2-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari.
2.3-mavzu: Pnevmatik vositalar majmuasi asosida tuzilgan boshqarish sistemalarining tipoviy variantlari.
Reja:
1. Pnevmatik vositalar haqida umumiy tushunchalar;
2. Pnevmatik vositalarni tuzishda boshqarish sistemalarining tipik variantlari.
Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini to`liq avtomatlashtrirish uchun pnevmatik servodvigatellardan tashqari boshqa qurilmalar ham ishlatiladi. Bunday qurilmalarga avvalo turli tuzilishga ega pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarni kiritish kerak.
Pnevmoyo`naltiruvchi qurilmalarga pnevmotaqsimlagichlar, teskari pnevmoklapanlar, tez gaz chiqaruvhci pnevmoklapanlar, ish jarayonini ketma-ket bajarishni boshqaradigan pnevmoklapanlar, vaqtli ushlab turishni boshqaruvchi pnevmoklapanlar, shuningdek, pnevmatik mantiqiy elementlar kiradi.
Pnevmotaqsimlagichlar siqilgan havo oqimlarini yo`nalishini ikki yoki undan ko`proq tashqi liniyalarga o`zgartirish uchun ishlatiladi. Tashqi pnevmoliniyalar deganda turli havo o`tkazgichlarni, shu qatori atmosfera bilan bog`lovchi oddiy tirqishni tushinish kerak.
Pnevmotaqsimlagichlar bilan boshqarishning turlicha ko`rinishlari mavjud:
Operator tomonidan tugma, richag yoki pedalning ta’siri orqali boshqarish;
Turtkich va rolik ta’sirida harakatlanuvchi tugun tomonidan mexanik boshqarish;
Elektromagnitli boshqarish;
Pnevmatik boshqarish(bosimni oshirish yoki kamaytirsh yo`li bilan);
Elektropnevmatik boshqarish(oraliq masofani oshirish yoki kamaytirsh yo`li bilan).
Pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarning turli ko`rinishlariga quyidagilar ta’aluqli:
Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havo bosimini o`zgarishsiz uzatish uchun mo`ljallangan pnevmosiquvchi;
Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havosi energiyasini bosimning boshqa qiymati bilan uzatishga mo`ljallangan pnevmogidroo`zgartirgichlar;
Gidrotizimni davomiy ishlashi uchun ishchi suyuqlikni oshirishga mo`ljallangan pnevmogidronasoslar;
Pnevmogidroakkumilyatorlar;
Pnevmatik tizimda bosimni yoki bosimlar farqining berilgan sathiga etganda elektr signal berishga mo`ljallangan bosim relesi;
Bosim indikatorlari.
Havoning siqilishi o`zgaruvchan yuklama sharoitida ishlovchi mexanizmlarni loyihalashda hisobga olinishi zarur bo`lgan mavjud omil bo`lib hisoblanadi, masalan, parmalash va frezerlashga uzatish qurilmalarida. Odatda havoning siqilishi gidravlik tezlik rostlagichlarni uzatish pnevmoyuritmaga ulash yo`li bilan kompensatsiyalanadi(o`rni to`ldiriladi). Bu quyidagi rasmda keltirilgan.
1-rasm. Pnevmoyuritma tezligini gidravlik rostlash sxemasi.
1-ishchi pnevmosilindr; 2-ishchi pnevmosilindr shtoki; 3 – shtok-turtkich; 4 – rostlovchi drossel; 5 – qaytish kanali; 6 – gidrosilindr.
Yuritma o`z ichiga ishchi suyuqlik(moy)ning yopiq aylanishiga ega gidrosilindr 6 va moy sarfini rostlashga hizmat qiluvchi qaytish kanali 5 dagi rostlovchi drossel 4 ni, shtok-turtkich 3, shtok 2 va ishchi pnevmosilindr 1 ni oladi.
Dostları ilə paylaş: |