1. Muqaddima Kon mashinalarining elektr jihozlari va avtomatlash (2)
ko‘nikmalariga ega bolishi kerak. Qo‘yilgan vazifalar o‘qish jarayonida bakalavrning ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi, adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va o‘qituvchi kuzatuvida mustaqil ta’lim olishi bilan amalga oshadi. “Kon mashinalarining elektr jihozlar va elektr ta’minoti ” kursining asosiy vazifasi foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib oluvchi tog’-kon korxonalarida elektr energiyasi qo’llanilishining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. Elektrlashtirish masalalari mashinalar ishlashi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil qilish bilan uzviy bog’liq ko’rib chiqiladi.
Tog’-kon korxonalarini elektrlashtirish kompleksli mexanizatsiya va tog’-kon ishlarini avtomatlashtirishning asosiy energetik bazasi sifatida alohida ahamiyatga ega. Zamonaviy karyerlar va razrezlar – elektr energyisaning ulkan iste’molchilari bo’lib, ochiq kon ishlari sharoitlarida mashinalar va agregatlar ishlari bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega (ishning ko’chma xarakteri, metrologiya va ob-havo sharoitlari va boshqa maxsus faktorlar). Ochiq kon ishlari sharoitlarining o’ziga xosliklari korxona elektr ta’minotiga bir qator maxsus talablar qo’yadi va elektr xo’jaliklari ekspluatatsiyasida xavfsizlik talablariga amal qilish, yerga bir fazali elektr tutashuvlaridan himoya, personalni elektr toki urishidan himoya qilish va boshqalar bilan bog’liq muammolarni hal etishni talab etadi.
Tog’-kon sanoatida texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlari – foydali qazilmalarni ularning sifatini yaxshilash bilan birga qazib olish unumdorligini oshirish uchun texnika va texnologiyani keng masshtabda takomillashtirish; xavfsiz mehnat uchun sharoitlarini ta’minlashda yangi vositalarni ishlab chiqish va qo’llash; barcha ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik boshqarishga ega yuqori mexanizatsiyalangan karyerlar va razrezlarni yaratish.
Zamonaviy karyer (razrez) yuqori darajada mexanizatsiyalangan korxonani ifoda etadi. Ochiq kon ishlaridagi asosiy kon mashinalari bir va ko’p cho’michli ekskovatorlar, tog’-kon komplekslari, burg’ulash dastgohlari, turli transportlar, bularning ko’pchligi murakkab elektr uskunalari bilan ta’minlangan. Zamonaviy qudratli ekskovatorlarda o’rnatilgan elektr mashinalaring quvvati o’rta va katta korxonalar quvvati bilan solishtirsa bo’ladigan 20MW va undan ko’pga ham yetadi. Tog’-kon mashinalari va komplekslari, asosan katta yagona quvvatli, ish unumdorligi va chiqarilayotgan mahsulot sifati oshishiga olib keluvchi mukammal elektr tarmoqlari sistemasi va kon korxonalari elektr ta’minotini qo’llashni talab etadi.
Foydali qazilmalarni ochish va qazib olish ochiq usulda amalga oshiriluvchi asosiy mashinalar – ekskovatorlar. Ekskovatorlar asosiy dvigatellarining katta quvvatlari bir ish siklida iste’mol qilinadigan elektr energiyasining keskin o’zgaruvchanligi karyerlar elektr ta’minoti ekspluatatsiyasi sistemalari va lohihalashtirishda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun quvvat va transformatorlar soni hamda ekskovatorlar iste’moli uchun elektr uzatish taqmoqlari ko’ndalang kesimini tanlashda hisob yuklamalarini aniqlash metodikalarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Ekskovatorlar avtomatlashtirilgan elektr tarmoqlari sistemalarida sinxron dvigatellarni qo’llashda qisqa tutashuv toklari, yuklama va karyer elektr ta’minotida quvvat koeffitsientining yo’qotilishiga ta’sir o’tkazuvchi yuqori ta’sirchan rejimda (oshib ketuvchi quvvat koeffitsienti) ishlashini hisobga olish zarur.
Kon-qazuvchi, transport mashinalari va komplekslari quvvatining oshishi, ishlab chiqarish energiya hajmi va mehnatning energiya bilan qurollanganligining ortishi karyerlar elektr ta’minoti sxemalarini murakkablashtirish va takomillashtirishni talab etadi. Buning barchasi xavfsizlik va iste’molchilarni uzluksiz elektr ta’minotini amalga oshirish maqsadida elektr uskunalari ekspluatatsiyasini chuqur va har tomonlama o’rganishni talab etadi. Elektr iste’molining ortishi ochiq kon ishlarida elektr xavfsizlik sharoitlarini yaratish muammosini aktual qilib qo’yadi.