Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma vamalakalariga qo‘yiladigan talablar : o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
kon mashinalari elektr uskunalarini ishlatish sharoitlari, bajaradigan texnologik jarayon talablariga ko‘ra kon mashinalarida qo‘llanadigan elektr uskunalar va ularning vazifalari;
kon ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kon korxonalarida texnikaviy rivojlanishning asosi, konchilik avtomatlashtirish tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar;
avtomat boshqarish nazariyasi, avtomatik boshqarish tizimi va uning elementlari, boshqarish va rostlash, boshqarish ob’ektlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
kon mashinalari elektr uskunalari turlari, elektr uskunalarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, kon mashinalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash usullari, xavfsizlik choralari;
avtomat boshqarish tizimlarining turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplarini;
konchilik ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish vositalari turlari va ularning ishlash prinsiplarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
elektr uskuna va elektr ta’minoti tizimlarni hisoblash; elektr havfsizlik qoidalari. chora va tadbirlarini qo‘llash;
kon mashina va mexanizmlari uchun elektr uskunalarini tanlash, nimstansiya va taqsimlash qurilmalari elektr uskunalarini hisoblash va tanlash;
- konchilik mashinalari va konchilik ishlab chiqarish jarayonlari uchun avtomatlashtirish tizimlari va vositalarini hisoblash, tanlash va ularni ishlatish