Soqiyo, tut qadahi shohona, Qatrasi la'I, vale yakdona... Ushbu band dunyoning foniyligi, falakning bevaf oligi tasviriga bag'ishlangan. Keyingi bandlar Husayn Boyqaro va shahzodalar ta'rifi haqida. 21-bandga kelib, Alisher Navoiy o'zining marhum ikki habibi Mirzobek va Mir Darveshni iztirob bilan yodga oladi:
Biri ham yor manga, ham farzand, Jong'a orom-u yurakka payvand. Biri hamsuhbat-u hamdard-u rafiq, Tuqqanimdin dog'i yuz qatla shafiq. 22-23-bandlarda Navoiyning ijodkor do'sti SHayxim Suhayliy va u yaratgan qasidalar, 25-bandda Abdurahmon Jomiy, 26-bandda Sayyid Hasan Ardasher, 27-bandda Pahlavon Muhammadlar haqida so'z boradi. 28-band ishq ta'rifiga bag'ishlangan1 29-band esa vafo ta'rifi haqida bo'lib, shoir olam ahlida vafo yo'qligi to'g'risida Shunday yozadi:
Olam ahlida chu yo'q ahli vafo, Aylaram men dag'i jonimg'a jafo. 30-31-bandlar Alisher Navoiyning do'stlari: Piri Muammoiy, Xoja Kamol, Mir Sadr, Yor Tanbal, Olim Sabzoriy, Mir Atoyi, Fanoyi, Osafiy Hiraviy, Binoiy, Sultonali Mashhadiy, Kotibiylar ta'rifiga bag'ishlangan bo'lib, Alisher Navoiy qolgan do'stlarini "Majolis un-nafois"da zikr etib o'tganligini ta'kidlaydi:
O'zgasin qilmadim andin mazkur, Ki "Majolis"da erurlar mastur. Soqiynomaning so'nggi 32-bandi hazrat Navoiyning soqiyga murojaat qilib, uni rindlar bazmiga kiritishini so'rab qilgan istak, iltijosi bilan boshlanib, rindlar shohi Sulton Abulg'oziy Husayn Boyqaro ta'rifi va unga umrboqiylik tilagini bildirish bilan yakunlanadi.
Soqiynoma shoir fikrlarining yorqin ifodasi uchun xizmat qilgan o'ziga xos uslubga ega. Har bir band soqiyga murojaat bilan boshlanish asnosida ushbu boshlanmada bandning mundarijasiga aloqador bo'lgan imo-ishoralar ham keltirib o'tiladiki, natijada baroati istehlol san'atining betakror namunasi vujudga keladi. Soqiynoma ramal bahrining ramali musaddasi maxbuni maqtu' yoki mahzuf (ruknlari va taqti'i: foilotun failotun fa'lun yoki failun - V - - / VV --/ --yoki VV -) vaznida yaratilgan2 "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotida qit'a janri ham yetakchi o'rinni egallaydi. Qit'a (ar. "parcha", "bo'lak", "qism")
2-baytdan bir necha baytgacha hajmda bo'lgan, faqat juft misralari qofiyalanadigan (ba , da, ea ...) baytli she'r shakli hisoblanadi. Turkiy adabiyotda qit'aning ilk namunalari Nosiruddin Rabg'uziyning "Qisasi Rabg'uziy" asarida uchraydi3 Qit'a, asosan, falsafiy, ijtimoiy va axloq-odob bilan bog'liq mavzularda yaratilgan. Shuningdek, qit'a nasriy asarlarda ma'lum bir masala haqidagi fikr-mulohazalarga yakun sifatida "qissadan hissa" tarzida keltirilgan.
Alisher Navoiy qit'alarini mavzusiga ko'ra shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
1) ijtimoiy hayot masalalari aks etgan falsafiy-axloqiy mazmundagi qit'alar: