1. Moliya / Sug‘urta]



Yüklə 71,6 Kb.
tarix19.11.2022
ölçüsü71,6 Kb.
#69873
1842 15.08.2008




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.04 Sug‘urta bo‘yicha boshqa masalalar]

[TSZ:

1.Moliya / Sug‘urta]

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 15-avgustda 1842-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyul,
77-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyul,
2008-33-son
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-iyun,
13-son
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-son, 2008-yil 26-iyundagi 13-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) muvofiq, sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini, o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, to‘lov qobiliyati normativlarini buzganligi (bundan buyon matnda sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzish deb yuritiladi) uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomga muvofiq sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, sug‘urtalovchilar tomonidan buzilganligi uchun ularga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima solinadi.
Jarima sanksiyalarining summalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzganlik uchun umumiy yig‘indisi bo‘yicha sug‘urtalovchiga solinadigan jarimalarning jami summasi sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 1,0 foizidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jarima sanksiyasining summasi to‘lanishi sug‘urtalovchini sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
II. To‘lov qobiliyati normativlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan sug‘urtalovchilarning alohida tavakkalchiliklar bo‘yicha majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdori yoki majburiyatlari jamining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdoriga oid talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
III. Sug‘urtalovchilar aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinmaganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
7. Sug‘urtalovchi tomonidan bog‘liq shaxslarga imtiyozli shartlar taqdim etilgan, sug‘urtalovchi aktivlarini sug‘urtalovchining dastlabki ikki yillik faoliyati davomida bog‘liq shaxslarda joylashtirgan, shuningdek sug‘urtalovchi aktivlarini:
intellektual mulkka qo‘yilmalar (dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, adabiyot, firma nomlari va tovar belgilarini xarid qilish bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan qarz shartnomasini tuzish (moliyaviy yordam berish), yo‘li bilan joylashtirgan taqdirda, —
sug‘urtalovchiga har bir kamchilik uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(7-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8. Quyidagi hollarda, agarda:
sug‘urtalovchi tomonidan berilgan qarzlarning umumiy summasi sug‘urtalovchining ustav kapitalining 10 foizidan oshgan;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchi o‘z mablag‘lari manbalari summasining 30 foizidan oshgan hajmdagi qarzlarni (moliyaviy yordamni) bu haqda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligini xabardor etmay olgan;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchi tomonidan bitta bog‘liq shaxsda joylashtirilgan aktivlarning summasi sug‘urtalovchi ustav kapitalining 15 foizidan oshgan (sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sho‘ba korxonalar (sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari) va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchi tomonidan barcha bog‘liq shaxslarda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi sug‘urtalovchi ustav kapitalining 100 foizidan oshgan (sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sho‘ba korxonalar (sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari) va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy mulk yoki unga bo‘lgan huquq garovga berilganda, kafolat berilganda yoxud balansda aks etmagan boshqa majburiyat qabul qilinganda, sug‘urtalovchi besh kunlik muddatda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligini yozma ravishda xabardor qilmagan taqdirda,—
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchiga har bir kamchilik uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
9. Quyidagi hollarda, agarda:
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchi boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi, sug‘urtalovchi o‘z mablag‘lari manbalari summasining 50 foizidan oshgan, oldingi moliyaviy yil yakuni bo‘yicha xalqaro auditning ijobiy xulosasini olgan tijorat banklarining ustav kapitallarida ishtirok etish va qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2011-yil 14-martdagi 21, 2011-9, 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1842-1, 22.03.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchining har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav kapitalining 30 foizidan oshgan (sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sho‘ba korxonalar (sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari) va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
sug‘urtalovchining aktivlari ko‘chmas mulk obyektlariga joylashtirilganda, sug‘urtalovchi aktivlarining 50 foizidan ortig‘ini bitta yer uchastkasi yoki ko‘chmas mulkning boshqa obyektiga yoxud bitta obyekt sifatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlari majmuiga joylashtirilgan;
sug‘urtalovchining aktivlarini bank omonatlariga (depozitlariga) joylashtirishda, bitta tijorat bankiga joylashtirilgan omonat sug‘urtalovchi aktivlarining 40 foizidan oshgan;
sug‘urtalovchining aktivlarini kredit tashkilotlarida (tijorat banklaridan tashqari) omonatlarga (depozitlarga) joylashtirishda, omonatlarning (depozitlarning) umumiy summasi sug‘urtalovchi aktivlarining 10 foizidan oshgan;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchi aktivlarini bitta yuridik shaxsning ustav kapitaliga joylashtirish yoki bitta yuridik shaxsda ishtirok etish bo‘yicha boshqa huquqlari sug‘urtalovchi aktivlarining 30 foizidan oshgan (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), taqdirda, —
sug‘urtalovchiga har bir kamchilik uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(9-bandning yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
IV. Qayta sug‘urta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilmaganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
10. Quyidagi hollarda, agarda:
sug‘urtalovchi tavakkalchiliklarni tasdiqlangan deb hisoblanmaydigan qayta sug‘urtalovchilarga qayta sug‘urtaga bergan;
majburiyatlar chet el sug‘urta tashkilotlarida qayta sug‘urtalanganda, O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga qayta sug‘urtaga berilgan majburiyatlar hajmi sug‘urtalovchining har bir alohida sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar hajmining 95 foizdan oshgan;
majburiyatlar chet el sug‘urta tashkilotlarida qayta sug‘urtalanganda, o‘zida qoldirilgan ulushning eng kam miqdori sug‘urtalovchining to‘lov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdorining 5 foizidan kam bo‘lgan (eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish va chet elga chiquvchi shaxslarni sug‘urta qilish shartnomalari bundan mustasno), taqdirda, —
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchiga har bir kamchilik uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
V. Sug‘urta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi shakllantirishi shart bo‘lgan sug‘urta zaxiralari shakllantirilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan miqdorda shakllantirilgan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi ajratishi shart bo‘lgan aktivlar sug‘urtalovchi tomonidan ajratilmagan yoki sug‘urta zaxiralari qiymatidan kam bo‘lgan miqdorda ajratilgan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sug‘urtalovchining ajratilgan aktivlarining 70 foizidan kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatbaho qog‘ozlaridan; bank omonatlaridan (depozitlaridan); bankdagi hisob (valyuta) schyotlari va boshqa schyotlardagi va/yoki kassadagi pul mablag‘lari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan mablag‘lardan; chet el davlatlarining davlat qimmatbaho qog‘ozlaridan (Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda); O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarish va aylanishiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan, qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoni tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega chet el emitentlari tomonidan chiqarilgan va qimmatli qog‘ozlar bozorida aylanishiga yo‘l qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlardan yoki ularning ba’zilaridan tashkil topgan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi hisobotlarda ko‘rsatilgan sug‘urta zaxiralari miqdori sug‘urtalovchining buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga mos kelmagan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VI. Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi nizom talablarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
15. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta agentiga to‘langan komissiya pulining miqdori sug‘urta agenti tuzgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan sug‘urta mukofotlarining (to‘lovlarining) 25 foizidan oshgan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VII. Hisobotlarni taqdim etish shakli, tartibi va muddatlariga rioya qilmaganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
to‘lov qobiliyati normativlari hisob-kitoblarini;
sug‘urtalovchilarning aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
qayta sug‘urta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi hisobotlarni, taqdim etish shakli, tartibi va muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, —
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchiga har bir kamchilik uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,03 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Hisobot ma’lumotlari buzib ko‘rsatilgan (bila turib yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etilgan) taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VII1. Ichki nazorat qoidalari talablarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
171. Sug‘urtalovchi tomonidan:
mas’ul shaxslarning ro‘yxatini;
o‘zining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida hisobotni Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etish muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, —
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(171-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
VII2. Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining ko‘rsatmalarini bajarmaganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
(VII2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
172. Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining quyidagi kamchiliklarni:
(172-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
sug‘urtalovchi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestri mavjud emasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
qabul qilingan pul mablag‘lari va majburiyatlarining miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi o‘z vakolati doirasida talab qilganda taqdim etmasligi;
(172-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
sug‘urtalovchi o‘zining firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan manzili o‘zgarganligi haqida sug‘urta qildiruvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali, o‘z ijrosidagi bir yildan ortiq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha esa yozma ravishda xabardor qilmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tmasligi;
(172-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
sug‘urtalovchi tomonidan yiliga bir marta — har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy davomida moliya yilidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha aktuar tashkilotni aktuar tekshiruvini amalga oshirish uchun jalb etmaganligini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarmagan taqdirda, –
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(172-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VII3. Sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lashni asossiz rad etganligi uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
173. Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lashni asossiz rad etgan taqdirda, sug‘urtalovchiga har bir asossiz rad etish uchun sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi. Bunda sug‘urtalovchining rad etishi asossiz deb, sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) arizasiga muvofiq sud tomonidan e’tirof etiladi.
(173-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VII4. Eksport kontraktlarini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lash muddatlarini buzilganlik uchun sug‘urtalovchilarga qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
174. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan eksport kontraktlarini sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lash muddatlariga sug‘urtalovchi tomonidan rioya qilinmagan taqdirda, sug‘urtalovchiga sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(174-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VIII. Yakunlovchi qoidalar
18. Mazkur Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar hisobotlarni o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish davomida, shuningdek sug‘urtalovchilarning faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kamchiliklar tavsifi va jarima sanksiyalari miqdorini ko‘rsatgan holda tegishli xulosa tayyorlab mazkur Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risida qarorlar kamchiliklar aniqlangan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida qabul qilinadi va Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sug‘urtalovchiga jarima sanksiyasini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi jarima sanksiyasining qo‘llanishiga olib kelgan yo‘l qo‘yilgan kamchilikni ko‘rsatgan holda sug‘urtalovchiga yozma ravishda xabar beradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Sug‘urtalovchi jarima summasini yozma ravishda berilgan xabar olingan kundan boshlab o‘n kun ichida to‘lashi va jarima summasi to‘langan kundan boshlab uch kun ichida Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligiga to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (ro‘yxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlari ustidan sug‘urtalovchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 34-son, 337-modda; 2011-y., 12-13-son, 123-modda; 2013-y., 30-son, 395-modda; 2015-y., 1-son, 18-modda, 52-son, 651-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1842-5/0581-son; 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Yüklə 71,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin