1. Molekulyar spektroskopiya usullarining sinflanishi Fotometrik analiz usullari. Nur yutilishining asosiy qonuni. Optik zichlikning additivlik qonuni


-rasm. Optik zichlikning rangli modda konsentratsiyasiga bog’liqlik grafigi



Yüklə 124,55 Kb.
səhifə3/8
tarix28.12.2023
ölçüsü124,55 Kb.
#200829
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Molekulyar spektroskopiya usullarining sinflanishi Fotometrik

6-rasm. Optik zichlikning rangli modda konsentratsiyasiga bog’liqlik grafigi.



Bu chegaralardan chetga chiqqanda qonunning to’g’ri chiziqliligi bajarilmaydi, buning bir necha sabablari bor. Bu sabablardan biri nurning monoxromatik bo’lmasligidir, chunki qonunni keltirib chiqarganda asosiy shart sifatida nurning monoxromatikligi qo’yilgan edi. Aslida aniq monoxromatik nurni hosil qilish juda qiyin, chunki har qanday nur boshqa to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nur bilan birga bo’ladi.


Monoxromatiklikdan tashqari nurning modda eritmasiga tushganda sochilishi ham qonundan chetga chiqishga olib keladi. Linza, ko’zgu va boshqa optik materiallardan qaytgan va sochilgan begona nurlar manbadagi barcha to’lqin uzunliklarga ega bo’lgan nurlardir. SHuning uchun ham tekshiriladigan moddaga monoxromatik nurgina emas, balki sochilgan nur ham tushadi. YUtilish qonunidan chetga chiqishga, bulardan tashqari, kimyoviy jarayonlar ham ta’sir ko’rsatadi. Dissotsiatsiya, assotsiatsiya, gidroliz, sol’voliz, komplekslanish, oraliq moddalar hosil bo’lishi, zollar, toutomer o’zgarishlar, o’zaro ta’sir (eritmadagi moddalar,erituvchi va h.k.) yoki boshqa kimyoviy o’zgarishlar natijasida tekshiriladigan moddaning konsentratsiyasi o’zgaradi, bu esa optik zichlikning egri chiziqli o’zgarishiga olib keladi.
Shunday qilib nur yutilishining asosiy qonuni faqat suyultirilgan eritmalar uchun, quyidagi shartlar qanoatlantirilgan sharoitlardagina yetarlicha va qat’iy amal qiladi:
1.Bu qonun eritmaga tushayotgan nur qat’iy monoxromatik bo’lganda to’g’ri natija beradi; formuladagi va ning qiymatlari to’lqin uzunligi λ ga teng bo’lgan monoxromatik nurlanishga dahldorligini ko’rsatadi.
2.Eritmada begona ionlarning bo’lishi tekshirilayotgan eritmadagi molekulalarning deformatsiyalanishini yuzaga keltiradi, buning natijasida bu birikmalarning yorug’lik nurini yutishi o’zgaradi.
3.Nur yutilishiga gidroliz, kompleks hosil bo’lishi, oraliq mahsulotlar hosil bo’lishi, molekulalarning tautomer o’zgarishlari, shuningdek sol’vatlanish kabi omillar ta’sir qiladi.
4.O’lchash davomida harorat d imiy saqlanib turishi kerak.
Optik zichlikni o’lchash yo’li bilan biror aniqlanadigan komponentning miqdorinianiqlash uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:
bir yoki ikki standart bilan taqqoslash usuli;
darajalangan grafik usuli;
qo’shimcha qo’shish usuli;

Agar rangli moddaning konsentratsiyasi bir xil bo’lsa, optik zichlik eritma qatlamining qalinligiga bog’liq bo’ladi. Demak rangli eritmaning konsentratsiyasi ni aniqlash uchun uning optik zichligi ni o’lchash kerak ekan. Optik zichlikni o’lchash uchun esa yorug’lik oqimining intensivligini o’lchash zarur.


Buger-Lambert-Ber qonunining fizik ma’nosi shundayki, bitta rangli moddaning teng konsentratsiyali eritmalari qatlamlarining qalinligi bir xil bo’lganida ularga yorug’lik energiyasi bir xil miqdorda yutiladi, ya’ni bunday eritmalarning yorug’lik yutishi bir xil bo’ladi.

Yüklə 124,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin