30-modda. Ma’lumotlarning maxfiyligi Oldingi tahrirga qarang. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatgan shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan barcha shaxsga doir ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan qo‘riqlanadi.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlari ishonib topshirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu ma’lumotlar o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, ushbu ma’lumotlarni oshkor etishga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
31-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish Oldingi tahrirga qarang. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 32-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 33-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.