1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar


Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar



Yüklə 33,02 Kb.
səhifə2/2
tarix05.12.2023
ölçüsü33,02 Kb.
#173571
1   2
Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo’yicha huquqiy voris hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
2. O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
-Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yo’nalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;
-bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta’sirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;
-yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
-Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta’minlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo’lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
-fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og’ishmay rioya etilishini kafolatlaydigan ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish;
-O’zbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;
-mehnatga munosib haq to’lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
-O’zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
-O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo’yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
-O’zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo’riqlash va himoya qilish;
-O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo’yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish; terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
-davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib etishga qaratilgan buzg„unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;
-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma’naviy merosini himoya qilish;
-davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
-telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
-Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo’yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
-davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta‟minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
-davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
-Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.
4. 2018-yil 1-apreldan quyidagi funksiyalar: O’zbekiston Respublikasining o’ta muhim va toifalangan obyektlarida qo’riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish – O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga; rejimli mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta‟mirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida ma’lumotnoma berish – O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga o’tkazilsin.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF–5308-son “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin.
6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog’i va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Xizmat ikki oy muddatda:
-Xizmat faoliyatini tashkil etish;
-Xizmatning ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish;
-O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo’riqlash tizimining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin.
9. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xizmat va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risidagi takliflarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo’shnilar bilan konstruktiv va o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilab berildi.
Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo’lida amalga oshirilgan sa’yharakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo’layotgan edi. O’tgan yili O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o’sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo’lib o’tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o’zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo’ljallanayotganini ta’kidladi.
Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo’shni Afg’onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog’liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo’lgan hamda shunday bo’lib qolajak.
Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdosotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg’oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko„rfazi portlariga eng qisqa yo’lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog’lashi mumkin.
Shuning uchun ham Afg’onistonni mintaqaviy muammolar, tahdidlar manbai sifatida emas, balki noyob strategik imkoniyatlar mamlakati sifatida qarash o’rinli. Bu esa, o’z navbatida, butun Yevroosiyo mintaqasida keng transmintaqaviy munosabatlarni rivojlantirishga turtki beradi.
O’tgan davr mobaynida O’zbekiston Afg’oniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afg’on muammosini hal qilish bo’yicha xalqaro sa’yharakatlarga faol qo’shildi. O’zbekiston — Afg’oniston munosabatlari yuqori suratlarda rivojlanayotgani mamlakatimiz rahbari 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi, noyabr oyida Samarqandda bo’lib otgan Markaziy Osiyo bo’yicha yuqori darajadagi anjuman hamda yaqinda Ostonada bo’lib o’tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ilgari surgan O’zbekistonning yangi tashqi siyosat strategiyasining amaliy natijasidir.
Bugun Toshkent Afg’oniston bilan savdo-iqtisodiy, transport, energetika va madaniygumanitar aloqalarni har tomonlama rivojlantirish boyicha izchil hamda qat’iy siyosat olib borayapti. Ikki mamlakat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan o’zaro muloqotlari birgalikdagi hamkorlikka katta turtki bo’lmoqda. Prezidentlar do’stona va samarali, o’zaro ishonchga asoslangan muloqotni yo’lga qo’yishga erishdilar. Shu ma’noda aytganda, o’tgan yili dekabr oyida Afg’oniston Prezidenti Ashraf o’anining mamlakatimizga rasmiy tashrifi tom ma’noda tarixiy voqea bo’ldi. Tashrif davomida siyosiy muloqot hamda amaliy hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar xavfsizlik, energetika va transport masalalarini qamrab olgan 20 ta qo’shma hujjatni, shuningdek, qo’shni mamlakatga yarim milliard dollarga teng bo’lgan qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, bug’doy, maishiy texnika, avtotransport vositalarini yetkazib berishga doir 40 ta tijorat shartnomasini imzoladi.
Vazirlik hamda idoralar rahbarlari darajasida muloqotlar faollashdi. O’tgan bir yarim yil ichida Afg’oniston Islom Respublikasidan O’zbekistonga 20 dan ortiq yuqori martabali delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, bu o’zbek — afgon munosabatlari tarixida oldin kuzatilmagan.
Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo’yicha O’zbekiston — Afg’oniston qo’shma komissiyasining ilk majlisi bo’lib otdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag’ishladi.
Birinchidan, 2017 yilning o’zida ozaro savdo aylanmasi 15 foiz osib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o’sdi. Va e’tiborlisi, bu bir yilning alohida ko’rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirigiga ko’ra, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo’l xaritasi” qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o’zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.
Kobulda O’zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko’rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko’rgazma zali) ochildi. Unda o’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o’rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade” kompaniyasi afg’onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg’araz yetkazib berdi.
Termizda faol hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona terminaliga ega bo’lgan xalqaro logistika markazi tashkil etildi. U ikki mamlakat o’rtasida eksport-import hamda tranzit yuk oqimlariga va Yevropa hamda Osiyo bozorlariga chiqishga ko’maklashadi.
Bundan tashqari, O’zbekistondan Afg’onistonga yiliga 300 ming tonna mineral o’g’it, 2 ming dona qishloq xo’jaligi texnikasi, 250 ming tonnagacha g’alla va afg’on bozorida talab yuqori bo’lgan boshqa mahsulotlarni uzoq muddatli yetkazib berish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
Shu bilan birga, avtomobil, qishloq xojaligi mashinalarini ishlab chiqarish hamda to’qimachilik sohalarida hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari ko’rilayapti. O’zbekistonlik mutaxassislarning Shimoliy Afg’onistonda istiqbolli neft va gaz konlarini o’zlashtirishga ko’maklashishi imkoniyatlari o’rganilmoqda.
Ikkinchidan, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlik natijasida Mozori Sharif — Hirot yo’nalishi bo’yicha transafg’on transport yo’lagini yaratish bo’yicha muhim kelishuvga erishildi. Ushbu yo’lak ilgari O’zbekiston tomonidan qurilgan birinchi transport yo’lagi — Hayraton — Mozori Sharif temir yo’lining davomi hisoblanadi. U Afg’oniston iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda mazkur magistral orqali Afg’oniston importining katta qismi olib kirilmoqda. Ular orasida insonparvarlik yuklarining hajmi katta o’rin tutadi.
Osiyo taraqqiyot banki hisob-kitoblariga ko„ra, Hayraton — Mozori Sharif temir yo’li foydalanishga topshirilishi natijasida mingdan ortiq kishilar ishli bo’lishdi. Temir yo’l bo’ylab afg’onlar bandligi o’sish suratlari yiliga 10-11 foizni tashkil etdi. Mozori Sharif — Hirot temir yo’li loyihasini amalga oshirish Afg’oniston iqtisodiyotini tiklashga katta hissa qo’shadi. Qatnovning yo’lga qo’yilishi Afgoniston tashqi savdo aylanmasini 50 foiz kopaytirish imkonini beradi. Jumladan, temir yo’l liniyasi qurilishi yakunlanganidan so’ng birinchi yilda yuklar tranziti hajmi taxminan 5,3 million tonna, istiqbolda esa yiliga 15 million tonnaga yetishi mumkin.
Shu bilan birga, Afg’oniston bilan transport hamkorligining boshqa yo’nalishlari ham jadal kengayib bormoqda. Masalan, 2017 yilning noyabridan Toshkent va Kobul ortasida doimiy aviaqatnovlar yo’lga qo’yildi. Avtomobil tashuvlari sohasida ham hamkorlik faol rivojlanmoqda. O’tgan yili 2016 yildagiga qaraganda O’zbekiston hududi orqali olib o’tilgan Afg’oniston yuklari hajmi 70 foiz oshdi.
Uchinchidan, Afg’onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlarining muvaffaqiyatli kechishida energetika sohasidagi aloqalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi sir emas. O’zbekiston 15 yildan ortiq muddat davomida elektr energiyasi yetkazib berish borasida Afg’onistonning ishonchli sherigiga aylandi. Afg’onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmi 2002 yildagiga qaraganda 30 baravar ko„paydi. 2018 yilning yanvaridan O’zbekiston Afg’oniston uchun eksport qilinayotgan elektr energiyasi narxini 35 foiz arzonlashtirdi.
Afg’oniston Prezidentining O’zbekistonga tashrifi davomida 260 kilometrlik Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo’yicha bitim imzolandi. Uning 45 kilometri O’zbekiston hududidan o„tadi. Loyihalash uchun trassaning koordinatlari kelishildi. Hozirgi paytda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilayapti.
O’zbekiston va Afgoniston o’rtasida energetika sohasida amalga oshirilayotgan qo’shma loyihalar kop jihatdan multiplikativ samara beradi. Ya’ni Kobulga elektr uzatish liniyasi qurilishi aholi uchun o’tkir — elektr tanqisligi muammosini hal qilibgina qolmasdan, ishlab chiqarish quvvatlarini, yangi korxonalarni ishga tushirish, ish o’rinlari yaratishda qo’shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.
Tortinchidan, ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari ham sifat jihatidan yangi bosqichga chiqmoqda. Masalan, O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Termizda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta‟lim markazi ochildi. Unda Afg’oniston turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlanadi. Bu borada istiqbolli yo’nalish sifatida temir yo’l transporti va servisi sohasi uchun kadrlar tayyorlash belgilab olingan.
O’zbekiston erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Toshkent umummintaqaviy ahamiyatga ega transport loyihalarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, Afgonistondagi mojaroni siyosiy yo’l bilan hal qilish jarayonini qo’llab quvvatlagan holda, mamlakatning tinch-osoyishta ravnaqiga ko’maklashish bo’yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi. Bular esa pirovardida butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi hamda taraqqiyotining garoviga aylanadi.

Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubning bugun, 3 dekabr kuni o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusidagi davra suhbatida aytib o‘tdi 


Uning qayd etishicha, O‘zbekiston demokratik taraqqiyot masalalari bilan shug‘ullanadigan barcha xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, jumladan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari byurosi, BMTning konvensiyaviy organlari, YeXHTning Ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va boshqalar bilan yaqindan, ochiq hamkorlik qiladi. 
“Inson huquqlari bo‘yicha muloqot O‘zbekistonning muhim sheriklari, xususan Yevropa Ittifoqi, AQSH, MDH davlatlari bilan hamkorligi kun tartibiga kiritilgan. Keng xalqaro ko‘mak bilan O‘zbekiston birinchi marta keyingi uch yil muddatga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi”, deydi Abdulaziz Komilov. 
O‘zbekiston tashqi idorasi rahbari so‘zida davom etarkan, mamlakat ko‘p yillar davomida go‘yo milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelinganini aytdi. 
“Bugun men sizning e’tiboringizni inson huquqlari sohasidagi xalqaro sheriklar bilan muloqotimiz mazmunining muhim jihatlaridan biriga qaratmoqchiman. Bu davlat xavfsizligi va inson huquqlari o‘rtasidagi nisbat hamda ularning o‘zaro bog‘liqlik masalasidir. Hammaga ma’lumki, ko‘p yillar davomida O‘zbekison go‘yoki Milliy xavfsizlikni ta’minlashni ro‘kach qilib, asosiy inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgani uchun tanqid qilib kelingan. Bu oddiy muammo emas va demokratik rivojlanish darajasidan qat’i nazar ko‘p mamlakatlar uchun dolzarbdir. 
O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, so‘nggi 3-4 yil ichida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ushbu mammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p ishlar qilindi. Albatta, inson huquq va erkinliklari har qanday sharoitda ham himoya ostida bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan davlat hokimiyatini demokratlashtirish xalq va ommaviy axborot vositalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fuqarolik va jamoatchilik faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida ortga qaytmaydigan yo‘lda bormoqda”, deydi Komilov.
Vazirga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlariga oid har qanday nozik masalalarni milliy va global darajada ochiq muhokama qilyapti. U 2018 yil noyabr oyida Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi va joriy yil avgust oyida virtual formatda o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirni esladi.
Komilovga ko‘ra, O‘zbekistonning inson huquqlari buzilishi va jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida fuqarolarning erkinliklarini cheklashga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgargan. U bunga misol tariqasida o‘tgan yili Suriyadan 200 ga yaqin fuqaroning qaytarilgani va navbatdagi shunday missiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdi. 
“O‘zbekistonda xalq manfaatlari hamma narsadan ustundir va bu tamoyil Prezident Shavkat Mirziyoyev aniq ta’kidlaganidek, har qanday sharoitda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham qat’iy amal qiladi. Ammo bu muammoning, ya’ni xavfsizlik hamda inson huquqlari nisbati va bog‘liqliginining yana bir tomoni bor. Fuqarolik jamiyati va demokratik institutlar inson huquqlari, shu jumladan so‘z erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish uchun ken imkoniyatlar yaratadi. Biroq, ushbu demokratik qadriyatlar barqarorlik asoslariga putur yetkazish, jamoat tartibini, amaldagi qonunlarni buzish bahona va imkoniyatga aylanib qolmasligi kerak. Nima demoqchiman? Masalan, so‘nggi paytlarda ayrim, hatto, demokratik rivojlangan mamlakatlarda ham ommaviy kayfiyatlarning keskinlashuvi natijasida huquqiy tartibning buzilishiga, tartibsizliklarga, o‘t qo‘yishlarga va hatto odamlarning qurbon bo‘lishiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘zingizga yaxshi ma’lumki, ushbu qonunbuzarliklarning demokratik huquq va erkinliklarni suiiste’mol qilish orqali sodir etilgan. Natijada biz tabiiy bir xulosaga keldik: mamlakatning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik rivojlanishi faqat davlat va jamiyatning yaqin va konstruvtiv hamkorligi sharoitidagina ta’minlanishi mumkin. 
Ayni paytda yuqorida aytib o‘tganimdek, davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash jarayonida inson huquqlarini poymol qilmasligi, demokratik erkinliklar esa barcha uchun barobar bo‘lgan qonunlarni buzish uchun qo‘llanilmasligi lozim. Buni anglab yetish, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan asosiy tub o‘zgarishlardan biridir”, deydi tashqi idora rahbari.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir. 
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova). 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»

O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.


Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi.
1995-yil 1-mayda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kengashi tuzildi. 
Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi.
Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi. Prezident I.Karimovning «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadlari asoslab berilga 
Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonun qabul qilindi. Albatta, ana shu rasmiy hujjatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi alohida ahamiyatga ega. Konstitutsiyamiz XII bobining 53—55-moddalarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning iqtisodiy negizlari huquqiy jihatdan asoslab berilgan (14-ilova).
Bu borada «Xo‘jalik jamoalari va shirkatlari to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi (1998-yil) qonunlar qabul qilindi.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi (1996-yil), «O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi (2000-yil), «Sug‘urta to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi (2000-yil), «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi (2000-yil) va boshqa qonunlar qabul qilindi. 
«Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi (2000-yil), «O‘zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi (1996-yil) qabul qilingan qonunlar, xalqaro pakt va bitimlarning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. «Aholining bandligi to‘g‘risida»gi (1998-yil), «Nogironlarning ijtimoiy muhofazasi to‘g‘risida»gi (1991-yil), Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi (1993-yil), «Ta’lim to‘g‘risida»gi (1997-yil), «Yoshlarga doir davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi (1991-yil), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1998-yil) qonunlar shular jumlasidandir. Bu huquqiy hujjatlar bozor munosabatlariga o‘tishning murakkab sharoitida aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, kishilarning ijodiy qobiliyatlarini yanada jo‘sh urdirish imkoniyatini berdi. O‘zbekiston Respublikasi ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish maqsadlarini ko‘zlab davlat mulkini xususiylashtirish yo‘lini tutdi. Bu yo‘l jahon davlatlari tajribasida hayotda o‘zini oqlagan yo‘ldir. Bu yo‘ldan dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Filippin singari davlatlari ham bormoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi.
1992—1993-yillarda 28,8 ming yuridik shaxs 53,9 mingta xususiy obyekt egasi bo‘ldi. Shu yillarda 1 million kvartira xususiylashtirildi. Ular xususiy mulkka aylandi.
2002-yilga kelib O‘zbekiston aholisining asosiy qismi qaysidir shakldagi mulk egasi bo‘ldi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlardan tashqari, barcha mulkka fuqaroning o‘zi egalik qilmoqda.
2003-yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda 698 korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ushbu xususiylashtirishdan tushgan jami mablag‘ 22,5 milliard so‘mni tashkil qildi
O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga aylandi. Sirdaryo shoyi to‘qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o‘tib ishlay boshladi. Bu yerda to‘plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi. 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. Bu «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi.
Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. 1992—1994-yillarda 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Ularning 18,4 mingtasi xususiy mulk bo‘lib qoldi. 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. 1994-yilda mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘ldi.
Bir million kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i xususiylashtirildi. Har uch kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari va ijodiy ziyolilar kvartiralarning bepul egalari bo‘lishdi.

Mamlakat Oliy Majlisi mulkdorlar sinfini shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1996-yil 25-aprelda o‘zining beshinchi sessiyasida «Aksiyadorlar jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qildi. 1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan. «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog‘onaga ko‘tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi.


Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarga muvofiq xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun imkon yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994-yil 29-martda tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq shu yilning o‘zida 5127 obyekt xususiylashtirildi.
1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. Yirik korxonalar ham davlat ixtiyoridan chiqarila boshlandi. Shu yili mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 81 ta yoqilg‘i energetika, 55 ta qurilish industriyasiga qarashli, 114 ta transport, 68 ta uy-joy kommunal xo‘jaligi, 229 ta qayta ishlash korxonasi va 291 ta qurilish bilan bog‘liq obyektlar xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning davlat sektori negizida mingdan ortiq ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, 6000 xususiy va oilaviy korxonalar vujudga keldi.
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun imtiyozli tizim yaratildi. Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona xodimlariga imtiyozli aksiyalar berildi. Shuningdek, davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlarda xususiylashtirildi.
1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan xarakterlanadi. Agar 1993-yilda mamlakatdagi jami korxonalarning 39,4 foizdan ortiqrog‘i davlatga tegishli bo‘lmagan korxonalar bo‘lgan bo‘lsa, 1994-yilga kelib bunday korxonalar 57,7 foizga va 1998-yilga kelib esa 88,2 foizga teng bo‘ldi.
Davlat mulkini xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfi vujudga keldi.

2003-yil boshiga kelib, xususiy va kichik korxonalar soni 120 mingdan oshib ketdi.


Qishloq xo‘jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya salohiyatiga ega bo‘lgan xo‘jalik tuzilmasini «O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding»ni tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agregat zavodi, «Chirchiqqishmash», «O‘zbekqishmash» aksionerlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar kirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, mustaqillik yillarida xususiylashtirish jarayoni O‘zbekistonda izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirila bordi.
1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident I.Karimovning «O‘zbekistonda tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil etish to‘g‘risida» Farmoni e’lon qilindi.
2003-yilning birinchi yarmiga kelib mamlakatda mavjud tijorat banklarining jami mablag‘lari 32 foizga ortdi, kreditlarning qaytarilish darajasi yaxshilandi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘tgan yarim-yillikning o‘zida berilgan kreditlar hajmini 36 foiz oshirishga imkon tug‘dirdi. 
1991-yilda mamlakatda birinchi bo‘lib «Toshkent» tovar-fond birjasi tuzildi va dastlabki kim oshdi savdosini o‘tkazdi. 1992-yilda 30 dan ortiq shunday birjalar ish olib bordi. Mamlakat tovar-xomashyo birjasi 1994-yilda umumiy summasi 1,3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mingdan ziyod oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirdi.
1994-yildan boshlab mamlakatda kredit resurslari bozori faol ishlay boshladi. Foiz stavkasi (darajasi) o‘zgartirildi, endi u moliyaviy resurslarni korxonalar o‘rtasida qayta taqsimlashga faol ta’sir eta boshladi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Bu birja tomonidan o‘tkazilayotgan valyuta kim oshdi savdosida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bemalol qatnashadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston 1991—1993-yillarda rubl zonasida bo‘lgan davrda ishlab chiqarishning butunlay inqirozga yuz tutishiga va aholi turmush darajasining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, savdo balansining ahvolini yaxshilashga, iqtisodiy tizimni takomillashtirishga qaratilgan siyosat olib 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston SSR Qonuni, shuningdek, keyin unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar bank, bank muassasalarini tashkil etish yo‘llarini belgilab berdi.

Foydalanilgan sayt va adabiyotlar.
1.O`zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitusiyasi. Tоshkеnt. «O`zbеkistоn»,
2.O`zbеkistоn Rеspublikаsi. Ensiklоpеdiya, 1997.
3.Jo`rаyеv N., Fаyzullаyеv T., Usmоnоv Q. O`zbеkistоn tаriхi. Tоshkеnt. «Shаrq», 1998.
4.Istiqlоlimizning tаriхiy ildizlаri. Shаrq Yulduzi, 1995, 11-12-sоn.
Yusupоv E. Istiqlоl yo`lidа. Tоshkеnt. «Fаn», 1996.
5. Lex.uz
Yüklə 33,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin