1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu


-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə25/60
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207743
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

4-Modul: Ijro etuvchi qurilma – umumiy tushunchalar.
4.2-mavzu: Ijro etuvchi qurilmalarning klassifikatsiyasi.
Reja:
1. Ijro etuvchi qurilmalarni iste’mol energiyasiga qarab sinflanishi.
2. Ijro etuvchi qurilmalarni sevgir elementlari turiga qarab sinflanishi.

Ijro etuvchi qurilmalar klassifikatsiyasini ijro mexanizmlari misolida ko`rib chiqamiz. Ijro etuvchi mexanizm ijro etuvchi qurilmaning uzatmali qismi bo`lib, qurilmaning rostlash konturining boshqa elementlari bilan ma’lumotli va metrologik mosligini ta’minlaydi. Boshqarish qurilmasidan keluvchi buyruqli ma’lumot elektrik, pnevmatik yoki gidravlik ijro etuvchi mexanizm yordamida rostlash organi zatvorining siljishiga o`zgarishi mumkin. Shunday qilib, siljish uchun foydalaniladigan energiya turiga qarab ijro mexanizmlarni quyidagilarga ajratish mumkin:


♦ elektrik;
pnevmatik;
♦ gidravlik.

Ijro mexanizmi chiqish qismining harakat tavsifiga qarab quyidagilarga bo`linadi:
to`g’ri yo`lli;
buriladigan;
ko`p aylanishli.
Ijro etuvchi mexanizm boshqarish signaliga bog’liq holda chiqish qismi harakat qonuni bo`yicha quyidagilarga bo`linadi:
chiziqli siljishli;
pozitsion harakatli.
Pnevmatik ijro mexanizmlari siqilgan havo bosimini siljituvchi kuchga o`zgartiruvchi sezgir elementining ko`rinishiga qarab quyidagicha bo`ladi:
membranali;
porshenli;
silfonli;
parrakli.
Parrakli ijro mexanizm IM lari bevosita chiqish qismining aylanma harakatini hosil qiladi, qolgan IM lar ilgarilanma harakatni amalga oshiradi. Qo`shimcha qurilmalar yordamida ijro mexanizm shtoki harakatini aylanmaga o`zgartirish mumkin. Pnevmatik IM larda foydalaniladigan siqilgan havo bosimi 0 – 1 MPa oralig’ida bo`ladi. Gidravlik IM lar quyidagicha turlarga bo`linishi mumkin:
membranali;
porshenli;
parrakli.
Suyuqlik bosimi 2,5 – 20 MPa oralig’ida bo`ladi.
Membranali va porshenli gidravlik IM lar pnevmatik IM lar kabi prujinali va prujinasizlarga bo`linadi. Prujinali IM larda jismning ishchi bosimi ishchi bo`shliqda faqatgina bitta yo`nalishda siljituvchi kuchni hosil qiladi. Teskari harakat prujinaning elastik kuchi hisobiga amalga oshadi. Prujinasiz IM da bosim ikkala yo`nalishda siljituvchim kuchni hosil qiladi. Ekspluatatsiya sifatiga ko`ra prujinali IM lar ancha universal hisoblanadi: prujina IM harakat turiga bog’liq holda avariyaviy to`xtash chog’ida ikkita chetki holatlar (ochiq va yopiq) dan biriga zatvorni o`rnatadi. Amalda IM larning prujinali variant membranali IMlarda keng tarqalgan, prujinasiz variant esa porshenli IMlarda.
Elektrli ijro mexanizmlari quyidagilarga bo`linadi:

  • elektrodvigatelli (bir va ko`p aylanishli);

  • elektromagnitli (solenoidli va elektromagnitli muftalar).

Elektrodvigatelli elektrli IMlari valning aylanishiga qarab quyidagilarga bo`linishi mumkin:
bir aylanishli elektrdvigatelli mexanizmlar – val kami 360° gacha buriladi;
ko`p aylanishli elektrli mexanizmlar – val erkin aylana oladi.
Elektrodvigatelli IM lari foydalanadigan elektrodvigateliga qarab boshqarilmaydigan va boshqariladigan turlarga bo`linadi.
Boshqarilmaydigan dvigatelli sxemalar rostlash organiga boshqarish signalini uzatuvchi elektr signal bilan boshqariladigan muftani o`z ichiga oladi, rostlash tizimi ishlayotgan vaqtda doimo uzluksiz aylanib turadi. Boshqariladigan IMlari shunday o`rnatilganki, signal yo`qolganda dvigatel o`chadi va to`xtaydi.
Elektromagnitli IM lari solenoidli elektruzatmali hamda elektromagnitli muftalarga bo`linadi. Solenoidli IMlar faqat ikki pozitsiyali boshqarish uchun ishlatiladi. Solenoidli IM lar noinersion hisoblanadi; bunday IMlar suyuqlik oqimlarini rostlash tizimlarida ishlatilganda oniy o`zgarishlar trubali o`tkazgichlarda gidravlik zarbalarga olib kelishi mumkin.
Elektromagnitli muftalar ishqalanishli va sirpanishli muptalarga bo`linadi. Ularning tavsiflari chiziqli bo`lib, shuning uchun keng tarqalmagan.
Elektrli IM katta sijitish kuchiga ega, boshqarish pultidan uzoq masofada montaj qilish, siljish yo`lining istalgan qiymatini amalda ta’minlay olish. Lekin ular nisbatan katta massaga ega, ko`p energiya istemol qiladi; ularni sozlash va xizmat ko`rsatish murakkab, narhi qimmat.
Gidravlik IM lar ham katta siljish kuchini hosil qilishi mumkin va tez ishlashi bilan farq qiladi. Gidravlik IMlarni tayyorlash, sozlash va xizmat ko`rsatish murakkab, narhi yuqori.
Pnevmatik IM lar yonish va portlash xavflari yo`qligi hamda soddaligi bilan ajralib turadi. Lekin ushbu IM lar uchun quruq va toza siqilgan havoni ta’minlovchi tizim talab etiladi. Boshqarish qurilmasidan IM gacha bo`lgan masofa chegaralangan.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin