1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə25/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

partiya yoki teng miqdordagi eng kO‘p deputatlik O‘rinlarini qO‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Ushbu qO‘shimchalarning kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega bO‘lib, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning boshlanishi hisoblanadi. Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir muhim O‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqining berilishi bilan bog‘liq. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘rtasida doimiy ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bO‘yicha Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qO‘shma majlisi muhokamasiga kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining
kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bO‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari O‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda, davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytiradi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimidagi O‘rnini ancha oshiradi.
2011 yil 12 dekabrdagi ―O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risidagi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90- moddasiga tuzatish kiritildi. Unga kO‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi.



    1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning O‘ziga xos xususiyatlari.

XX asr jahon tarixiga juda katta O‘zgarishlar olib keldi, insoniyat taraqqiyoti va tanazzulida nihoyatda muhim O‘ringa ega bO‘ldi. Asr boshida rus inqilobi, rus-yapon urushi, Birinchi jahon urushi, 20-yillardan ShO‘rolar hokimiyati hukmronligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, jahon tamaddunida turli qarama-qarshiliklar, ya‘ni Germaniyada fashizmning paydo bO‘lishi, ikkinchi jahon urushi va undan keyin ikki qarama-qarshi tizimning yuzaga kelishi va nihoyat 80-yillarda parchalanishi juda katta O‘zgarishlarni boshlab berdi.


Bu O‘rinda, albatta, 90-yillarga kelib, sobiq SSSRda qanday tub O‘zgarishlar bO‘lganiga jiddiy e‘tibor beramiz. Demak, sobiq imperiyaning tajovuzkorona siyosati 73 yil mobaynida asta-sekinlik bilan chok-chokidan sitila bordi. Natijada mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ham, odamlar xatti-harakatini ham boshqarib bO‘lmaydigan holatlar vujudga keldi. Ana shunday murakkab siyosiy-huquqiy va ma‘naviy muhim hamda aholi ma‘naviy-ruhiy holatining butun miqyosi va mohiyatini tO‘g‘ri baholash lozim edi.
Darhaqiqat, XX asrning 80-yillari oxirida respublika yetakchisi Islom Karimov qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi? O‘tmishdoshlaridan unga qanday jamiyat meros bO‘lib qolgan edi? U qanday vaziyatda ish boshladi? Darvoqe, masalaga ana shu tarzda xolis yondashilsa, bizningcha, Prezidentning ham, mamlakatning ham tO‘laqonli qiyofasi, xalqimizning xohish-irodasi, maqsad va vazifalari, tashvish-iztiroblari, qO‘yingki, hammasi kO‘z O‘ngimizda kino lentasiday yaqqol gavdalanadi. Mavjud hodisalar va qaror topgan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy-ma‘naviy muhitga adolatli tarzda baho berish kerak edi!
Islom Karimov respublikaning birinchi rahbarligiga saylanganidanoq, aytish joizki, Markaz bilan O‘ziga xos, ya‘ni teng munosabatga kirishdi! Ochiqroq aytganda, uning qat‘iyatliligi, u yoki bu tomonga og‘masdan O‘z mustaqil fikriga egaligi va O‘z yO‘liga sobitligi
―ulug‘ og‘alarga yoqmadi?! ―Millat manfaatiga kO‘proq yon bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida ham, SSSR Oliy Kengashi va Ittifoq idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha boshladi. Ayniqsa, yurtimizni abgor qilib, Markazga ―qochib borgan bir guruh ―sobiqlar bunday ―qulay fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga solishdi. Qator markaziy nashrlarda O‘zbekiston va uning rahbariyatiga nisbatan ig‘vogarliklar uyushtirildi. Bunday og‘ir, ziddiyatli bir sharoitda ishlash respublika rahbaridan alohida asab, nihoyatda vazminlik, pO‘latdek mustahkam iroda talab etardi, -deb yozgan edi professor Narzulla JO‘rayev (JO‘rayev N. Agar ogoh sen... - T.: Yozuvchi, 1997. 34-b.).
Tarixdan ma‘lumki, O‘sha paytda mavjud jarayonlarni chuqur O‘rganmay, tahlil etib ulgurmay turib, ―Birlik xalq harakati va ―Erk demokratik partiyasi vakillari ―Karimov O‘z pozitsiyasini e‘lon qilmayapti. Uning aniq dasturi yO‘q, deb ta‘na toshlarini otishdi. Turli mitingbozliklarda ochiqdan-ochiq hujumga O‘tdilar. Islom Karimov tabiatan keng fe‘li ila raqiblarga hurmat bilan qarash, ularning fikrlarini eshitish, ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va
respublika manfaati uchun har qanday ivg‘ogarliklar, tazyiqlaru zO‘ravonliklar, qolaversa, maqtovlaru xushomadgO‘yliklarga bir xilda munosabatda bO‘lish, faqat aql-idrokka tayanib ish tutish zarurligini bir soniya ham unutmadi!?
Alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yO‘li – haqiqat va ezgulik yO‘li, inson haq-huquqlari tengligi yO‘li, ma‘naviy barkamollik va yuksak madaniyat yO‘li, bir sO‘z bilan aytganda, boy insoniy fazilatlar majmui. Shuning uchun ham 1989-1991 yillarda Islom Karimov O‘z tanlagan yO‘lining tO‘g‘riligiga qat‘iy ishondi va millionlab yurtdoshlarimizni bunga ishontira oldi. Mustaqillikning ikkinchi yilida ―Buyuk maqsad yO‘lidan og‘ishmaylik degan mavzuda O‘zR Oliy Kengashining 12 sessiyasida (1993 yil 6 may) quyidagi purma‘no fikrlarini muhrladi:
―...Bizni tanlagan yO‘limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bO‘lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga qodirdir. Endi ortga yO‘l yO‘q. O‘zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog‘imiz zarur. Bu yO‘lda ikkilanmoq, manfaatparastlikning mayda-chuyda tashvishlariga O‘ralashmoq – Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat bO‘ladi!
Istiqboldagi O‘zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug‘vor haykal bO‘lajak! O‘zbekistonnnig shuhratiga shuhrat qO‘shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik bO‘lajak.(Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.: O‘zbekiston. 1993. 182-b.)
O‘z-O‘zidan biror voqea-hodisa sodir bO‘lmaydi, albatta. XX asrning 80-yillar oxiri va 90- yillar boshlaridagi alg‘ov-dolg‘ov paytlarni nihoyatda chuqur: ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma‘naviy tahlil qilgan Prezident Islom Karimovning qat‘iy, hal qiluvchi pozitsiyasi quyidagilarni tashkil qilgan edi:

  • Yangilik bilan eskilik O‘rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar va qarama- qarshiliklar bO‘lgan. Hayotda esa kO‘pincha yangilikdan kO‘ra eskilik, yaxshilikdan kO‘ra yomonlik, ezgulikdan kO‘ra yovuzlik yashovchan bO‘ladi?! Ana shu hayotiy falsafadan kelib chiqib, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig‘ida O‘ralib qolgan mutelik qarashlarni O‘zgartirish oson ish emas edi?!

  • Yurt mustaqilligi uchun kurashayotgan yetuk siyosatchidan nihoyatda kuchli iroda, mustahkam asab, sabot va matonat talab etardi. Bu intihosiz iztiroblar, hayotining har daqiqasini e’tiqod va g‘oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik va oliy darajadagi shaxsiy qatiyat va mustahkam fazilat zarur edi!

Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan tub burilishlar paytida yetakchi ma’naviy- ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. O‘zbekiston ana shunday jarayonni boshidan kechirmoqda. Mustaqillik - yangilik bilan eskilik O‘rtasidagi jarlikni tO‘ldirish, ya’ni asta- sekinlik bilan odamlar siyosiy ongi va dunyoqarashida, tafakkurida burilish yasash afzalliklarini shakllantirish demak.

  • Davlat va siyosat arboblari turli siyosiy guruhlar - muxoliflar harakatlari bilan birga, bir-biriga zid qarashlar va g‘oyalarni yengib O‘tishi, xalqimiz ongi va qalbida beqiyos yangilanishni amalga oshirishi - jamiyat hayotida jiddiy sifat O‘zgarishlar - istiqbolga olib keldi.

  • Insoniyat tarixi turli davrlarda, har xil shakllarda uyg‘onish hodisasini boshidan kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan sO‘ng yoxud milliy tanazzul iztiroblaridan keyin shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar O‘zlarini anglay boshlaydilar. Fikriy mudroqlikka chek qO‘yadilar. Hayotni, olam rang-barangligini O‘zlashtiradilar. Tafakkur qudrati bilan yashashga ehtiyoj sezadilar. Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir.

Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana - 1991 yil 31 avgust. Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir siyosatchi, uzoqni kO‘zlagan bashoratchi, albatta aniq reja va keng kO‘lamli dastur - islohotchi sifatida namoyon bO‘lgan, eng muhimi mustabid davrda O‘zbekiston SSRning yaxlit boshqaruvi - Prezidentlik institutini tashkil qilgan Islom Karimovning buyuk say-harakatlari ila Istiqlol amalga oshirildi! Agar 1990 yil 24 martda birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashida saylangan bO‘lsa, 1991 yil 29 dekabrda mustaqil davlat ahli tomonidan muxolifat saylovlari asosida juda kO‘p ovoz
olib (89,2%) xalq Prezidenti - Birinchi Prezident lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos soldi.
O‘zbek davlatchiligi qachon paydo bO‘lgan? degan savolga YO‘lboshchimiz shunday javob beradi: ―Nima emish, O‘zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog‘i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? Maqtanish emas, yangidan shakllanayotgan O‘zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bO‘lsa, bu ish uchun jonimni, borlig‘imni berishga tayyorman( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yO‘q.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin