyatga ega. Buning uchun milliy istiqlolimizga yot bo‘lgan g‘oyalarning yurtimizga kirib kelishi, Vatanga e’tiqodi sust, imoni, irodasi bo‘sh kishilarning ongini tezroq zabt etadi. Chunki, g‘oyaviy tarbiya chora-tadbirlari-g‘oyaviy-mafkuraviy «infeksiya»ga nisbatan immunitetni vujudga keltirish, uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishga ko‘ra samaraliroqdir. Buning uchun har biri nisbatan mustaqil, lekin bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotni milliy-ma’naviy negizlarimizga tayangan holda, unga mos tarzda qurilishi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish davridagi ijtimoiy vaziyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, bir tomondan, etnografik, demografik struturasi, diniy e’tiqodlar xilma-xilligi uning xalqining hayot tarzi negizlarning rang-barangligi yagona milliy istiqlol g‘oyalari doirasida birlashtirishga xalaqit qilmasligi lozim. O‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir insonni umumiy Vatan tuyg‘usi, xalq farovonligi, erkin va farovon hayot qurish, millatlararo totuvlik bilan uzviy bog‘liq milliy g‘oya birlashtiradi. Ikkinchi tomondan, agar shunday e’tiqod va ishonch bo‘lmasa, aynan shunday ijtimoiy muhit xususiyati g‘ayriinsoniy, g‘ayrimilliy g‘oyalarning mamlakatimizga kirib kelishiga, ma’lum ma’noda qulay imkoniyatlar yaratish ehtimolini qoldiradi.
Mamlakatning bosqichma-bosqich yangi jamiyatga, bozor munosabatlariga o‘tishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari, agrar sohadagi islohatlarda erishilayotgan yutuqlar nisbatan sust kechayotganligi, aytish mumkinki, yot g‘oyalarga nisbatan kishilarning ruhiy barqarorligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasini kishilar ongiga, hayot tarziga singdirishda iqtisodiy hayotdagi ijobiy o‘zgarishlarning salmog‘ini oshirish zarur.
Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish, siyosiy sohani erkinlashtirish, uning qonuniy-huquqiy asoslarini va turmushga tadbiq etishning mukammal mexanizmlarini yaratish bir tomondan milliy istiqlol g‘oyasining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ifodasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, shu asos-milliy g‘oyalarni xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish va hayotga joriy etishning imkoniyati hisoblanadi. Shu bois aytish kerakki, mamlakatdagi siyosiy partiya-lar, turli diniy konfessiyalar milliy istiqlol g‘oyasi asosida kishilarni umumxalq manfaatlari yo‘lida mushtarak maqsadlarda safarbar etishlari uchun imkoniyatlari mavjud.
Mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy taraqqiyot uchun ma’naviy muhitni yaratib bermoqda. Buyuk ajdodlaramizning ma’naviy merosi g‘oyaviy barkamollik uchun oziq bo‘lmoqda, lekin shuni ham aytish kerakki, bizning tariximizga mahliyo bo‘lib, kelajakni unitishimizga haqqimiz yo‘q. Tarixiy tajribalardan saboq olish, undan xulosalar chiqarish milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasi sifatida xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish uchun zarur. Shuning uchun ham I.A.Karimov: «Jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi», deb ta’kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu milliy g‘oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan negiz-poydevordir.

Yüklə 130 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin