Mobil ilova (inglizcha: Mobile app) — maʼlum bir platforma (iOS, Android, Windows Phone va boshqalar) uchun ishlab chiqilgan smartfonlar, planshetlar va boshqa mobil qurilmalarda[1] ishlashga moʻljallangan dastur. Koʻpgina mobil ilovalar qurilmaning oʻzida oldindan oʻrnatiladi yoki ularni App Store, Google Play va boshqalar kabi onlayn dastur doʻkonlaridan bepul yoki pullik bilan yuklab olish mumkin.
Dastlab, mobil ilovalar elektron pochtani tezda tekshirish uchun ishlatilgan, ammo ularning yuqori talablari boshqa sohalarda ham kengayishiga olib keldi, masalan, mobil telefon va GPSoʻyinlari, suhbatlashish, video tomosha qilish va Internetdan foydalanish.
Ushbu atama 2007-yildan beri juda mashhur boʻlib, 2010-yilda Amerika Dialektik Jamiyati tomonidan „Yil soʻzlari“ roʻyxatiga kiritilgan.[2]Mobil ilovalar bozori bugungi kunda juda rivojlangan va barqaror oʻsib bormoqda. Statista prognozlariga koʻra, 2020-yilda mobil ilovalar sanoatining yillik yalpi daromadi $189 milliarddan oshadi.[3] Mobil dastur yaratish Mobil dasturlar turli xil dasturlash tillarida (Java; PHP/JavaScript; ActionScript; Swift va Objective-C) yoziladi. Ilova yaratish jarayonida bir necha bosqichlardan oʻtadi.
Birinchi qadam. Ilova nima uchun moʻljallanganligini va qanday vazifalarni bajarishini aniqlang.
Activities (asosiy java fayllar) Services (xizmatlarni chaqirgandagi asosiy jarayonlar) Broadcast Receivers (boshqa ilova yoki tizimdan qabul qilgan xabarlarga javob berish)