1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə75/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

tO‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish taklif etildi;
-Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni O‘tkazish bO‘yicha taklifi ma‘qullandi;
-Yoshlar huquqlari tO‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish bO‘yicha
O‘zbekiston tashabbusini qO‘llab-quvvatlashga chaqirildi;
-Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta‘minlashda parlamentlar rolini oshirish tO‘g‘risidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi;
-BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish taklif etildi;
-Mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani O‘tkazish taklif etildi;
-2021 yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni O‘tkazishga O‘zbekiston tayyorligi ma‘lum qilindi;
-BMT huzurida afg‘on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat
kO‘rsatadigan qO‘mita tashkil etish taklif etildi;
-OrolbO‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligi ta‘kidlandi;

-Qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni BMT Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan global sammitni O‘tkazish taklif etildi;


-O‘zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng kO‘lamli va O‘zaro manfaatli sheriklikni, BMT va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantirish uchun doimo tayyorligi ma‘lum qilindi.
Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib O‘tish masalalariga tO‘xtalib O‘tildi.
2020 yil 14 oktabr kuni BMT Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bO‘yicha kengashiga kO‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi. BMT Yangiliklar markazi ma‘lumotiga kO‘ra, quyidagi 15 davlat 2021 yil 1 yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bO‘yicha Kengashi a‘zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, RossiY. Senegal, Ukraina, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya.
BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bO‘yicha kengashga 47 ta davlat a‘zodir. Kengash a‘zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yO‘li bilan saylanadi.
Mamlakatimizda investitsiya va biznes muhiti yaxshilanayotgani, turizm va eksport salohiyati yuksalib borayotgani, Xalqaro mehnat tashkilotining standart va qoidalari hayotga faol tatbiq etilayotgani tufayli O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi O‘rni yil sayin yuksalmoqda.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston 1992 yil 26-fevralda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bO‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YEXHT) a‘zo bO‘lib kirdi.
Islom Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bO‘lib O‘tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq sO‘zlashi va Kengashning 10 iyulda bO‘lgan majlisida raislik qilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib O‘rin egallab borayotganligiga yana bir ishonchli dalil bO‘ldi.
Prezident O‘z nutqlarida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bO‘lgan mojarolar oldini olish, mojarolarga yO‘l qO‘ymaslik muammolari bilan shug‘ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta‘sirchanligini oshirish takliflarini ilgari surdi.
1994 yil 28-30 sentabrda Toshkentda YEXHTning umumiy masalalarga bag‘ishlangan xalqaro anjumani O‘tkazildi. Unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar kO‘rib chiqildi. YEXHT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta tiklash bO‘yicha seminarlar O‘tkazdi. Mazkur xalqaro tashkilot Orol muammosini hal qilishga kO‘maklashmoqda. 1995-yil iyulda Toshkentda YEXHTning aloqalar bO‘yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat kO‘rsatmoqda.
YEXHTning 1996 yil dekabrda Lissabon sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bO‘ldi. O‘zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog‘ yetkazib berishni tO‘xtatish, YEXHTning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma‘qullandi va Lissabon Deklaratsiyasiga kiritildi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan 1996 yilning 11-13 sentabr kunlari Toshkentda YEXHT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bO‘yicha Byurosi (DIIHB)ning «Inson huquqlari bO‘yicha milliy muassasalar» mavzusidagi xalqaro seminar-kengash bO‘lib O‘tdi. Unda Markaziy Osiyo, Yevropa, Amerikadagi 21 mamlakat ekspertlarining, shuningdek, 29 ta xalqaro va nohukumat tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Seminar, kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada Ombudsman instituti, inson huquqlari bO‘yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish, xalq ta‘limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalalari kO‘rib chiqildi.
1999 yilning 18-19 noyabrida Istambulda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo 54 davlat boshliqlarining oliy darajadagi uchrashuvi bO‘lib O‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi qatnashdi. I. Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma‘qullandi.
Istambul sammitida Yevropa Xavfsizlik Xartiyasi, Istambul Deklaratsiyasi va boshqa bir qator xalqaro hujjatlar imzolandi.
2000 yilning 2 iyunida Prezidentimiz I.Karimov Oqsaroyda YEXHT ning raisi, Avstriya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Benito Ferrero-Valdner boshchiligidagi mazkur tashkilot delegatsiyasi a‘zolarini qabul qildi. Suhbat davomida O‘zbekiston va YEXHT O‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashindi.
YEXHT tashkilotining bosh kotibi Y.Kubish 2002 yilning 6-7 aprel kunlari tashrif buyurgan bO‘lsa, kO‘p O‘tmay YEXHT parlament assambleyasi delegatsiyasi 9-13 aprel kunlari O‘zbekistonda mehmon bO‘ldi.
O‘zbekiston bilan Shimoliy Atlantika mamlakatlari tashkiloti – NATO O‘rtasida O‘zaro tushunish va hamkorlik mavjud. 1995 yil iyulida O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yO‘lida hamkorlik» dasturiga qO‘shildi. O‘zbekiston bu dasturdagi ishtirokiga O‘z mustaqilligini mustahkamlash, hozirgi zamon harbiy-texnikaviy yutuqlardan foydalanish, harbiy kadrlar tayyorlashda imkoniyatlarni kengaytirish nuqtai nazaridan qaraydi. «Tinchlik yO‘lida hamkorlik» dasturi doirasida 1995 yilda AQShda, 1997 yili Qozog‘iston va O‘zbekistonda O‘tkazilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy-texnik tayyorgarligini yanada kO‘tarishga xizmat qildi.
O‘zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qO‘shilmaslik harakatining
a‘zosidir. U bO‘lajak jahon parlamentining timsoli bO‘lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi.
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta‘sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo‘llashni taqiqlovchi konvensiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo‘shilgan.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi
ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Jumladan, uning BMT homiyligida ta‘lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 183 davlat a‘zo bO‘lgan YUNESKOning bosh maqsadi – barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq O‘rnatishga kO‘maklashishdan iborat. YUNESKO har yili O‘z faoliyati doirasida jahonda 150-200 yirik tadbir O‘tkazadi. U har bir davlatdagi ilg‘or tajribalarni O‘rganuvchi va boshqalarga tarqatuvchi
«g‘oyalar laboratoriyasi» rolini bajarmoqda.
1993 yil 29 oktabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKO a‘zoligiga qabul qilish marosimi bO‘lib O‘tdi. Shu kuni vatandoshimiz, buyuk olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil Parijda Mirzo Ulug‘bek haftaligi tantana bilan O‘tdi.
Mamlakatimizning qadimiy shaharlari Xiva va Buxoro YUNESKOning jahon madaniy
qadriyatlar rO‘yxatiga kiritildi. Bu rO‘yxatda 411 ta obyekt bor.
1994 yil dekabrda Toshkentda YUNESKO ishlari bO‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi. Komissiya idoralararo organ bO‘lib, uning tarkibiga ta‘lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a‘zo bO‘ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini O‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat berishga kirishdi. UNESCO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. „Ipak yo‘li – muloqot yo‘li― deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi.
YUNESKO qaroriga binoan 1995 yilda Samarqandda Markaziy Osiyo tarixini tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi.
YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor Markaziy Osiyo tarixini tadqiq qilish xalqaro institutini tantanali ravishda ochdi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bO‘lib O‘tdi.
1997 yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi. Bu O‘zbekiston bilan YUNESKO O‘rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bO‘ldi. 1997 yil 19-20 oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bO‘lib O‘tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa kO‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari ishtirok etdilar.
1998 yilning 6 noyabr kuni Parijda ochilgan YUNESKO Ijroiya kengashi 155-
sessiyasining yakunlovchi majlisi Toshkentda bO‘lib O‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov nutq sO‘zladi. Shu kunning O‘zidayoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov YUNESKOning Bosh direktori Federiko Mayor va YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Pol Potoki boshchiligidagi delegatsiya a‘zolarini qabul qildi. Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashuvlar bO‘ldi.
2000 yil iyulda esa Toshkentda Osiyo va Tinch Okean mintaqasi mamlakatlari YUNESKO ishlari bO‘yicha milliy komissiyalarining XII mintaqaviy konferensiyasi bir hafta davom etdi. Shu yilning 13 sentabrida esa Prezidentimiz tomonidan YUNESKO Bosh direktori lavozimiga saylangan Kongiro Matsuuruni qabul qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan YUNESKO hamkorligini yanada rivojlantirish haqida
fikrlashib olindi.
YUNESKO homiyligida 2001 yili ulug‘ fiqhshunos olimlari, islom olamining mashhur ulamolari Burxoniddin Marg‘inoniy va Abu Mansur Moturidiyning yubileylari, 2002 yili Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, Termiz shahrining 2500 yilligi, 2003 yili esa buyuk mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi.
O‘zbekiston ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qO‘mitasi bilan hamkorlik qilmoqda.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko‘maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (UNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin