Yong‘in xavfsizligi qoidalariga
9-ILOVA
Avtomatik yong‘inni o‘chirish qurilmalari hamda avtomatik yong‘in signalizatsiyasi bilan himoya qilinadigan binolar, inshootlar, xonalar va uskunalarning
ro‘yxati
Ushbu ro‘yxat binolar, inshootlar, xonalar va uskunalarni (keyingi o‘rinlarda — obyekt) avtomatik yong‘in signalizatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — AYoS) va avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — AYoO‘Q) bilan barcha bosqichlarda himoyalash, o‘rnatish, ishlatish, ta’mirlash va hokazolarning tartibga soluvchi asosiy talablarni belgilaydi. Ushbu ro‘yxatning talablari idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilot va idoralar uchun majburiydir.
Ushbu ro‘yxatga kiritilmagan obyektlar, qurilish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq (QMQ, ShNQ, RH, YoXQ va boshqalar) hamda idoraviy normalar va ro‘yxatlar talablariga muvofiq AYoS va AYoO‘Q bilan jihozlanadi.