1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari



Yüklə 58,46 Kb.
səhifə7/19
tarix03.06.2023
ölçüsü58,46 Kb.
#124272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
2 bob 1 reja

12-modda. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘radi;
zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda o‘z joniga qasd etishning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazadi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazganligi va zo‘ravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
13-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
(13-modda birinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi.

Yüklə 58,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin